1.4-rasm. Bog‘-parklarda gullar kompozitsiyasining ko‘rinishi.
10
Bog‘-parklarda manzarali yaproq bargli daraxt va buta turla ridan: lola daraxti, yapon saforasi, go‘zal katalpa, kashtan, pira-midasimon eman va terak, oddiy eman, shoyi akas, arg‘uvon, kumushsimon bargli zarang, majnuntol, jo‘ka, sadaqayrag‘ocli, chetan va doim yashil nina bargli o‘simlik turlaridan sharq biotasi, sabina archasi, doim yashil sarv, shakldosh tuya, virgin archasi, shuningdek, butasimon o‘simliklardan oddiy va hind sireni, magnoliya sulanja, forzitsiya, samshit, yukka, agava va yapon behisi. Bir va ko‘p yillik gul turlaridan margaritka, tagetes, lobeliya, axirantes, binafsha, nargis, saltonila, shafran, tinyerariya maritima, exevyeriya, irizeniya, salviya, petuniya, begoniya va boshqa bir nechta manzarali gul o‘simliklari turlaridan foydalanilgan holda, bog‘-parklarda nafis ko‘rinish-dagi landshaflga ega bo‘lgan kompozitsiyalar yaratilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, bog‘ga tashrif buyurganlarga ko‘tarinki kay-fiyat bag‘ishlaydi, o‘simlik dunyosiga bo‘lgan e’tibomi yanada oshiradi.
Shuning uchun ham aholi yashaydigan hududlar, shahar va qishloqlaming ko‘rkam bo‘lishida manzarali daraxtlaming o‘mi beqiyosdir. Bog‘-parklar hududlarini ko‘kalamzorlashtirishda joyning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda, ushbu hududlarga mos keladigan manzarali daraxt va butalami tanlash va ekish texnologiyalarini amaliy bilish zarur. Respublikamizda aholi turar joylari, sanoat korxonalari, sport inshootlari va o‘quv maskanlari atrofini ko‘kalamzorlashtirishda ajoyib kompozitsi-yaga ega bo‘lgan, ko‘rkam bog‘-parklar va sayilgohlar Ьафо etishda manzarali daraxt va buta turlarini to‘g‘ri tanlash, ulaming biologiyasini o‘rganish, manzarali daraxtlaming hududlar bo‘yicha tarqalishida va ulaming ekish sxemalarini o‘rganishda ushbu fanning ahamiyati kattadir.
Barcha shahar va qishloqlar, aholi yashash hududlari, sanoat korxonalari, o‘quv maskanlari va shifoxonalaming yanada ko‘rkam bo‘lishi ular atrofida barpo etilgan yashil o‘simliklar dunyosi bilan bog‘liq. Shuning uchun ham mustaqil
11
0 ‘zbekistonimizning bugungi hayotida ko‘kalamzor hududlar barpo etish eng dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qoldi. Buning uchun esa joylarda bog‘lar va sayilgohlar barpo etishda uning zamonaviy landshaft dizaynlari talab etiladi.
Dostları ilə paylaş: |