Bizgacha yetib kelgan dastlabki qoidalar 1863-yil 26-oktyabr Londonda Angliya futbol uyushmasining tashkil etilishi paytida bu o`yinning 13 moddadan iborat bo`lgan ilk rasmiy qoidalari tasdiqlangan keyinchalik bu qoidalar boshqa barcha milliy uyushmalar uchun futbol o`yinining asosi bo`lib qoldi. 1863-yili,
8-dekabrda bu qoidalar e`lon qilingan. Ular quyidagilardir:
Maydonning bo`yi 200 yard (183m)dan, eni 100 yard (91,5m)dan oshmaydi. Maydonning burchaklariga bayroqchalar o`rnatiladi. Ustiga to`sin yotqizilmagan darvoza 8 yard (7,32m) oraliqda o`rnatilgan bo`lib, ikkita ustundan iborat.
Kim qay tomondan o`ynashi qur`a tashlab hal qilinadi. Qur`ada yutqazgan jamoada maydon markaziga qo`yilgan to`pni tepib, o`yinni boshlab beradi. Ikkinchi jamoa o`yinchilari to`p tepilgunga qadar unga 10 yard (9,1m)dan yaqin kela olmaydilar.
Darvozaga to`p urilgandan keyin, jamoalar tomonlarini almashtiradilar.
To`p qo`lda uloqtirmay, qo`lda zarba berilmay yoki qo`lda ko`tarib kirilmay, ikkita ustun oralig`idan o`tsa, darvoza zabt etilgan hisoblanadi.
Agar to`p yon chiziqdan tashqariga chiqib ketsa, unda hammadan avval tega olgan o`yinchi to`pni chiziqni kesib o`tgan joydan, chiziqqa nisbatan to`g`ri burchak hosil qiladigan yo`nalishda to`pni qo`lda maydonga tashlab beradi. To`pni yerga tekkan zahoti o`yinga kirgan hisoblanadi.
O`yinchi zarba berayotgan paytda uning jamoasining zarba beruvchidan ko`ra raqib darvozasiga yaqinroq turgan hamma o`yinchilari o`yindan tashqari holatda hisoblanadi va ular to`pga tega olmaydilar yoki raqiblarga halaqit bera olmaydilar.
To`p darvoza chizig`idan tashqariga chiqib ketib, chiziqning narigi betida himoyalanayotgan jamoa o`yinchisi birinchi bo`lib unga tegsa, shu jamoada darvoza chizig`ining o`yinchi to`pga tekkan joy ro`parasidagi nuqtasidan to`p tepish huquqini oladi: bordi-yu hujum qilayotgan jamoa o`yinchisi to`pni birinchi tekkan joy ro`parasidagi nuqtasidan erkin to`p tepish huquqini oladi. Erkin to`p tepish paytida himoyadagi jamoa to to`p tepilgunga qadar darvoza chizig`idan tashqarisida turadi.
Agar o`yinchi boshqa o`yinchi zarbasidan uchib kelayotgan to`pni bevosita qo`li bilan ilib olsa, shu holat ro`y bergan joyni belgilab olib, o`sha joydan erkin zarba berishi mumkin.
O`yinchilar to`pni qo`llariga olib yugura olmaydilar.
O`yinchilarni chalish va urish man etiladi, shuningdek o`yinchini qo`l bilan ushlab to`xtatib qolish yoki turtish man etiladi.
To`pni qo`l bilan uzatish man etiladi.
Maydon ichida to`pga qo`l tekkizish man etiladi.
Temir va guttaperchadan qilingan joylari turtib chiqqan poyafzallarda o`ynash man etiladi.
Ko`rinib turibdiki, 1863-yildagi qoidalar hozirgi qoidalardan anchagina farq qiladi. Bu hozirgi kungacha futbol qonun-qoidalarini yillar o`tishi bilan o`zgarganligini ko`rsatadi.