Musobaqa turlari Musobaqalarni rejalashtirish



Yüklə 441,52 Kb.
səhifə17/41
tarix24.12.2023
ölçüsü441,52 Kb.
#193576
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   41
2-мавзу маърузалар матни

Qaror 3.
O`yin bilan bog`liq bo`lgan faktlar, ya`ni to`p darvozaga kiritilganmi yoki yo`qmi va o`yin natijasi.
6-QOIDA: Bosh hakam yordamchilari
Majburiyatlar



94-rasm
Har bir uchrashuvga bosh hakamga ikkita yordamchi tayinlanadi va ular bosh hakamga quyidagi (bosh hakam bilan kelishgan holda) hollarda o`z bayroqchasini ko`targan xolda signal beradi:

  • To`p maydonni to`liq tark etganda;

  • To`pni qaysi jamoa o`yinga kiritishi, burchakdan to`p tepishi, yon chiziqdan to`pni o`yinga kiritishi;

  • Jamoa o`yinchisi o`yindan tashqari holatda bo`lganda;

  • O`yinchi almashtirish zarur bo`lganda;

  • Bosh hakam ko`rmagan vaqtda o`yin qoidasi buzilgan vaziyatlarda yordam beradi.

Yordamchilarning bosh hakamga yordamlari
Uchrashuvni o`yin qoidalari asosida o`tishi uchun yordamchilar bosh hakamga yordam berishi zarur.
Agar hakam uning ishiga aralishishi yoki o`zini no`maqul tutsa, yordamchi hakamlikdan bosh tortishi mumkin va maxsus raportni uchrashuv tashkilotchilariga taqdim etishi shart.




95-rasm 96-rasm
Izoh: 1891-yili birinchi marta hakam ikkita yordamchisi bilan maydonga chiqdi.
7-QOIDA: Uchrashuvning davom etishi
Agar baxslashayotgan jamoalar o`yinning davomiylik vaqtini kelishib olmagan bo`lsalar, har bir o`yin 45 daqiqadan ikki bo`lim davom etishi zarur. O`yin bo`limlari vaqtini (masalan, 40 daqiqadan, qorong`u tushib qolgan vaziyatlarda) o`zgartirishga kelishib olish, o`yin boshlanguncha amalga oshirilishi kerak. Bunday kelishuvlar faqat musobaqa reglamentida b egilangan holatlardagina yuz berishi mumkin.
Bo`limlar orasidagi tanaffus
O`yinchilar bo`limlar orasida tanaffusga chiqish xuquqiga ega.
Bo`limlar orasidagi tanaffus 15 minutdan ko`p bo`lmasligi zarur.
Bo`limlar orasidagi tanaffus musobaqa reglamentida belgilangan bo`lishi zarur.
Bo`limlar orasidagi tanaffus vaqtini faqatgina hakam bilan kelishgan holda o`zgartirish mumkin.

Yüklə 441,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin