Burchak to`pini kiritayotgan o`yinchi birinchi bor to`pga tegishgandan so`ng kema-ket ikkinchi bor tegina olmaydi, ya`ni to`pga ikkinchi marta uning jamoadoshi kelib teginadi.
108-rasm Qoidabuzarlik, jazolar Burchak to`pi maydonda harakat qilayotgan o`yinchi tomonidan kiritiladi Agar burchak to`pini o`yinga kirituvchi futbolchi to`pga ikkinchi bor teginib (lekin qo`l bilan emas, unda boshqacha jazo qo`llanadi) ketsa, unda:
Qoida (to`pga ketma-ket ikkinchi bor teginish) buzilgan nuqtadan hakam tomonidan qarama-qarshi jamoa foydasiga erkin zarba belgilanadi;*
Agar burchak to`pini o`yinga kirituvchi futbolchi to`pga ikkinchi bor atayin qo`li bilan o`ynasa, unda:
Hakam tomonidan qoida buzilgan nuqtadan qarama-qarshi jamoa foydasiga jarima to`pi belgilanadi;
Agar himoyachi o`z jarima maydoni ichida qo`l bilan o`ynasa, hakam tomonidan 11 metrlik jarima to`pi belgilanadi.
Burchak to`pining darvozabon tomonidan kiritilishi Agar burchak to`pini o`yinga kirituvchi darvozabon to`pga ikkinchi bor teginib (lekin qo`l bilan emas, unda boshqacha jazo qo`llanadi) ketsa, unda:
Hakam tomonidan qoida (to`pga ketma-ket ikkinchi bor teginish) buzilgan nuqtadan qarama-qarshi jamoa foydasiga erkin zarba belgilanadi;