Zararkunandalarga qarshi kurash va profilaktik chora-tadbirlar Don mahsulotlarini zararkunandalardan saqlashga qaratilgan barcha chora-tadbirlami ikkita katta guruhga b o iish mumkin: 103 Oldini oluvchi (profilaktik), ya’ni don mahsulotlarini yoki atrofmuhit obyektlarining zararkunandalar bilan zararlanib qolishidan himoya qilishga qaratilgan tadbirlar. Qiruvchi, u yoki bu obyektda zararkunandalar aniqlangan hollarda qoilaniladigan chora-tadbirlardir. Don qabul qiluvchi korxonalar, elevator, un yorma va omuxtayem zavodlarida quyidagi obyektlar zararkunandalar bilan zararlanishi mumkin: - don va undan qayta ishlab olingan mahsulotlar, shu jumladan omuxta-yem ham; - ishlab chiqaruvchi inshoatlar (omborxonalar, elevator va un zavodlari korpusi) va ularda joylashgan uskunalar; - korxona territoriyasi; - korxona ichida don va don mahsulotlarini tashish va joylashda (transportyorlar, avtomobillar, platformalli motovozlar va h.k.) hamda temir y o i suv va shosselarda tashishda qoilaniladigan (vagon, avtomobil, kema va h.k.) transport vositalari; - idishlar (qop, brezent va h.k.); - don uyumini tozalashda ajratiladigan hamda donni un va yorma mahsulotlari ishlab chiqarishda hosil boiadigan chiqindilar; - labortoriya inshoati, uskunalari va jihozlari. Odatda obyektlami zararlanishini boshlanish sababi qabul qilinayotgan don partiyasida boiishi, tekshirish chog‘ida zararlanganligini aniqlash yoki aniqlamasligi, ikkinchi sababi qushlar qanotlarda yoki kemiruvchilarni terilari orqali olib kelish ehtimoli inkor etilmagan. Zararkunandalarga qarshi kurash chora-tadbirlarini hozirgi kunda qoilanilayotgan barcha dezinfeksiya turlarini ikkita yirik guruhga ajratish mumkin: l.Fizik-mexanik, 2. Kimyoviy. Fizik-mexanik dezinfeksiyalash usullari. Bu guruhga mansub usullariga obyektni mexanik tozalash, termik ishlov berish turli nurlami qoilash kiradi. Mexanik tozalash omborxona, don quritgich un, yorma omuxta-yem zavodlari, idishlar va tashuvchi vositalarni kimyoviy de104 zinfeksiyalashdan avval o ‘tkazilishi lozim bo‘lgan yordamchi 2&rarsizlantiruvchi vosita sifatida qo‘llaniladi. Don uyumlarini zararsizlantirish uchun maxsus tozalash faqatgina quyidagi holatlarda maqsadga muvofiqdir: - Keskin dezinfeksiyalash vositalarini qo‘llash imkoniyati bo‘lmasa, saqlash sharoiti esa nomaqbul bo‘lib, saqlanayotgan don va urug‘da zararkunandalaming jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yetarlicha bo‘Isa; - Zararsizlantirish bilan bir vaqtda zararkunandalaminyashashi uchun noqulay sharoit yuzaga keladigan bo‘Isa, odatda bu don uyumining yilning sovuq vaqtlarida tozalashni tashkil etishda yuzaga keladi, ya’ni tozalash bilan birga donning sovitilishiga erishiladi; - Don partiyasini realizatsiya qilishdan oldin don mahsulotlarini mexanik tozalash shunday o‘tkazilishi lozimki, bunda zararkunandalar ikkinchi bir obyektga o ‘tib ketmasligi kerak. Qayta foydalanish mumkin bo‘lgan chiqindilar kimyoviy moddalar bilan zararsizlantiriladi. Iste’molga umuman yaroqsiz chiqindilar esa yoqib yuboriladi yoki omborxona territoriyasidan olib chiqilib, maxsus kovlangan chuqurlarga (lm dan kam bo‘lmagan) ko‘mib tashlanadi. Termik dezinfeksiya. Hasharotlar va kanalaming sharoitga sezgirligiga asoslangan. Mazkur organizmlarga halokatli ta ’sir etuvchi sharoitni qo‘llash orqali obyektni to ‘la zararsizlantirish mumkin. Ishlab chiqarish amaliyotida quyidagi termik dizinfeksiya turlari qo‘llaniladi: donni don quritgichlarda quritish; don uyumini oftobda quritish; elektromagnit nurlami qo‘llash (infra qizil nurlar); yumshoq idishlar va mayda inventarga quruq issiq bilan ishlov berish; yumshoq idishlar va mayda inventarlarga qaynoq suv bilan ishlov berish. Kimyoviy usullarning umumiy tavsifi. Kimyoviy dizinfeksiya orqali kemiruvchilarga qarshi kurashish (deratizatsiya) deb aytiladi. Bu usullarda kimyoviy vositalar orqali hasharotlarga qarshi kurashish keng tarqalgan bo‘lib, mamlakatimiz shuningdek dunyoning ko‘pgina rivojlangan davlatlarida keng qoilaniladi. 105 Kimyoviy dizinfeksiyayoki deratizatsiya o‘tkazish uchun maxsus kimyoviy moddalardan foydalaniladi. Bu moddalar hatto kichik m e’yorlarda ham hasharotlar, kanalar va kemiruvchilarga xalokatli ta’sir etadi yoki uning organizmida chuqur o‘zgarishlarni yuzaga keltiradi. Hozirgi kunda zararkunandalarga qarshi kurashishda qoilaniladigan barcha kimyoviy zaxarli moddalar pestitsidlar deb ataladi. Qoil&niladigari obyekti bo‘yicha pestitsidlar bir-biridan farqlanadi, ya’ni zaxarli preparatlar muayyan obyektnigina dizinfeksiyalash uchun qo‘llanilishi mumkin. Masalan ba’zi moddalar don yuklanmagan bo‘sh omborlar va unga yondoshgan territoriyalami dizinfeksiyalashda qo‘llanilsa, ba’zilari esa don va don mahsulotlarini dizinfeksiyalashda qoilaniladi, uchinchilari esa un va yorma zavodlari inshootlari va undagi uskunalarga ishlov berishda qo‘llaniladi va hokazo. Zararkunandalarning organizmga kirish y o ii va organizmga ta’sir etish mexanizmi bo‘yicha pestitsidlarni to ‘rt guruhga b o iish mumkin: suv va oziqa bilan oshqozon-ichak orqali zararkunanda organizmga kirib boruvchi m e’da-ichak orqali ta’sir etuvchi pestitsidlar; teri qoplamasi orqali organizmga kirib boruvchi-kontakt ta’sir etuvchi pestitsidlar; nafas olish organlari orqali kirib boruvchifumigantlar; birgalikda ta’sir etuvchi pestitsidlar. Kimyoviy tarkibi va xossalari bo‘yicha pestitsidlar quyidagicha b o ‘lib, kim yoviy tarkibiga qarab turkumlanadi. Olinishi va q o ilanilishi b o ‘yicha esa, don va don mahsulotlarini himoya qilish uchun, xlororganik va fosforganik pestitsidlar, shuningdek galogen tarkibli (xlor va brom) birikmalari bilan birgalikda qo‘llaniladi. Q oilanish uslubi bo‘yicha pestitsidlarni quyidagi guruhlarga b o iish mumkin: changlatish y o ii bilan qoilaniladigan kukunlar, sepish y o ii bilan qoilaniladigan emulsiyalar, suspenziya va eritmalar, aerozol holatidagi gazsimon moddalar; shuningdek zaharli yemlami sepish usullari orqali amalga oshiriladi. 106 Changlatish. Bu usul bilan qishloq xo‘jalik mahsulotlari, don va"don mahsulotlari hamda qishloq xo‘ja!ik mahsulotlarini,saqlash omborxonalarga ishlov berishda keng qo‘llaniladi. Ishlov beriladigan maxsus apparatlar changlatgichlar yordamida kukun holidagi preparatlami sepib chiqiladi. К ukunsimpn .preparatlar odatda zararkunandaning nerv va mushak tizimiga ta’sir etadi. Kukunsimon preparatlar dust deb ataladi. Changlatish usuli mamlakatimizda don mahsulotlari uchun qoilanilm aydi. Kukunsimon preparatlar faqatgina qishloq xo‘jali- . gida u ru g iik fondlarini zararsizlantirishda ishlatiladi. Sepish (nam ishlov berish). Bu usul bilan qishloq xo‘jalik mahsulotlari, don va don mahsulotlari hamda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash omborxonalarga ishlov berishda keng qoMlaniladi zararsizlantiriladigan yuzaga maxsus sepuvchi apparatlar yordamida zaxarli moddalar juda ham mayda tomchi holida sepib chiqiladi. Sepish uchun eritma yoki emulsiya holidagi suyuq moddalardan foydalaniladi. Bu usul nam dizinfeksiya deb ataladi. Bu usul bilan asosan omborlar va unga yondosh territoriyalar, kema, vagon va boshqa transport vositalarini dizinfeksiyalashda yoki zararsizlantirishda qoianiladi. Nam dizinfeksiyalash uchun kontakt ta’sir etuvchi zaharlardan foydalaniladi. A erozollar. Bu usul bilan qishloq xo‘jalik mahsulotlari, don va don mahsulotlari hamda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash omborxonalarga ishlov berishda keng qoilaniladi. Bunday usul bilan dizinfeksiyalash yoki zararsizlantirishda maxsus hosil qilingan tuman va tutunlardan foydalaniladi. ..... _ . Fum igatsiya. Bu usulda dizinfeksiyalash yoki zararsizlantirish uchun zaxarli b u g ia r va gazlardan foydalaniladi. Fumigatsiya hozirgi kunda deyarli dunyoning barcha mamlakatlarida don va don mahsulotlarini saqlovchi hamda qayta ishlovchi omborlar, korxonalar, un zavodlari va boshqa tarmoqlami dizinfeksiya yoki zararsizlantirishda qo‘llaniladigan muhim va asosiy usullardan biri hisoblanadi. 107 Fumigatsiya jarayonida bug‘lar va gazlar o‘zaro havo bilan aralashib har qanday bo‘shliqqa kirib boradi hamda 100 foiz dizinfeksiyalashga yoki zararsizlantirishga erishiladi. Ammo, bu usulni qo‘llashldan yuqori samaradorlikka erishish uchun dizinfeksiya qilinadigan obyektni yetarlicha germetik maxkamlanishini ta’minlash hamda zaruriy shart-sharoitlarni hisobga olishga to ‘g ‘ri keladi. Fumigatsiya jarayonining samaradorligi hamda uni amalga oshirish texnikasi fumigantning qator xossalari va xususiyatlariga asoslanib aniqlanadi: uchuvchanligi, bug‘lanishtezligi, fumigantning havodagi diffuziyasi, fumigant bug‘i yoki gazining havoga nisbatan zichligi, portlash yoki yonishga moyilligi, sorbtsiya va adsorbtsiya xususiyatlari, metall va boshqa materiallarga ta’siri, degazatsiya sharoiti va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi.