13-QOIDA: Jarima to`pi va erkin zarba Maydonning turli nuqtalaridan beriladigan zarbalar turlari Maydonning u yoki bu nuqtasidan ijro etiladigan zarba erkin yoki jarima zarbasi bo`lishi mumkin.
Erkin yoxud jarima zarbasi ijro etilayotganda to`p harakatsiz holda bo`lishi shart. Zarba ijro etuvchi futbolchi to`p boshqa bir futbolchining oyog`iga tekkandan so`nggina to`pni tepishi mumkin. Jarima zarbasi
Agar jarima zarbasi ijro etilganidan so`ng to`p futbolchilardan hech biriga tegmasdan raqib darvozasi to`riga borib tushsa, «darvoza ishg`ol etilgan», deb hisoblanadi.
Agar jarima zarbasidan so`ng to`p futbolchilardan hech kimga tegmay, o`z darvozasiga borib tushsa, raqib jamoa foydasiga burchak to`pi belgilanadi. (Ya`ni, AVTOGOL hisoblanmaydi!)
ERKIN ZARBA
Majburiy ishora E rkin zarba berilishi oldidan hakam qo`lini boshi uzra ko`tarib, zarba berilgach, to`p o`yinchilardan biriga tekkuncha, yoki maydonni tark etguncha qo`lini tushirmaydi.
104-rasm To`p darvozaga borib tushdi Erkin zarba yo`llangandan keyin faqatgina to`p o`yinchilardan biriga tegib, darvozaga borib tushgan holdagina gol inobatga olinadi.
Agar erkin zarbadan so`ng, to`p hech kimga tegmasdan raqib darvozasi to`riga borib tushsa, gol hisoblanmaydi va to`p darvoza maydonchasidan o`yinga kiritiladi.
Agar erkin zarba ijro etilgandan so`ng to`p hech bir o`yinchiga tegmasdan, o`z darvozasi to`riga borib tushsa, raqib komanda foydasiga burchak to`pi beligilanadi.
Maydonning turli nuqtalaridan zarba ijro etish Jarima maydoni ichidan jarima yoki erkin zarba ijro etish Erkin yoki jarima zarbasi ijro etilayotganda himoyalanayotgan jamoa o`yinchilari:
to`p o`yinga kiritilgunga qadar, raqib jamoa o`yinchilari jarima maydoni tashqarisida turishi kerak;
To`pga oyoq bilan zarba berilgach, hech bir o`yinchiga tegmasdan jarima maydonini tark etgan lahzadan boshlab, to`p o`yinga kiritilgan deb hisoblanadi;
darvoza maydonchasi ichida qayd etilgan qoida buzilishi uchun belgilangan erkin yoki jarima zarbasi bu maydonchaning istalgan nuqtasidan amalga oshiriladi.