Yo`qotilgan vaqtga qo`shimcha vaqtni faqat bosh hakam qo`shishi mumkin.
11 metrli jarima to`pi Bo`limning so`nggi daqiqalarida yoki qo`shimcha vaqtning oxirida belgilangan 11 metrli jarima to`pini bajarish uchun vaqt berilishi shart.
Qo`shimcha bo`limlar Musobaqa reglamentiga ko`ra kerakli vaziyatlarda qo`shimcha yana 2 ta bo`lim o`tkazilishi mumkin. Ushbu bo`limlarda 8-Qoidaga rioya qilgan holda o`tkazish ko`zda tutilgan.
To`xtatilgan uchrashuv To`xtaligan uchrashuv qaytatdan to`liq o`tkaziladi, agar musobaqa reglamentida boshqacha qaror qabul qilinmagan bo`lsa.
Izoh: 1871-yildan uchrashuvlar 1.5 soat mobaynida o`tkazila boshlangan.
1883-yildan boshlab uchrashuv ikkita bo`limga bo`linib, o`sha 1.5 soat ikkiga bo`lingan (45 daqiqadan).
99-rasm Har bir uchrashuv boshlanish arafasida ikki jamoa sardorlari orasida tanga orqali qura tashlanadi va qurada g`olib chiqqan sardor jamoa uchun (birinchi bo`limda) darvoza tanlash huquqini qo`lga kiritadi.
Raqib jamoa esa o`yinni boshlab beradi.
Qurada g`olib chiqqan jamoa esa ikkinchi bo`limni boshlab beradi.
Ikkinchi bo`limda jamoalar o`z darvozalarini almashtirishadilar.
Agar qo`shimcha bo`limlar belgilangan bo`lsa, ushbu qo`shimcha bo`limlarning boshlanishida.
Boshlang`ich zarba orqali bevosita to`pni darvozaga kiritish mumkin.