Agar o`yinchi darvoza yonidan to`pni erkin zarba bilan o`yinga kiritgandan so`ng, to`pga boshqa o`yinchi tegmasdan turib ikkinchi marta to`pni atayin qo`li bilan o`ynasa:
Qoida buzilgan, ya`ni o`yinchi ikkinchi marta to`pga tegingan nuqtadan raqib jamoa foydasiga jarima to`pi belgilanadi; *
agar o`yin Qoidasi o`z jarima maydonchasi ichida sodir etilgan bo`lsa, raqib jamoa foydasiga 11 metrlik jarima to`pi belgilanadi.
Darvozabon tomonidan darvoza yonidan erkin zarba bilan to`pni o`yinga kiritishda Agar darvozabon darvoza yonidan to`pni erkin zarba bilan o`yinga kiritgandan so`ng, to`pga boshqa o`yinchi tegmasdan turib ikkinchi marta to`pga tegsa (faqat qo`li bilan emas):
Qoida buzilgan, ya`ni darvozabon ikkinchi marta to`pga tegingan nuqtadan raqib jamoa foydasiga erkin zarba belgilanadi.
Agar darvozabon darvoza yonidan to`pni erkin zarba bilan o`yinga kiritgandan so`ng, to`pga boshqa o`yinchi tegmasdan turib ikkinchi marta to`pni atayin qo`li bilan o`ynasa:
agar o`yin qoidasi o`z jarima maydonchasi tashqarisida sodir etilgan bo`lsa, o`sha nuqtadan raqib jamoa foydasiga jarima to`pi belgilanadi;
agar o`yin qoidasi o`z jarima maydonchasi ichida sodir etilgan bo`lsa, o`sha nuqtadan raqib jamoa foydasiga erkin zarba belgilanadi.
16 – Qoida shartlarining qolgan istalgan buzilish holatlarida:
to`pni darvoza yonidan erkin zarba bilan o`yinga kiritish qaytadan amalga oshiriladi.
17-QOIDA: Burchak to`pi To`pni burchakdan o`yinga kiritish o`yinni davom ettirish usullaridan biri hisoblanadi.
Burchak to`pidan kiritilgan gol albatta hisobga olinadi, agar bu raqib darvozasiga kiritilsa.
Burchak to`plari quyidagi hollarda belgilanadi:
To`p darvoza chizig`idan yerda yoki havoda to`liq kesib o`tgan bo`lsa va bu to`pga so`nggi bo`lib himoyalanayotgan futbolchi tekkan bo`lsa. Bundan oldin 10-qoidaga ko`ra to`p darvozaga kirmagan bo`lsa.