15 – Qoida shartlarining qolgan istalgan buzilish holatlarida:
yon chiziqdan to`pni o`yinga kiritish huquqi raqib jamoaga beriladi.
16-QOIDA: To`pni darvoza yonidan erkin zarba bilan o`yinga kiritish To`pni darvoza yonidan erkin zarba bilan o`yinga kiritish o`yinni davom ettirish usullaridan biri xisoblanadi.
Bevosita to`pni darvoza yonidan erkin zarba bilan o`yinga kiritish orqali darvozaga kiritilgan to`p hisobga olinadi, faqat to`p raqib jamoa darvozasiga kiritilsa (o`z darvozasiga urilgan to`p xisobga olinmaydi).
Quyidagi holatlarda o`yin to`pni darvoza yonidan erkin zarba tepish bilan davom ettiriladi:
107-rasm
t o`p oxirgi marta hujum uyushtirayotgan jamoa o`yinchisiga tekkan holda, yerda yoki havoda chiziqni to`liq kesib o`tgan bo`lsa, bunda 10 – qoida shartlariga muvofiq to`p darvozaga kiritilmagan bo`lishi kerak.
z arba darvoza maydonchasining xohlagan nuqtasiga o`rnatilib, himoyalanayotgan jamoaning istalgan o`yinchisi tomonidan amalga oshiriladi;
raqib jamoaning barcha o`yinchilari jarima maydonchasining tashqarisida joylashishlari va to`p o`yinga kiritilmagunga qadar jarima maydonchasiga kirmasliklari kerak;
zarbani amalga oshirgan o`yinchi to`pga boshqa o`yinchi teginmasdan turib ikkinchi marta to`pga tegishga haqqi yo`q;
zarbadan so`ng to`p hech qaysi o`yinchiga tegmagan holda jarima maydonchasini tark etgan zahoti to`p o`yinga kiritilgan deb hisoblanadi.
Qoida buzarliklar, jazolar Zarbadan so`ng to`p hech kimga tegmagan holda jarima maydonchasini tark etmasa:
zarba qaytadan amalga oshiriladi.
Maydondagi o`yinchi tomonidan darvoza yonidan erkin zarba bilan to`pni o`yinga kiritishda Agar o`yinchi darvoza yonidan to`pni erkin zarba bilan o`yinga kiritgandan so`ng, to`pga boshqa o`yinchi tegmasdan turib ikkinchi marta to`pga tegsa(faqat qo`li bilan emas):
Qoida buzilgan, ya`ni o`yinchi ikkinchi marta to`pga tegingan nuqtadan raqib jamoa foydasiga erkin zarba belgilanadi.