Musobaqa turlari Musobaqalarni rejalashtirish



Yüklə 441,52 Kb.
səhifə23/41
tarix24.12.2023
ölçüsü441,52 Kb.
#193576
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   41
2-мавзу маърузалар матни

Shuningdek, uchrashuv hakamining fikriga ko`ra, o`yinchi quyidagi qoida buzilishi holatlarining sodir bo`lishida aybdor deb topilsa, raqib jamoa foydasiga erkin zarba belgilanadi:

  • raqib o`yinchisiga nisbatan xavfli o`ynasa;

  • raqib o`yinchisining harakatlanishiga xalaqit qilsa;

  • raqib jamoa darvozabonining to`pni qo`li bilan o`yinga kiritishiga xalaqit qilsa;

  • 12-qoidada ko`rsatib o`tilmagan boshqa qoida buzilish holatlari qayd etilganda, uchrashuv hakami o`yinchini ogohlantirish (sariq kartochka) yoki o`yindan chetlashtirish (qizil kartochka) maqsadida o`yinni to`xtatsa.

Erkin zarba maydonning qoida buzilgan joyidan o`yinga kiritiladi.
Intizomiy jazolar
Ogohlantirish ko`rsatish bilan jazolanuvchi qoida buzilish holatlari
Agar o`yinchi quyidagi 7 qoida buzilish holatlarining birini sodir etsa, hakam tomonidan sariq kartochka ko`rsatish orqali ogohlantiriladi:

  1. sport qoidalariga xilof ravishda harakat qilsa;

  2. so`zlari yoki harakatlari orqali hakamning qaroriga norozilik bildirsa;

  3. o`yin qoidalarini doimiy ravishda buzsa;

  4. sun`iy ravishda o`yinni davom etishiga halaqit qilsa;

  5. burchak, jarima to`pi yoki erkin zarba amalga oshirilayotgan paytda masofaviy joylashishni buzsa;

  6. hakamning ruxsatisiz maydonga chiqsa yoki maydonga qaytsa;

  7. hakamni ruxsatisiz ongli ravishda maydonni tark etsa.

Maydondan chetlatish bilan jazolanuvchi qoida buzilish holatlari
Agar o`yinchi quyidagi 7 qoida buzilish holatlarining birini sodir etsa, hakam tomonidan qizil kartochka ko`rsatish orqali ogohlantiriladi:

  1. o`ta qo`pol va xavfli harakatni amalga oshirsa;

  2. o`zini juda betartib holda tutsa;

  3. raqib o`yinchisi yoxud boshqa kimsaga nisbatan tupursa;

  4. to`pni atayin qo`li bilan ushlab qolish orqali raqib jamoa o`yinchilarining to`pni darvozaga kiritishiga xalaqit qilsa (darvozabon o`z jarima maydonchasi ichida to`pni qo`li bilan o`ynashi bundan mustasno);

  5. erkin zarba, jarima to`pi yoki 11 metrlik jarima to`pi belgilash bilan jazolanuvchi qoida buzilishi holatini sodir etgan holda zarba berish holatiga chiqayotgan raqib o`yinchisini to`xtatib qolsa;

  6. haqoratli, odobsiz so`z va iboralarni ishlatsa;

  7. bir o`yinda ikki marta sariq kartochka bilan ogohlantirilsa.


Yüklə 441,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin