Nizom talablarini buzganlik uchun javobgarlik
Ushbu Nizom talablarini buzgan ta’lim oluvchilarga nisbatan quyidagi ta’sir ko’rsatish choralari qo’llanadi:
ogohlantirish;
ularning kundalik daftariga yozib qo’yish;
ota – onalarini (ularning o’rnini bosuvchi shaxslarni) xabardor qilish yoki tushuntirish suhbati o’tkazish uchun ta’lim muassasasiga chaqirish.
Ushbu Nizom talablarini buzgan talabalarga nisbatan oliy ta’lim muassasasining ichki tartib – qoidalariga muvofiq choralar ko’riladi.
Ushbu Nizom talablari buzilgan taqdirda ta’lim muassasasining har qanday pedagog xodimi ta’lim oluvchidan telefonni olib qo’yish, ushbu Nizomni buzganlik holati to’g’risida bildirishnoma rasmiylashtirish va uni telefon bilan birga ta’lim muassasasining (fakultetning) direktoriga (dekaniga) yoki direktor (dekan) o’rinbosariga, keyinchalik uni ota – onalarga (ularning o’rnini bosuvchi shaxslarga, oliy ta’lim muassasalarida esa – kuratorga) berish, ushbu Nizom talablari buzilganligi holatlari to’g’risida ogohlantirish berish huquqiga ega.
Ushbu Nizom talablarining har qanday buzilishi ta’lim muassasasida (fakultetda) tuziladigan direktor (dekan) rahbarligidagi komissiya tomonidan, sinf rahbari (kurator), ta’lim oluvchining ota – onalari
(ularning o’rnini bosuvchi shaxslar) ishtirokida, shuningdek ota – onalar (talabalar) majlisida muhokama qilinadi.
Ushbu Nizom talablariga rioya etilishini ta’lim muassasasining direktori (fakultet dekani) va uning o’rinbosarlari nazorat qiladi.
IV. Yakunlovchi qoidalar
Ta’lim muassasasi ta’lim oluvchilarga tegishli bo’lgan telefonlarning saqlanishi uchun javob bermaydi, ushbu Nizomning 14 – bandida nazarda tutilgan holatlarda telefonlarning olib qo’yilishi hollari bundan mustasno.
Ushbu Nizom talablari har yili imzo qo’ydirilgan holda har bir ta’lim oluvchiga va uning ota – onasiga (ularning o’rnini bosuvchi shaxslarga), oliy ta’lim muassasalarida esa tegishli ravishda har bir talabaga yetkaziladi.
Qizlаr bilаn ishlаsh
Dostları ilə paylaş: |