11 metrlik jarima to`pi amalga oshirilib, darvoza tomon yo`naltirilgan to`p begona shaxsga tegsa:
zarba qaytadan amalga oshiriladi.
11 metrlik jarima to`pi amalga oshirilgandan so`ng, to`p darvozabon, darvoza ustuni yoki to`sinlariga tegib maydonga qaytib begona shaxsga tegsa:
hakam o`yinni to`xtatishi kerak;
to`p maydonning begona shaxsga tekkan joyidan «baxsli to`p» orqali o`yin davom ettiriladi.
Izoh: 1891-yili birinchi marta 11 metrlik penalti belgilandi. Asoschisi Irlandiyalik mutaxassis Jon Mak Penalti. 15-QOIDA: To`pni yon chiziqdan o`yinga kiritish To`pni yon chiziqdan o`yinga kiritish o`yinni davom ettirish usullaridan biri hisoblanadi.
Yon chiziqdan o`yinga kiritilgan to`p bevosita hech kimga tegmay darvoza chizig`ini kesib o`tsa, gol hisobga olinmaydi.
To`pni yon chiziqdan o`yinga kiritish:
t o`p yon chiziqni yerda yoki havoda to`liq kesib o`tgandan so`ng amalga oshiriladi;
yon chiziqni kesib o`tishdan oldin oxirgi marta to`pga tegingan jamoa o`yinchisining raqiblaridan biri tomonidan amalga oshiriladi.
106-rasm To`pni yon chiziqdan o`yinga kiritish tartibi va yo`l-yo`riqlari O`yinchi to`pni yon chiziqdan maydonga tashab berayotgan paytda quyidagi talablarni bajarishi kerak:
to`pni ikkala qo`li bilan o`yinga kiritishi kerak;
to`pni boshidan oshirib sezilarli harakat bilan o`yinga kiritish kerak.
To`pni yon chiziqdan o`yinga kiritgan o`yinchi to`pga boshqa o`yinchi tegmasdan turib ikkinchi marta to`pga tegishga haqqi yo`q.
To`p maydon ichiga kirishi bilan o`yin holatida deb hisoblanadi, ya`ni o`yin davom ettiriladi.