Musobaqa turlari Musobaqalarni rejalashtirish



Yüklə 441,52 Kb.
səhifə21/41
tarix24.12.2023
ölçüsü441,52 Kb.
#193576
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   41
2-мавзу маърузалар матни


101-rasm



Izoh: 2014-yil Braziliyada erkaklar o`rtasida o`tkazilgan jahon chempionatida «Brazuka» to`piga maxsus chip o`rnatilib, to`pni darvoza to`ridaligini aniqlashda hakamni soatiga bevosita signal beriladi.


11-QOIDA: «O`yindan tashqari» holat
«O`yindan tashqari» holatni aniqlash
O`yinchining «o`yindan tashqari» holatda qolishi o`yin qoidalarini buzilishidir.
O`yinchi «o`yindan tashqari» holatda deb topiladi, agar:

  • O`yinchi raqib darvoza chizig`iga raqibning so`nggi o`yinchisidan yaqinroq holatda tursa, unda ushbu o`yinchi o`yindan tashqari holatda deb hisoblanadi.

O`yinchi «o`yindan tashqari» holatga tushmaydi, agar:

  • O`z jamoasining yarimmaydonida bo`lsa,

  • Raqib jamoasining so`nggi o`yinchisi bilan bir xil darajada bo`lsa,

  • Raqib jamoasining so`nggi va so`nggisidan bitta oldin turgan o`yinchisi bilan bir xil darajada bo`lsa.



102-rasm
Qoidabuzarlik
«O`yindan tashqari» holatda qolgan futbolchini hakamning fikriga ko`ra jamodoshlaridan bironta sherigi to`pga teginish vaqtida o`yinga faol tarzda xalaqit qilsa, jazolash mumkin, ya`ni:

  • to`p bilan harakat qilishda bevosita ishtirok etsa,

  • raqib harakatlariga xalaqit qilsa,

  • o`zining egallab turgan pozitsiyasidan yaxshiroq vaziyatga chiqishga urinsa.

Qoidabuzarlik yo`q
«O`yindan tashqari» holatda qolgan o`yinchini jazolash kuzatilmaydi, agar u bevosita to`pni quyidagi holatlarda qabul qilib olsa:

  • Darvozadan erkin to`p tepilgandan so`ng,

  • Yon chiziqdan tashab berilganda,

  • Burchak to`pi tepilganda.

Qoidabuzarlik, jarimalar
Har bir «o`yindan tashqari» holat bilan bog`liq qoidabuzarlikda hakam qoida buzilgan nuqtadan raqib jamoa foydasiga erkin zarba belgilashi kerak.
Izoh: 1866-yilda “o`yindan tashqari holat” qoidasi yengillashtirildi. Endi raqiblar sirt chizig`i bilan o`zi o`rtasida qarshi tomon o`yinchilaridan uch kishi bo`lsa, bu o`yinchi “o`yindan tashqari holat”da bo`lmaydi.

Yüklə 441,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin