Mustabid tuzumdan qolgan iqtisodiy meros


Ma’naviy merosning tiklanishi



Yüklə 57,48 Kb.
səhifə6/9
tarix07.01.2024
ölçüsü57,48 Kb.
#208707
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mustaqillik yillarida O’zbekistonning ma’naviy-madaniy taraqqiyoti

Ma’naviy merosning tiklanishi. Jamiyat ma’naviyati mamlakat barqarorligi va taraqqiyotinig muhim sharti va kafolatidir. Biron-bir mamlakat o’z ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay, xalqning milliy ruhini uyg’otmay va mustahkamlamay turib yuksak taraqqiyot darajasiga ko’tarila olmaydi. Shuning uchun ham jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish O’zbekiston taraqqiyotining ustivor yo’nalishi deb belgilandi.
Tarixdan ma’lumki, mamlakatimiz bir necha bor ajnabiy bosqinchilar hujumiga duchor bo’lgan, qaramlik va zulm ostida qolgan. Buning oqibatida xalqimizning boy ma’naviy merosi, urf-odatlari qadrsizlanishga mahkum bo’lgan. Ayniqsa, Rossiya mustamlakachiligi va sovetlar tuzumi davrida milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz oyoq osti qilindi. Ona tilimiz, boy ma’naviy merosimiz qadrsizlantirildi, ko’plab masjidu-madrasalar, milliy maktablar, tarixiy yodgorliklar buzildi, qarovsiz qoldi. O’zbekiston davlat mustaqilligini qo’lga kiritgan kundan boshlaboq mamlakatimizda boy ma’naviy merosimizni tiklash va rivojlantirish, jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Jamiyat ma’naviyatini tiklash va yuksaltirishni ta’minlovchi ma’naviyma’rifiy islohotlarning yo’nalishlari belgilab olindi.
«Moddiy islohotlar, iqtisodiy islohotlar o’z yo’liga. Ularni hal qilish mumkin. Xalqning ta’minotini ham amallab turish mumkin. Ammo, ma’naviy islohotlar qullik va mutelik iskanjasidan ozod bo’lish, qadni baland tutish, otabobolarimizning udumlarini tiklab, ularga munosib voris bo’lish-bundan og’irroq va bundan sharafliroq vazifa yo’q bu dunyoda».
(Karimov I.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T. 1, 202bet.).
Mustaqillik yillarida boy ma’naviy merosimizni tiklash tadbirlari amalga oshirildi. Milliy madaniyatimizga, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga buyuk hissa qo’shgan bobolarimiz – Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Bahouddin Naqshband, Xo’ja Ahmad Yassaviy, Al-Xorazmiy, Al-Farg’oniy, Ibn Sino, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Bobur va boshqa ko’plab ajdodlarimizning milliy va ma’naviy merosi xalqimizga qaytarildi, tavallud topgan kunlari butun mamlakat bo’yicha nishonlandi, ruhlari shod etildi, asarlari nashr etildi. Ularning ma’naviy merosi bugungi kunda xalqimizga yangi jamiyat qurishda ma’naviy kuch-qudrat bag’ishlamoqda, jamiyatimizni ma’naviy yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Tarixiy xotiraning tiklanishi. Jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishda tarixiy xotira, ajdodlar tarixini bilish, milliy axloqiy qadriyat hamda an’analar va muqaddas dinimizning o’rni va ahamiyati katta. Biron-bir xalq o’z tarixini bilmay, asrlar osha yaratilgan ma’naviy merosga tayanmay va uni yanada rivojlantirmay turib o’z kelajagini tasavvur eta olmaydi. Shu bois mustabid tuzum davrida soxtalashtirilgan xalqimiz tarixini xolisona, haqqoniy yoritish, barcha o’quv maskanlarida Vatan tarixini o’qitish borasida muhim tadbirlar amalga oshirildi.
O’zbek xalqi va o’zbek davlatchiligi tarixini, tariximizning boshqa sahifalarini xolisona ilmiy asosda yoritish vazifalari Prezident I.A.Karimovning bir guruh tarixchilar bilan 1998-yil iyun oyida bo’lgan suhbatida, Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-iyulda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to’g’risida»gi qarorida belgilab berildi. Mustaqillik yillarida Vatanimiz tarixini yoritish va o’rganish masalalari partiyaviylik, sinfiylik yondashuvlardan, hukmron kommunistik mafkura ta’siridan xalos etildi. Necha 10-yillar davomida buzib ko’rsatilgan yoki so’z yuritilmay kelgan tarixiy voqealarni xolislik, tarixiylik, haqqoniylik tamoyillari asosida yoritilgan qator ilmiy asarlar, darsliklar va o’quv adabiyotlari yaratildi.
Prezident Farmoni bilan 1996-yil Amir Temur yili deb e’lon qilindi. Amir Temur tavalludining 660-yilligini nishonlashga bag’ishlangan tadbirlar O’zbekistonda, dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlarida o’tkazildi. YuNESKO qarori bilan Sohibqiron yubileyi jahon miqyosida nishonlandi. Parijda Amir
Temurga bag’ishlangan madaniyat haftaligi, «Temuriylar davrida fan, madaniyat va maorifning gullab yashnashi» mavzuida xalqaro konferensiya va ko’rgazmalar bo’lib o’tdi. Toshkent shahrida Amir Temurga haykal qo’yildi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi tashkil etildi, uning nomi bilan bog’liq tarixiy yodgorliklar ta’mirlandi.
1999-yil vatanparvar siymo, xalq qahramoni Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800-yilligi, xalq dahosi yaratgan Alpomish dostonining 1000yilligining nishonlanishi, Urganch va Termizda ular xotirasiga barpo etilgan yodgorlik majmuasi jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishga, milliy ong va milliy g’ururni ko’tarishga xizmat qilmoqda.
Vatanimiz ozodligi yo’lida shahid ketgan Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Fitrat, Usmon Nosir va boshqa xalq jigarbandlarining nomi, izzat-ikromi, hurmati o’z joyiga qo’yildi, asarlari chop etildi. Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan Toshkentda mustamlakichilik davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida «Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmui, «Qatag’on qurbonlari xotirasi» muzeyi, fashizmga qarshi janglarda jon fido etgan xalqimizning farzandlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida «Xotira-maydoni» majmuasi barpo etildi. Bu tadbirlar xalqimizda milliy ongni yuksaltirishga, tarixiy xotirani tiklanishiga, yoshlarni milliy istiqlol g’oyalari ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda.

Yüklə 57,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin