Musobaqa turlari Musobaqalarni rejalashtirish


Hujum qilayotgan jamoa tomonidan erkin zarba ijro etilganda



Yüklə 441,52 Kb.
səhifə26/41
tarix24.12.2023
ölçüsü441,52 Kb.
#193576
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   41
2-мавзу маърузалар матни

Hujum qilayotgan jamoa tomonidan erkin zarba ijro etilganda:

  • raqib jamoa o`yinchilarining barchasi to`p o`yinga kiritilganga qadar, to`pdan kamida 9,15 m masofda turishi kerak, bunda ular o`z jamoasi darvozasi ustunlari orasida — darvoza chiziqlari ustida turishiga ham ruxsat etiladi;

  • to`pga oyoq tegib joyidan siljishi bilan, to`p o`yinga kiritilgan deb hisoblanadi;

  • Darvoza maydonchasi ichida qayd etilgan qoida buzilishi uchun belgilangan erkin zarba, darvoza maydonchasini belgilab beruvchi, darvoza chizig`iga parallel chiziq ustidan, qoida buzilgan joyga maksimal yaqin nuqtadan ijro etiladi.

Jarima maydoni tashqarisidan erkin yoki jarima zarbasi ijro etish

  • raqib jamoaning barcha o`yinchilari to`p o`yinga kiritilganga qadar, undan kamida 9,15 m masofda turishadi;

  • to`pga oyoq tegib joyidan siljitilishi bilan, o`yinga kiritilgan hisoblanadi;

  • erkin yoki jarima zarbasi qoida buzilgan nuqtadan ijro etiladi.

Qoida buzilishi, jazolar
Agar erkin yoki jarima zarbasi ijro etilishidan avval raqib jamoa o`yinchilaridan biri to`pgacha belgilangan masofadan yaqinroq joylashgan bo`lsa:

  • zarba qayta ijro etiladi.

Agar himoyalanayotgan jamoa o`yinchisi o`z jarima maydonchasi ichidan erkin yoki jarima zarbasi ijro etganda to`p o`yinga kirmasa:

  • zarba qayta ijro etiladi.

Maydondagi o`yinchi tomonidan erkin yoki jarima zarbasi ijro etilishi
To`p o`yinga kiritilgach, erkin yoki jarima zarbasini ijro etgan o`yinchi to`p boshqa o`iynchiga etib bormasdan yana to`pga tegsa (faqat qo`li bilan emas):

  • raqib jamoa foydasiga qoida buzilgan joydan erkin zarba berishi belgilanadi (to`pga ikki marta tegish).*

Agar to`p o`yinga kiritilgandan so`ng erkin yoki jarima zarbasini ijro etgan o`yinchi to`p o`yinchilardan biriga borib tegmasdan avval to`pni qo`li bilan qasddan ushlasa:

  • Qoida buzilgan joydan raqib jamoa foydasiga jarima zarbasi belgilanadi; *

  • Agar qoida buzilishi zarbani ijro etgan o`yinchi jarima maydoni ichida yuz bergan bo`lsa, 11 metrlik jarima to`pi belgilanadi.


Yüklə 441,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin