Shuningdek, uchrashuv hakamining fikriga ko`ra, o`yinchi quyidagi qoida buzilishi holatlarining sodir bo`lishida aybdor deb topilsa, raqib jamoa foydasiga erkin zarba belgilanadi:
raqib o`yinchisiga nisbatan xavfli o`ynasa;
raqib o`yinchisining harakatlanishiga xalaqit qilsa;
raqib jamoa darvozabonining to`pni qo`li bilan o`yinga kiritishiga xalaqit qilsa;
12-qoidada ko`rsatib o`tilmagan boshqa qoida buzilish holatlari qayd etilganda, uchrashuv hakami o`yinchini ogohlantirish (sariq kartochka) yoki o`yindan chetlashtirish (qizil kartochka) maqsadida o`yinni to`xtatsa.
Erkin zarba maydonning qoida buzilgan joyidan o`yinga kiritiladi. Intizomiy jazolar Ogohlantirish ko`rsatish bilan jazolanuvchi qoida buzilish holatlari Agar o`yinchi quyidagi 7 qoida buzilish holatlarining birini sodir etsa, hakam tomonidan sariq kartochka ko`rsatish orqali ogohlantiriladi: sport qoidalariga xilof ravishda harakat qilsa;
so`zlari yoki harakatlari orqali hakamning qaroriga norozilik bildirsa;
o`yin qoidalarini doimiy ravishda buzsa;
sun`iy ravishda o`yinni davom etishiga halaqit qilsa;
burchak, jarima to`pi yoki erkin zarba amalga oshirilayotgan paytda masofaviy joylashishni buzsa;
hakamning ruxsatisiz maydonga chiqsa yoki maydonga qaytsa;
hakamni ruxsatisiz ongli ravishda maydonni tark etsa.
Maydondan chetlatish bilan jazolanuvchi qoida buzilish holatlari Agar o`yinchi quyidagi 7 qoida buzilish holatlarining birini sodir etsa, hakam tomonidan qizil kartochka ko`rsatish orqali ogohlantiriladi: o`ta qo`pol va xavfli harakatni amalga oshirsa;
o`zini juda betartib holda tutsa;
raqib o`yinchisi yoxud boshqa kimsaga nisbatan tupursa;
to`pni atayin qo`li bilan ushlab qolish orqali raqib jamoa o`yinchilarining to`pni darvozaga kiritishiga xalaqit qilsa (darvozabon o`z jarima maydonchasi ichida to`pni qo`li bilan o`ynashi bundan mustasno);
erkin zarba, jarima to`pi yoki 11 metrlik jarima to`pi belgilash bilan jazolanuvchi qoida buzilishi holatini sodir etgan holda zarba berish holatiga chiqayotgan raqib o`yinchisini to`xtatib qolsa;
haqoratli, odobsiz so`z va iboralarni ishlatsa;
bir o`yinda ikki marta sariq kartochka bilan ogohlantirilsa.