Musobaqa turlari Musobaqalarni rejalashtirish


Maydon burchagidagi bayroqlar



Yüklə 441,52 Kb.
səhifə10/41
tarix24.12.2023
ölçüsü441,52 Kb.
#193576
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   41
2-мавзу маърузалар матни

Maydon burchagidagi bayroqlar. O`yin o`tkaziladigan maydonning har bir burchagiga uzunligi 1,5 metrdan oshmagan ustunlar o`rnatiladi. Bu ustunning tepa uchi o`tkir bo`lmasligi va ustunga qalin matoli bayroq ilingan bo`lishi shart. Ushbu bayroqlar yana maydon markazini ajratib turuvchi chiziqning oxirlariga, maydondan tashqariga va yon chiziqdan 1 metr uzoqlikkacha o`rnatilishi ham mumkin.
Burchak sektori. Har bir maydon burchagidagi bayroq asosida oysimon chiziq o`tkaziladi, ushbu chiziq burchakdagi bayroqdan 1 metr radiusdagi o`lchamda chiziladi.
Darvoza


84-rasm

Har ikki darvoza chizig`ining o`rtasiga darvoza o`rnatiladi. Darvoza ikki vertikal ustundan iborat bo`lib, maydon burchagidagi bayroqlardan teng masofada joylashgan. Ushbu ikki ustunni bitta gorizontal joylashgan to`sin birlashtirib turadi.


Darvoza ustunlarining orasi 7,32 metr, darvoza to`sini yerdan 2,44 metr masofada joylashgan bo`lishi kerak. Ikkala ustun va to`sin ham bir xil kenglikda (12 sm gacha) bo`lishi zarur. Darvoza ichida chiziq ham ustunlar va to`sinning kengligida chizilgan bo`lishi zarur. Darvozaga va darvoza ichiga darvozabonlarga xalaqit qilmaydigan qilib darvoza to`rlarini o`rnatish kerak.
Darvoza ustunlari va to`sin oq rangda bo`lishi zarur.
Xavfsizlik.
Darvozalar yerga mahkam o`rnatilgan bo`lishi kerak, ko`chma darvozalar esa yuqoridagi talablarga javob bersagina foydalanish mumkin.
2-QOIDA: To`p
To`p uchun xom-ashyo va texnik ma`lumotlar:
To`p:


85-rasm

  • Dumaloq shaklda bo`lishi;

  • Teri yoki shunga o`xshash xom-ashyodan tayyorlangan bo`lishi;

  • Hajmi 70 sm kubdan ko`p yoki 68 sm kubdan kam bo`lmasligi;

  • Uchrashuv boshlanish arafasida 410gr-450 gr gacha bo`lishi;

  • To`p ichidagi bosim me`yori 0,6-1,1 atm(600-1100 g/sm) ga teng bo`lishi kerak.


Yüklə 441,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin