5. Musobaqa nizomi Sovrinli o’rinlar, shuningdek, musobaqada qatna-shuvchi jamoalar yoki jismoniy tarbiya jamoalari (natijalar klublar bo’yicha hisobga olinganda) egallaydigan barcha keyingi o’rinlar aniqlanadigan biron-bir rasmiy musobaqa o’tkazishdan avval musobaqa haqidagi nizom tuzilgan bo’lishi kerak. Bu nizom futbol Federastiyasi yoki musobaqani o’tkazuvchi boshqa biror tashkilot tomonidan tasdiqlanadi.
Musobaqa nizomi katta yuridik kuchga ega bo’lgan hujjatdir. Unda asosiy tashkiliy va texnik shart-sharoitlar aniq bayon qilingan bo’ladi. Nizom o’quv-mashg’ulot ishlarining mazmunini belgilab beradi, chunki jamoalarning tashkiliy-uslubiy tayyorgarligi bo’lajak musobaqalarning xususiyatlarini hisobga olgan holda o’tkaziladi. Musobaqada qatnashuvchi jamoalarning tayyorgarlik ko’rish uchun etarli vaqtga ega bo’lishlari nazarda tutilib, nizom oldindan tasdiqlanishi va tarqatilishi kerak.
Musobaqani o’tkazish davrida tasdiqlangan nizomdan chetga chiqishga yo’l qo’yilmaydi, aks holda mazkur musobaqani o’tkazayotgan tashkilotning obro’yiga putur etadi va keraksiz nizolarning kelib chiqishiga sabab bo’ladi, xolos.
Musobaqa nizomida quyidagi masalalar aks ettirilgan bo’lishi kerak:
O’tkazilayotgan musobaqaning maqsadi va vazifalari.
Musobaqani kim o’tkazishi (federastiya, tashkiliy komitet va hokazolar).
Musobaqa o’tkazish muddatlari va shartlari.
Musobaqaga qo’yiladigan jamoalar soni va nomi, talabnomaga kiritiladigan qatnashchilarning maksimal miqdori.
Musobaqa o’tkaziladigan o’yin tizimi (davralari – bir yoki ikki davrali, mag’lubiyatdan keyin o’yindan chiqib ketiladigan, aralash tizim).
Hisobga olish tizimi va jamoalarning hamda jismoniy tarbiya jamoalarining (natijalar klublar bo’yicha hisoblanganda) egallagan o’rinlarini aniqlash tartibi.
Musobaqalarning alohida shartlari (qanday hol-larda o’yinda qo’shimcha vaqt belgilanishi va uning davomiyligi, o’yin durang bilan tugallanganda yoki o’tkazilgan musobaqa natijasida ochkolar soni teng bo’lganda. g’olibni aniqlash usullari, o’yin qoidalarida ko’rsatilgandan tashqari nechta o’yinchi almashtirish mumkinligi va hokazolar).
Jamoalarni va musobaqa qatnashchilarini rasmiylashtirish tartibi, shakli, o’yinchilarga talabnomalar berish va qayta talabnoma berish muddati.
Musobaqalarni olib boradigan hakamlar jamoa-sining nomi.
O’tkazilgan o’yinga norozilik bildirish va uni ko’rib chiqish, shuningdek, o’yinchilarni maydondan chiqarib yuborish yoki ularni ogohlantirish bilan bog’liq bo’lgan intizom masalalarini qarab chiqish tartibi.
11. O’yinchilar intizomni buzganligi uchun jamoalarning javobgarligi hamda stadion va klublar ma’muriyatining o’yin o’tkazish vaqtida tartib saqlanishi uchun javobgar bo’lishi.
12. Musobaqa o’tkaziladigan joylar va ularga qo’yiladigan talablar.
13. G’oliblarni mukofotlash hamda oxirgi o’rinlarni egallagan jamoaning yoki jamoalarning keyingi xuddi shunday musobaqada qatnashish shartlari.