12-QOIDA: Qoida buzilish holatlari va qoidaga zid
xatti-harakatlar
O`yinchilar tomonidan qo`llangan qoidaga zid va tartibsiz harakatlar quyidagicha jazolanadi:
Jarima to`pi
Uchrashuv hakamining fikriga ko`ra, o`yinchi raqibiga nisbatan qo`pol va xavfli tarzda o`ynab, quyidagi 6 holatlardan birini qo`llagan vaziyatlarda raqib jamoa foydasiga jarima to`pi belgilanadi:
raqib o`yinchiga oyog`i bilan zarba berish yoki bunga harakat qilsa;
raqib o`yinchini chalib yiqitsa yoki bunga harakat qilsa;
raqib o`yinchi ustiga sakrab chiqib olsa;
raqib o`yinchiga nisbatan xavfli hujum uyushtirsa;
raqib o`yinchiga qo`li bilan zarba bersa yoki bunga harakat qilsa;
raqib o`yinchini qo`pol tarzda turtib muvozanatdan chiqarib yuborsa.
Shuningdek, o`yinchi quyidagi 4 qoidabuzarlik holatidan biriga yo`l qo`ygan holatlarda raqib jamoa foydasiga jarima to`pi belgilanadi:
to`p uchun kurasha turib, oldin raqib o`yinchisi oyog`iga tegib, keyin to`pga o`ynasa;
raqib o`yinchini qo`llari yoki tanasi bilan ushlab qolsa;
raqib o`yinchiga qarata tupursa yoki bunga harakat qilsa;
to`pni atayin qo`li bilan o`ynasa(darvazabonlar o`z jarima maydonchasi ichida qo`llari bilan o`ynashlari mumkin).
Jarima to`pi maydonning o`yin qoidasi buzilgan joyidan amalga oshiriladi.
103-rasm
11 metrli jarima to`pi
Agar o`yinchi, to`p qayerda ekanligidan qat`iy nazar (faqat o`yin holatida bo`lishi kerak) o`z jarima maydonchasi ichida yuqorida ko`rsatib o`tilgan qoida buzilishlarning istalgan biriga yo`l qo`ysa, raqib jamoa foydasiga 11 metrlik jarima to`pi belgilanadi.
Erkin zarba
Agar darvozabon o`z jarima maydonchasi ichida turgan holda quyidagi 4 qoida buzilishi hollarining biriga yo`l qo`ysa, raqib jamoa foydasiga erkin zarba belgilanadi:
to`pni qo`lidan chiqarib, hali to`pga hech kim teginmasdan turib yana to`pni qo`liga olsa;
o`z jamoadoshi tomonidan atayin yetkazib berilgan to`pni qo`llari bilan tegsa yoki egallab olsa;
o`z jamoadoshi tomonidan bevosita yon chiziqdan yetkazib berilgan to`pni qo`llari bilan tegsa yoki egallab olsa;
o`yinni cho`zishga qaratilgan taktik xatti-harakatlarni amalga oshirsa.
Dostları ilə paylaş: |