Darvozabon tomonidan ijro etilgan erkin yoki jarima zarbasi Agar to`p o`yinga kiritilgandan so`ng erkin yoki jarima zarbasini amalga oshirib bergan darvozabon to`p o`yinchilardan biriga borib tegmasdan o`zi ikkinchi bor to`pga tegsa (qo`li bilan emas):
raqib jamoa foydasiga qoida buzilgan joydan erkin zarba belgilanadi (to`pga ikki marta tegish).*
Agar to`p o`yin o`yinga kiritilgandan so`ng erkin yoki jarima zarbasini ijro etgan darvozabon to`p o`yinchilardan biriga borib tushmasdan avval to`pni qo`li bilan qasddan ushlasa:
agar qoida buzilishi darvozabon jarima maydoni ichida yuz bergan bo`lsa, qoida buzilgan joydan raqib jamoa foydasiga erkin zarba belgilanadi.
14-QOIDA: 11 metrlik jarima to`pi O`z jarima maydonchasi ichida 10 xil qoida buzilish holatlaridan biriga yo`l qo`ygan o`yinchi jamoasi, qoida buzgan jamoa darvozasi tomon 11-metrli jarima to`pi bilan jazolanadi. Bunda to`p o`yin holatida bo`lishi kerak.
To`p bevosita 11 metrlik jarima to`pidan kiritilsa, gol hisoblanadi.
Taym yoki qo`shimcha vaqt so`nggida 11 metrlik jarima to`pi belgilansa, uchrashuvga ushbu jarima to`pi amalga oshirilishi uchun qo`shimcha vaqt qo`shilishi kerak.
To`pning o`rnatilishi va o`yinchilarning joylashishi To`p:
11 metrlik nuqtaga o`rnatiladi.
1 1 metrlik jarima to`pini amalga oshiruvchi o`yinchi:
105-rasm
sezilarli darajada aniqlangan bo`lishi va ajralib turishi kerak.
Himoyalanayotgan jamoa darvozaboni:
zarba berilgunga qadar darvoza to`sinlari orasidagi chiziq ustida zarba beradigan raqibiga yuzma-yuz holatda turishi kerak.