Qoida buzarliklar, jazolar Agar o`yinchi to`pni yon chiziqdan o`yinga kiritgandan so`ng, to`pga boshqa o`yinchi tegmasdan turib ikkinchi marta to`pga tegsa (faqat qo`li bilan emas):
o`yin qoidasi buzilgan joydan raqib jamoa foydasiga erkin zarba belgilanishi kerak. *
Agar o`yinchi to`pni yon chiziqdan o`yinga kiritgandan so`ng, to`pga boshqa o`yinchi tegmasdan turib ikkinchi marta to`pni atayin qo`li bilan o`ynasa:
o`yin qoidasi buzilgan joydan raqib jamoa foydasiga jarima to`pi belgilanishi kerak;
agar o`yinchi o`z jarima maydonchasida to`pni qo`li bilan o`ynagan bo`lsa, 11 metrlik jarima to`pi belgilanishi kerak.
Darvozabon tomonidan to`pni yon chiziqdan tashlab berishda Agar darvozabon to`pni yon chiziqdan o`yinga kiritgandan so`ng, to`pga boshqa o`yinchi tegmasdan turib ikkinchi marta to`pga tegsa (faqat qo`li bilan emas):
o`yin qoidasi buzilgan joydan raqib jamoa foydasiga erkin zarba belgilanishi kerak.
Agar darvozabon to`pni yon chiziqdan o`yinga kiritgandan so`ng, to`pga boshqa o`yinchi tegmasdan turib ikkinchi marta to`pni atayin qo`li bilan o`ynasa:
agar bu qoidabuzarlik o`z jarima maydonchasining tashqarisida yoki raqib jamoa jarima maydonchasida sodir etilgan bo`lsa, o`sha nuqtadan raqib jamoa foydasiga jarima to`pi belgilanadi; *
agar bu qoidabuzarlik o`z jarima maydonchasida sodir etilgan bo`lsa o`sha nuqtadan raqib jamoa foydasiga erkin zarba belgilanadi. *
Agar yon chiziqdan to`pni o`yinga kiritayotgan o`yinchiga raqib o`yinchisi nohaqlik bilan, qoidaga xilof ravishda to`pni o`yinga kiritishda xalaqit qilsa:
bu qoidabuzarlik sport qoidalariga xilof ravishda harakat qilish deb topilib, qoida buzgan o`yinchi sariq kartochka ko`rsatish bilan ogohlantirilishi kerak.