Bosh hakam qoidani buzgan o`yinchiga kiyimi haqida e`tiroz bildirishi,
Agar qoidabuzar o`z kiyimini to`g`irlab olmagan bo`lsa, to`p maydonni tark etganda u o`z kiyimini to`g`irlash uchun maydonni tark etishi zarur,
Kiyimini to`g`irlab olish uchun maydonni tark etgan o`yinchi faqat bosh hakam ruxsat bergandan so`nggina maydonga tushishi mumkin,
Maydonga qaytishdan oldin hakam o`yinchining kiyimini ko`zdan kechirishi lozim,
To`p maydondan chiqib ketgan vaqtda kiyimini to`g`irlab olish uchun maydonni tark etgan o`yinchiga maydonga tushishga ruxsat beriladi.
Agar 4 – qoidalar asosida maydondan chetlatilgan futbolchi bosh hakamning ruxsatisiz maydonga qaytsa, unda qoidabuzar sariq kartochka bilan ogohlantirilishi kerak.
O`yinni davom ettirish Agar o`yinni bosh hakam qoidabuzarni ogohlantirish uchun to`xtatgan bo`lsa, unda:
O`yin raqib jamoa tomonidan erkin to`p tepish orqali uchrashuv to`xtatilgan joydan davom ettiriladi.
5-QOIDA: Bosh hakam Har bir o`yinni futbol qonun qoidalari asosida boshqarish uchun hakamlar tayinlanadi.