Eng muhim jihatlar quyidagicha: Erkin yoki jarima to`pi himoyalanayotgan jamoa foydasiga o`zining jarima maydoni ichida yuz bersa, o`yinni jarima maydonining xohlagan nuqtasidan davom ettirish mumkin.
Agar erkin to`p hujum qilayotgan jamoaning foydasiga raqib darvozasi maydoni ichida ro`y bersa, o`yinni qoida buzilgan joyga eng yaqin darvoza maydoni chizig`idan o`yinga kiritish zarur.
Agar «bahsli to`p» himoyalanayotgan jamoaning darvoza maydoni ichida tasodifiy sabab tufayli buzilsa, o`yinni qoida buzilgan joyga eng yaqin darvoza maydoni chizig`idan to`p qaytatdan tashlanadi.
9-QOIDA: To`p o`yinda va o`yindan tashqari holatlarda To`pning o`yindan tashqari holatda bo`lishi To`p quyidagi holatlarda o`yin holatida bo`ladi:
To`p maydon chizig`ini yerda yoki havoda to`liq kesib o`tsa;
Bosh hakam xushtagini chalib o`yinni to`xtatganda.
To`pning o`yinda bo`lishi Yuqoridagi holatlardan tashqari barcha vaziyatlarda to`p o`yindan tashqari holatda bo`ladi:
Bosh hakamga yoki uning yordamchilariga tegib maydonda qolsa.
100-rasm
10-QOIDA: To`p darvoza to`ridaligini aniqlash usullari To`p darvoza to`rida To`p darvoza chizig`ini, to`sin osti va ustunlar orasini to`liq kesib o`tsa va to`p kiritgan jamoa o`yinchilari to`p kiritilgunga qadar hech qanday qoidani buzmagan hollarda to`p darvoza to`rida deb hisoblanadi.
G`olib jamoa Uchrashuv davomida ko`proq to`p kiritgan jamoa g`olib jamoa deb topiladi. Agar ikkala jamoa ham o`yin davomida bir xil to`p kiritsa yoki umuman to`p kirita olmasa o`yin durang deb hisoblanadi.
Musobaqa reglamenti Keyingi bosqichga bitta jamoa yo`l olishi kerak bo`lsa-yu, lekin uchrashuv durang bilan yakunlansa, unda xalqaro kengash tomonidan tasdiqlangan musobaqa reglamentiga ko`ra qo`shimcha bo`limlar yoki boshqa choralar ko`rilishi kerak.