Mustaqil 0 ‘zbekistonimizda bugungi kunda olib borilayot-gan izchil islohotlar xalqimizning hayot farovonligini ta’min-lashga xizmat qilmoqda



Yüklə 215,42 Kb.
səhifə2/95
tarix11.05.2023
ölçüsü215,42 Kb.
#111776
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95
Bog\'-park qurulishi va loyihalashtirish asoslari

4



BIRINCHI BO‘LIM


I bob. Bog‘-park qurulishi tarixi

Bizga ma’lumki, Markaziy Osiyoda bog‘-xiyobon san’ati ko‘p asrlik tarixga ega. Eramizdan 6-7 asr oldin Murg‘ob, Zaraf­ shon va Amudaryo vodiylari hududida Sug‘diyona, Baqtriya va Xorazm kabi o‘lkalar mavjud bo‘lib, ular shimoli-g‘arbiy tomondan Hindiston, Eron, Qoshg‘ar, Janubiy Xitoy bilan qadimdan umumiy savdo yo‘li orqali bog‘lanib kelgan. XIII asr o‘rtalarida 0 ‘rta Osiyoga tashrif buyurgan Marko Polo shunday deb yozadi: “Samarqand - g‘aroyib bog‘lar bilan o‘rab olingan buyuk shahar, uni tekisliklar o‘rab turadi, unda turli mevali o‘simliklar o‘sadi”.


XII-XIII asrlarda Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Xiva kabi tarixiy shaharlarimizda ajoyib va ko‘rkam ko‘rinishdagi bog‘larimiz bo‘lgan. Bu bog‘larda mahalliy daraxt va buta turlari bilan bir qatorda o‘zga yurtlardan: Hindiston, Eron, Misr, Arab davlatlaridan manzarali yaproq va nina bargli, shuningdek, mevali daraxt ko‘chatlari keltirilib dunyoga mashhur Samar-qanddagi Bog‘i Shamol, Bog‘i Eram, Bog‘i Dilkusho, Bog‘izag‘on, Bog‘irayhon, Bog‘ibehisht, Bog‘ibaland va boshqa bir necha nomdagi ko‘rkam bog‘lar, guzarlar barpo etilgan.


Bunday yam-yashil bog‘larda o‘simlik dunyosi bilan bir qatorda har xil turdagi sayroqi qushlar va noyob hayvonlar sayr etib bog‘lar husniga husn qo‘shib turgan. Ushbu bog‘larda suv havzalari, labi hovuzlar tashkil etilgan. Ularda ohular va tusto-vuqlar ko‘paytirilgan. XV asming oxiri - XVI asming bosh-lariga kelib, Samarqanddagi bog‘ va xiyobonlarda ekiladigan manzarali o‘simliklaming assortimenti ko‘paya boshladi. Darvesh Muhammad Tarahan bog‘ida sadaqayrag‘och, sharq tuyasi, kumushrang teraklar, shuningdek, Jahonaro bog‘ida sarvlar, oqqarag‘ay, mojjevelnik turkumi, majnuntollar ekila boshlandi. XVIII asrga kelib 0 ‘rta Osiyoning boshqa xorijiy





5

mamlakatlar bilan savdo-sotiq bo‘yicha aloqalari rivojlanib, ko‘pchilik sohalarda yuksak natijalarga erishildi. Shu vaqtdan boshlab odamlar gavjum bo‘lgan hududlarda, tarixiy obidalar, masjidlar va rasadxonalar atrofida to‘rt burchagiga to‘rttadan manzarali daraxtlar o‘tqazilgan.


Yüklə 215,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin