Musobaqa turlari Musobaqalarni rejalashtirish


-QOIDA: Jarima to`pi va erkin zarba



Yüklə 441,52 Kb.
səhifə25/41
tarix24.12.2023
ölçüsü441,52 Kb.
#193576
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   41
2-мавзу маърузалар матни

13-QOIDA: Jarima to`pi va erkin zarba
Maydonning turli nuqtalaridan beriladigan zarbalar turlari Maydonning u yoki bu nuqtasidan ijro etiladigan zarba erkin yoki jarima zarbasi bo`lishi mumkin.
Erkin yoxud jarima zarbasi ijro etilayotganda to`p harakatsiz holda bo`lishi shart. Zarba ijro etuvchi futbolchi to`p boshqa bir futbolchining oyog`iga tekkandan so`nggina to`pni tepishi mumkin.
Jarima zarbasi

  • Agar jarima zarbasi ijro etilganidan so`ng to`p futbolchilardan hech biriga tegmasdan raqib darvozasi to`riga borib tushsa, «darvoza ishg`ol etilgan», deb hisoblanadi.

  • Agar jarima zarbasidan so`ng to`p futbolchilardan hech kimga tegmay, o`z darvozasiga borib tushsa, raqib jamoa foydasiga burchak to`pi belgilanadi. (Ya`ni, AVTOGOL hisoblanmaydi!)

ERKIN ZARBA
Majburiy ishora
E rkin zarba berilishi oldidan hakam qo`lini boshi uzra ko`tarib, zarba berilgach, to`p o`yinchilardan biriga tekkuncha, yoki maydonni tark etguncha qo`lini tushirmaydi.
104-rasm
To`p darvozaga borib tushdi
Erkin zarba yo`llangandan keyin faqatgina to`p o`yinchilardan biriga tegib, darvozaga borib tushgan holdagina gol inobatga olinadi.

  • Agar erkin zarbadan so`ng, to`p hech kimga tegmasdan raqib darvozasi to`riga borib tushsa, gol hisoblanmaydi va to`p darvoza maydonchasidan o`yinga kiritiladi.

  • Agar erkin zarba ijro etilgandan so`ng to`p hech bir o`yinchiga tegmasdan, o`z darvozasi to`riga borib tushsa, raqib komanda foydasiga burchak to`pi beligilanadi.

Maydonning turli nuqtalaridan zarba ijro etish
Jarima maydoni ichidan jarima yoki erkin zarba ijro etish
Erkin yoki jarima zarbasi ijro etilayotganda himoyalanayotgan jamoa o`yinchilari:

  • to`pdan kamida 9,15 m masofada turishadi;

  • to`p o`yinga kiritilgunga qadar, raqib jamoa o`yinchilari jarima maydoni tashqarisida turishi kerak;

  • To`pga oyoq bilan zarba berilgach, hech bir o`yinchiga tegmasdan jarima maydonini tark etgan lahzadan boshlab, to`p o`yinga kiritilgan deb hisoblanadi;

  • darvoza maydonchasi ichida qayd etilgan qoida buzilishi uchun belgilangan erkin yoki jarima zarbasi bu maydonchaning istalgan nuqtasidan amalga oshiriladi.


Yüklə 441,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin