Musobaqa turlari Musobaqalarni rejalashtirish



Yüklə 441,52 Kb.
səhifə16/41
tarix24.12.2023
ölçüsü441,52 Kb.
#193576
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   41
2-мавзу маърузалар матни

XALQARO KENGASH QARORI
Qaror 1.
Hakam (shu bilan birga, vaziyatga qarab hakam yordamchilari yoki to`rtinchi hakam) quyidagi holatlarda javobgarlikdan soqit qilinadi:

  • Jamoa futbolchilari, rasmiy vakillar yoki muxlislar tomonidan olingan har qanday jarohatlardan;

  • Har kimning mulkiga zarar yetishidan;

  • Hakam tomonidan o`yin doirasida qabul qilingan har qanday qaror natijasida xususiy shaxslar, klub, kompaniya, assotsiatsiya yoki boshqa tashkilotlarda yuzaga kelgan boshqa yo`qotishlardagi javobgarliklardan.

Hakam quyidagi holatalarda javobgar:

  • Maydon va unga qo`shimcha asbob – uskunalar borasidagi hakam qarori, ob – havo sharoiti o`yin o`tkazishga to`sqinlik qilish – qilmasligi;

  • Ob – havo sharoitidan kelib chiqib o`yinni bekor qilishda;

  • Maydonga qo`shimcha asbob – uskunalarning yaroqsizligi borasidagi hakam qarori, jumladan, darvoza ustunlari va to`sinlari, burchak bayroqlari shuningdek, to`plar talabga javob bermasa;

  • Muxlislarning maydonga tushib ketganda yoki muxlislar bilan bog`liq vaziyatlardagi o`yinni to`xtatish yoki to`xtatmaslik borasidagi hakam qarori;

  • Futbolchi jarohat olgan vaqtda tibbiy yordam ko`rsatish uchun o`yinni to`xtatish yoki to`xtatmaslik borasidagi hakam qarori;

  • Futbolchi jarohat olgan vaqtda tibbiy yordam ko`rsatish uchun uni maydondan tashqariga olib chiqish yoki chiqmasligi borasidagi hakam qarori;

  • Futbolchining o`zida yoki libosida ba`zi predmetlarni osishga ruxsat berish yoki ruxsat bermaslik borasidagi hakam qarori;

  • Ba`zi shaxslarni, jumladan, jamoa rahbarlarini, maydon ishchilarini, qo`riqlash xizmati xodimlarini, fotomuxbirlarni yoki boshqa Ommaviy axborot vositalari vakillarini maydonning yaqiniga yo`latish yoki yo`latmaslik borasidagi hakam qarori;

  • Qolgan barcha qarorlarda, ya`ni futbol qoidalariga yoki o`zining vazifasi doirasi asosida, FIFA nizomlariga, qit`a konfederatsiya, milliy assotsiatsiyalar va proffesional liga reglamentlariga asosan qabul qilingan qarorlarda hakam javobgardir.

Qaror 2.
Agar musobaqa yoki turnirning har bir o`yiniga to`rtinchi hakam tayinlansa, unda uning huquq va majburiyatlari Xalqaro kengash tomonidan tasdiqlangan instruksiyaga mos kelishi lozim.

Yüklə 441,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin