Boshlang`ich zarbani amalga oshirmayotgan jamoa o`yinchilari boshlang`ich zarba amalga oshmaguncha to`pdan 9,15 m radius masofada uzoqlikda turishlari shart,
Boshlang`ich zarba hakamning xushtagidan so`ng o`yinga kiritiladi,
Oyoq bilan to`pga zarba berilgandan so`ng to`p joyidan surilsa, to`p o`yinga kiritilgan deb hisoblanadi,
Boshlang`ich zarbani bergan o`yinchi to`pga boshqa jamoadoshi kelib tegmaguncha yana zarba berishi mumkin emas.
To`p darvozaga kiritilgandan so`ng, to`p o`tkazib yuborgan jamoa boshlang`ich zarbani amalga oshiradi.
Qoida buzarliklar, jarimalar Agarda boshlang`ich zarbani bergan o`yinchi to`pga boshqa jamoadoshi kelib tekkunga qadar yana zarba bersa, unda:
O`yin raqib jamoa tomonidan erkin to`p tepish orqali qoida (ikkinchi zarba berilgan) buzilgan joydan davom ettiriladi.
Bundan boshqa barcha vaziyatlarda, boshlang`ich zarba qayta tepiladi:
Boshlang`ich zarba qaytariladi.
“Bahsli to`p” “O`yin qoidalari”da ko`rsatilmagan hollar qoida buzilsa va uchrashuv vaqtinchalik to`xtatilsa, uchrashuvni “bahsli to`p” orqali davom ettirish kerak.
“Bahsli to`p” quyidagicha amalga oshiriladi: Bosh hakam to`p tashab bergan uchrashuv to`xtatilgan joydan «bahsli to`p»ni amalga oshiradi.
To`p yerga tegishi bilan o`yin qayta boshlandi deb hisoblanadi.
Qoida buzarliklar, jarimalar To`p quyidagi hollarda qayta tashlanadi:
Agar biror jamoa o`yinchisi to`p yerga tushmasdan to`pga teginsa,
To`p yerga tushgandan so`ng, hech kimga tegmay maydon tashqarisiga chiqib ketsa.