Piramidasimon terak (Ropulous pyramidalis Roziyer) Balandligi yaxshi tuproq sharoitida 25-30 m gacha yetadi-
gan, yon shoxlari yuqoriga qarab o‘sadigan, yog‘ochbop, yirik manzarali yaproq bargli daraxt. U piramida shaklini, deyarli ustun kabi shox-shabbani hosil qiladi. Yosh daraxtlarining po‘stlog‘i kulrang, silliq, keyinroq to‘q jigarrang, deyarli qora, yoriqli bo‘ladi. Issiqsevar, ildiz tizimi unchalik chuqur emas, ammo yon ildizlarining rivojlanishi hisobiga baquwat. Shamolga chidamli. Yorug‘sevar. Havoning quruqligi va tuproqning kuchsiz sho‘rligiga chidamli. Tuproqda namlik yetishmasa, ustki qismi quriy boshlaydi. 100 yilgacha yashaydi.
127
11,3-rasm. Yashil hududlardagi ulkan terak daraxtlari.
Teraklar shahar sharoitida gazga, tutunlarga chidamli. Xiyo-bonlar va avtomobil yo‘llari atrofiga ekib borilsa, yaxshi natija beradi. Ushbu ajoyib, baquwat tanali, yaproq bargli daraxt Toshkent shahrida Milliy bog‘, Alisher Navoiy bog‘i, G‘afur G‘ulom va Mirzo Ulug‘bek bog‘larida, Abay ko‘chasi va Bobur istirohat bog‘larida juda tartib bilan ekilgan, ko‘rkam ko‘rinishdagi manzaralar namoyon etgan. Barglari bandli, navbat bilan joylashadi, barg plastinkasi butun yoki panjali, chiziqli, lansetsimon, buyraksimon, yumaloq, romb shaklida bo‘ladi. Bir tup daraxtning o‘zida har xil shaklda boiishi mumkin. Barg plastinkasining har ikkala tomoni tuksiz, rangi har xil. Yuz tomoni to‘q yoki och yashil, orqa tomoni kulrang, ayrimlarida zangori rangda, dag‘al, qalin po‘stli. Barglarining cheti kesik, yirik-mayda tishchali yoki butun. Bandi uzun yoki kalta, yumaloq, chiziqli, ezilgan, tukli yoki tuksiz. Yon bargchalari tor lansetsimon bo‘lib, tez to‘kilib ketadi. Gullab bo‘lgach, u to'kilib ketadi. Teraklar - ikki uyli, guli bir jinsli daraxtlar.
128
0 ‘tkir bargli zarang va zarang turlari (Acyer platanoides L)
Bargi to‘kiladigan, balandligi 30 m gacha yetadigan manza rali daraxt. Tanasi silindrsimon, shox-shabbasi keng doira shak-lida. Barglari qarama-qarshi joylashgan, panjasimon, uzunligi 6-18 sm. Tez o‘suvchi tur (ayniqsa, birinchi 10 yilda) tuproqning unumdorligi va namligiga talabchan. Shahar sharoitiga (tutun, gaz) yaxshi moslashgan. Urug‘dan va bachki novdalari bilan ko‘payadi. Zaxarkunandalar bilan deyarli zararlanmaydi. Ushbu daraxt kattaligi, shox-shabbasinng chiroyliligi, tekis ustunsimon tanasi, barglarining juda ham chiroyli ekanligidan ajoyib manzarali ko‘rinish namoyon etadi. Yozda to‘q yashil, kuzda lo'q sariq tusli bo‘ladi. Ushbu daraxt ko‘chatlarini ko‘chalar va bog‘lar atrofiga ekib borilsa, go‘zal landshaftga ega bo‘ladi. Shuningdek, zarangning chinorsimon va kumushsimon bargli turlari ham mavjud. Chinorsimon zarang may oyida gullaydi, soyaga chidamli bo‘lib, shaharlami ко‘ka]amzor1ashtirishda keng foydalaniladi.
Kumushsimon bargli zarang ham o‘ta manzarali daraxt bo‘lib, barglarining yuqori qismi och yashil, pastki qismi kumushsimon oq tusli. Gullari yashil rangli, bir yoki ikki to‘pli. Toshkent shahrining ko‘pgina hududlarida, jumladan, Amir Temur xiyobonida, Shimoliy vokzal binosi ro'parasida, Mustaqillik maydonida, Xotira maydoni atrofida ekilgan.
Dostları ilə paylaş: |