157
11.23-rasm. Manzarali lola daraxtidan foydalanish.
Chang va tutunga chidamli manzarali daraxt. Ko‘kalamzor-lashtirish sohasida keng foydalaniladi. Urug‘idan ko‘paytiriladi. Lola daraxtining urug‘i avgust oyining oxiri-noyabr oyining o‘rtalarida pishib yetiladi. Urug‘lari shamol ta’sirida daraxtdan 80-150 m masofagacha uchib boradi va shu yo‘sin vatanida tabiiy ko‘payish xususiyatiga ega.
Bu daraxtning urug‘lari o‘z vatani iqlimlariga, tuproq sharo-itiga moslashgan bo‘lib, tabiiy ko‘payish imkoniga ega. Unumdor tuproqni yaxshi ko‘radi, rN 4.5-7.5 darajada bo‘lgan tuproqlarda yaxshi o‘sadi. Urug‘ining uzunligi 3.5 dan 5-6 sm gacha, eni 0.8-1 sm gacha, urug‘ining rangi och jigarrang tusda. lkg urug‘ida 15000-18000 dona urug‘ bo‘lib, 1000 dona urug‘ining og‘irligi 49.7 gr. Ko‘ndalang kesilgan qanotchalari ichida ikki juft joylashgan, ulaming kattaligi 0.2-0.3 mm dan iborat.lpog.m da 200 dona urug‘ ekiladi.
Oqtol (Salix alba L)
Tol turkumi ichida eng yirigidir. Bo‘yi 30m ga, diametri 2m ga yetadi. Po‘stlog‘i kulrang, bo‘yiga yorilgan bo‘ladi. Shox-
158
nhabbasi keng va yumaloq, kurtaklari yotiq, tukli. Novdasi ipaksimon tukli, shoxlari esa tuksiz. Barglari lansetsimon tuzil gan, cheti mayda tishchali, o‘tkir uchli bo‘lib, asosiy tomirlari yonida ipaksimon tuklar bor. Ular yozning o‘rtalarida to‘kilib ketadi, biroq pastki tomonida biroz saqlanib qoladi. Oqtol barg yo/.ish bilan bir vaqtda yoki biroz keyinroq gullaydi. Gullari kuchala hosil qilib, siyrak joylashadi, gul poyasi tukli, uning tubida kulrang bargchalar bor. Gulyon bargchalari bir xil rangda. Urug‘chisi qisqa ustunchali, ikki qismga ajralib turadigan lumshuqchali. Mevasi 25-30 kunda yetiladi. Bu tol, asosan, urug'idan yaxshi ko‘payadi. To‘nkasidan novda chiqarib tiklanadi, poyasidan ham ko‘payadi.
Kuzning oxiriga kelib barglari sarg‘ayib, qurib qoladi. To'ukasidan ko‘karadi, ildizidan bachkilaydi. Uni qalamchadan ko’paytirish ham mumkin.
Dostları ilə paylaş: |