83-rasm O`yin o`tkaziladigan maydon to`rtburchak holatda bo`lishi zarur. Maydonning yon tomoni (ya`ni bo`yi) darvoza ortidan (ya`ni enidan) katta bo`lishi kerak. Bo`yiga: minimum 90 m, maksimum 120 m Eniga: minimum 45 m, maksimum 90 m.
Xalqaro o`yinlar uchun: Bo`yiga: minimum 100 m, maksimum 110 m Eniga: minimum 64 m, maksimum 75 m. Maydondagi chiziqlar. O`yin o`tkaziladigan maydon chiziqlar bilan belgilanadi va ushbu chiziqlar ham maydon tarkibiga kiradi. Ikkita uzun maydonni ajratuvchi chiziqlar – yon chiziqlar, ikkita kichkina chiziqlar esa – darvoza chizig`i deb ataladi. Maydon markazidagi chiziq o`yin o`tkaziladigan maydonni teng ikkiga ajratib turadi. Ushbu markazdagi chiziqning o`rtasida markaziy belgi mavjud. Ushbu markaziy belgidan radiusi 9,15 m bo`lgan aylana chiziladi.
Darvoza maydoni. Maydonning har ikki tomonida darvoza maydoni mavjud bo`lib, u quyidagicha joylashgan: Darvoza chizig`idan 5,5 metr masofada darvozani har bir ustunining ichki tomonidan parallel chiziq tortiladi. Bu chiziqning uzunligi ham 5,5 metr bo`ladi. Bu uzunlikdagi chiziqning oxiri perpendekulyar tarzda darvoza chizig`i bilan tutashadi. Shu shakldagi to`rtburchak darvoza maydoni deb ataladi.
Jarima maydoni.Maydonning har ikki tomonida jarima maydoni mavjud bo`lib, u quyidagicha joylashgan:
Darvoza chizig`idan 16,5 metr masofada darvozani har bir ustunining ichki tomonidan parallel chiziq tortiladi. Bu kesmaning uzunligi ham 16,5 metr bo`ladi. Bu uzunlikdagi chiziqning oxiri perpendekulyar tarzda darvoza chizig`i bilan tutashadi. Shu shakldagi to`rtburchak jarima maydoni deb ataladi.
Har ikkala maydonlar o`rtasida darvoza chizig`idan 11 metr masofada hamda darvoza ustunlaridan teng masofada 11-metrlik belgi qo`yiladi. Har bir jarima maydoni chizig`i tashqarisidan radiusi 9,15 metr bo`lgan yarim aylana chiziladi va uning markazi 11-metrlik nuqta vazifasini o`taydi.