Musobaqa turlari Musobaqalarni rejalashtirish


O`yinchi almashtirish holati



Yüklə 441,52 Kb.
səhifə12/41
tarix24.12.2023
ölçüsü441,52 Kb.
#193576
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   41
2-мавзу маърузалар матни

O`yinchi almashtirish holati
O`yinchi almashtirish uchun quyidagilarni bajarish zarur:
Bosh hakamni o`yinchi almashtirilishi to`g`risida ogohlantirish zarur,

  • Zaxiradagi o`yinchi maydonga bosh hakam ruxsati va almashayotgan o`yinchi maydonni tark etgandagina tushishi mumkin,

  • Zahiradagi o`yinchi maydonga tushgandan so`ng almashtirish haqiqiy deb hisoblanadi,

  • Shu vaqtdan boshlab zahira o`yinchisi asosiy tarkib o`yinchisi hisoblanadi, almashtirilgan o`yinchi esa asosiy tarkib o`yinchisi hisoblanmaydi,

  • Almashtirilgan o`yinchi ushbu o`yinda boshqa qatnasha olmaydi,

  • Hakam zahiradagi barcha o`yinchilarga (maydonga tushgan tushmaganligining ahamiyati yo`q) bir vaqtning o`zida ogohlantirish ko`rsatishi huquqiga ega.

Darvozabonni almashtirish
Maydondagi har qaysi o`yinchi darvozabon bilan vazifalarini almashishi mumkin, qachonki:

  • Uchrashuv bosh hakami oldindan ogohlantirilgan bo`lsa,

  • Darvozabonni almashtirish faqat o`yin to`xtatilganda yuz berishi mumkin.

Qoida buzarliklar, jarimalar
Zaxiradagi o`yinchi hakamning ruxsatisiz maydonga tushsa, unda:

  • O`yinni to`xtatish zarur,

  • Bosh hakam qoidabuzarni sariq kartochka bilan ogohlantirib, o`yinchidan maydonni tark etishni talab qiladi.

  • O`yin to`xtatilgan joydan «baxsli to`p» orqali davom ettirilishi zarur.

Agar maydondagi o`yinchi bosh hakamni ogohlantirmasdan darvozabon bilan almashsa, unda:

  • Uchrashuvni to`xtatish zarur emas,

  • To`p maydonni tark etgandan so`ng qoidani buzgan o`yinchini sariq kartochka bilan ogohlantirish kerak.

Boshqa barcha 3 – qoida buzilgan hollarda:

  • Qoidani buzgan o`yinchi sariq kartochka bilan ogohlantirilishi zarur.


Yüklə 441,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin