Musobaqa turlari Musobaqalarni rejalashtirish


Alohida – alohida baholashning taxminiy shkalasi



Yüklə 441,52 Kb.
səhifə6/41
tarix24.12.2023
ölçüsü441,52 Kb.
#193576
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
2-мавзу маърузалар матни

Alohida – alohida baholashning taxminiy shkalasi



Natija

Jamoalar bo’yicha baholash ochkolari

1

2

3

4

5

6

G’alaba

18

15

12

9

6

3

Durang

12

10

8

6

4

2

Mag’lubiyat

6

5

4

3

2

1

O’yinga kelmaganlik

0

0

0

0

0

0

Musobaqada o’rinlar jamoalarning hamma o’yinlarda to’plagan ochkolari yig’indisiga qarab uzil-kesil aniqlanadi. Eng ko’p ochko to’plagan jamoa g’olib hisoblanadi. Agar dastlabki bir necha jamoalarning to’plagan ochkolari soni bir xil bo’lsa, g’olibni uzil-kesil aniqlash uchun ular o’rtasida qo’shimcha o’yinlar o’tkazilishi mumkin yoki o’rinlar kiritilgan va o’tkazib yuborilgan to’plar nisbati bo’yicha, yoki ular o’rtasida musobaqa jarayonida o’tkazilgan o’yin natijalari bo’yicha aniqlanadi.


Jismoniy tarbiya kollektivining barcha jamoalari musobaqada ishtirok etish natijasida to’plagan ochkolari yig’indisiga qarab klublar bo’yicha g’oliblar aniqlanadi.
Quyida nisbatan qisqa muddatlarda ko’p jamoa ishtirokida o’tkaziladigan musobaqalarda qo’llaniladigan davrali o’yin tizimining xillarida biri keltiriladi. Bu tizimda hamma jamoalar bir necha guruhga bo’linadi. Har bir kichik guruhdagi o’yinlar davrali tizim bo’yicha ochkolar berish yo’li bilan o’tkaziladi. Shundan so’ng kichik guruh g’oliblaridan yoki kichik guruhlarda 1-2-o’rinlarni olgan jamoalardan yangi guruhlar tuziladi va bu guruhlar ham davrali tizim bo’yicha o’yinlar o’tkazadi. G’olibni aniqlash uchun bo’ladigan final o’yin guruh g’oliblari o’rtasida o’tkaziladi. Qolgan hamma o’rinlar kichik guruhlarda tegishli o’rinni egallagan jamoalar o’rtasida o’yinlar o’tkazish bilan aniqlanadi.
Masalan: Germaniyada bo’lib o’tgan 16 jamoa o’rtasidagi 1974 yilgi jahon birinchiligi musobaqalari shunday tizim bo’yicha o’tkazilgan. Dastlabki bosqichda hamma jamoalar to’rtta guruhga bo’lingan edi:
I guruh: 1, 2, 3, 4-nomerlar III guruh: 9, 10, 11, 12-nomerlar
II guruh: 5, 6, 7, 8-nomerlar IV guruh: 13, 14, 15, 16-nomerlar
Jamoalar raqamlari qur’a tashlash bilan aniqla-nadi. Ayrim hollarda, jahon birinchiligida bo’lgani kabi, har bir guruhga avvalgi jahon birinchiligida katta natijalar ko’rsatgan jamoalardan ajratiladi.
Kichik guruhlarda jamoalar davrali tizim bo’yicha o’ynaydilar. Kichik guruhlarda o’tkazilgan o’yin natijalariga qarab, har birida 4 tadan jamoa bo’lgan ikkita guruh tuziladi (mazkur musobaqada 1-bosqichdan keyin 8 ta jamoa o’yindan chiqib ketar va ularning o’rni aniqlanmas edi, garchi buni xuddi shunga o’xshash tizim bo’yicha aniqlash mumkin bo’lsa ham):
«A» guruh «B» guruh
I guruh 1- o’rin I guruhdagi 2- o’rin
II guruh 2 - o’rin II guruhdagi 1- o’rin
III guruh 1 –o’rin III guruhdagi 2- o’rin
IV guruh 2- o’rin IV guruhdagi 1- o’rin
«A» va «B» guruhlarda jamoalar davrali tizim bo’yicha bir davra o’yin o’tkazadilar. Finalda birinchi o’rin va chempionlik unvonini olish uchun «A» va «B» guruhlarning g’olib jamoalari o’ynaydilar, 3-4 o’rinlar uchun esa guruhlarda ikkinchi o’rinni egallagan jamoalar kuch sinashadilar. Shunday sxema bo’yicha 16 jamoa bo’lganda, dastlabki to’rt o’rinni aniqlash uchun 38 ta o’yin o’tkazilgan bo’lishi kerak.
Guruhlarda tegishli o’rinlarni egallagan jamoalar o’rtasida o’tkaziladigan shunday o’yinlar yordamida barcha sakkiz o’rinni aniqlash mumkin.

Yüklə 441,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin