O‘quvchilarga odob-axloq qoidalari doirasida quyidagilar taqiqlanadi: a) ta’lim muassasasida va uning hududida:
- o‘zgalarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish yoki ruhiy tazyiq o‘tkazish; - dars mashg‘ulotlari vaqtida ta’lim muassasasi hududida sababsiz yurish;
- ta’lim muassasasi yo‘laklari, sinf xonalari, oshxona va kutubxonasida asossiz ravishda baland
ovozda gaplashish;
ta’lim muassasasi hududida baland ovozda so‘zlashish, qog‘oz va boshqa chiqindilarni (belgilangan joylardan tashqarida) qoldirib ketish;
muqovasida ma’naviyatga zid bo‘lgan tasvirlar tushirilgan yozuv daftarlaridan foydalanish;
turli narkotik va psixotrop moddalar, spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish hamda tarqatish;
ta’lim muassasasi hududiga turli xil pirotexnika vositalari, pnevmatik qurollar, o‘tkir kesuvchi va tig‘li buyumlarni olib kelish;
uyali aloqa vositalari orqali “ommaviy madaniyat”, turli xil yot g‘oyalarni targ‘ib etuvchi va terroristik-ekstremistik xarakterdagi audio va video materiallar hamda pornografik xarakterdagi ma’lumotlarni ko‘rish va tarqatish, kiberbullingni o‘tkazish;
b) dars mashg‘ulotlari (sinf xonalari)da:
dars vaqtida o‘rinsiz gaplashish, ovqatlanish, saqich chaynash;
qog‘oz va boshqa keraksiz narsalarni qoldirib ketish;
mashg‘ulotlar yakunlangunga qadar ta’lim muassasasi hududidan o‘qituvchilar ruxsatisiz tashqariga
chiqish;
yozma ishlar va oraliq nazoratlarni bajarish vaqtida chetdan yordam so‘rash;
boshqa o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan topshiriqlar yoki yozma ishlarni o‘z nomidan topshirish;
telefondan (smartfon, planshet va boshqa gadjet qurilmalar) foydalanish, uni parta ustiga qo‘yish.
Dostları ilə paylaş: |