3.Tafakkur turlari.
Tadqiqotchi Kanazova tafakkurni ilmiy, kasbiy va kundalik xayotda duch keladigan muammolar bilan bog‘labdi. Lekin umumiy tafakkur qilish qobiliyati shaxsiy xayot bilan bog‘liq muammolarni o‘z ichiga olmasligini ta’kidlaydi. Masalan, oila ko‘rish, ota -ona bo‘lish, yaqin dustlar ortirish, ijtimoiy mulokrtga kirishish va boshqalar. Kundalik xayotda oddiy muammolardan tortib murakkab aqliy toshirlik talab qiladigan masalalarda ham tafakkur, fikrlash faoliyatining o‘rni muhim hisoblanadi. Masalan, qanday qilib dustlashish, notanish kishining yuz ifodasidan fikrini ukssh, muljallangan manzilga kayta yul topish, muammoning moxiyatini ochish, masala yechish insondan turli xil tafakkurni talab qiladi. 8
Muayyan ijtimoiy muxitda turmush kechirayotgan odamlarning ehtiyojlari xatti-harakat motivlari narsalarga qiziqishlar, intilishlar, mayllar, aqliy qobiliyatlari, xatto faoliyatlari ham turli tumandir. Xuddi ana shu boisdan ularning tafakkuri ham har xil xolatlarda vaziyatlarda turlicha tarzda vujudga keladi, namoyon bo‘ladi.
Psixologiya fanida tafakkur turlari topshiriq xususiyatiga, fikr yoyikligiga, fikrning originallik darajasiga qarab, quyidagicha shartli klassifikatsiya qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |