2.Tafakkurning nerv-fiziologik asosi.
(Tafakkur jarayoni bosh miya yarim sharlarining qaysi qismida kechadi?) Tafakkur faoliyati muayyan maqsadga qaratilgan alohida ongli jarayon tariqasida sodir bo‘ladi. Bosh miyaning biror uchastkasidagi faoliyat emas, balki butun bosh miya pustining faoliyati mana shu jarayonning fiziologik asosidir. Tafakkur faoliyati uchun avvalo analizatorlarning miyadagi uchlari o‘rtasida vujudga keladigan murakkab bog`lanishlar muhim ahamiyatga egadir. Analizatorlarning bosh miya pustidagi uchastkalari bir-biridan keskin ajralgan holda emas, balki bir-biriga tutashib, bir-biri bilan chambarchas boglanib ketganligi sababli mazkur bog`lanishlarning vujudga kelishi yuqorida aytib o‘tilganidek, tafakkurning maxsus nerv-fiziologik mexanizmlaridir. Bunda ikkinchi signallar tizimining bog`lanishlari birinchi signal tizimidagi bog`lanishlarga tayanadi.
I.P.Pavlov ikkinchi signal tizimining ishi hamisha birinchi signal tizimi bilan o‘zaro o‘tkazish jarayonida xozir bo‘ladi, deb ta’kidlagan. Ikkinchi signal tizimi asosida birinchi signal bilan o‘zaro ta’sir qilish jarayonida dastlab umuminsoniy empirizmni va nixoyat odamning o‘z tevaragidagi olamni va uning o‘zini bilish uchun oliy kurol bo‘lgan oliy tafakkur vok’e bo‘ladi. Tafakkurning muayyan bir narsaga karatilishi uchun nerv-fiziologik asos bo‘lgan oriyentirovka refleksi tafakkur jarayonlarida katta rol o‘ynaydi. Akademik I.P.Pavlov ta’kidlaganidek, "avvalo umuminsoniy empirizmni nixoyat, atrof olamni va insonning o‘zini ham bilish uchun oliy kurol bo‘lgan fanni ham yaratuvchi maxsus insoniy oliy tafakkur zarurdir".
Tafakkur operatsiyalari
Tafakkur jarayoni insonning bilishga bo‘lgan ehtiyojlari, tevarak- atrofdagi olam va turmush to‘g‘risidagi o‘z bilimlarini kengaytirishga va cho‘qurlashtirishga intilish sababli vujudga keladi. Fikr qiluvchi kishining tafakkuri-ob’ektni anglashi, bilishi tafakkur jarayonining harakterli xususiyatidir. Odam o‘zi idrok qilayotgan narsalar to‘g‘risida fikr qiladi. Shuning uchun tushunchalar narsalarning butun bir sinfi, turkumi to‘g‘risida fikr qiladi, ya’ni bular tafakkurning ob’ekti bo‘ladi. Bir narsaga tayanmagan kurukdan kuruk tafakkur bo‘lishi mumkin emas.
Analiz, sintez, taqqoslash, abstraksiyalash va umumlashtirish, tasniflash va tizimga solish aqliy operatsiyalarning asosiy turlaridir.
Analiz - shunday bir tafakkur operatsiyasidirki uning yordami bilan biz narsa va xodisalarni fikran yoki amaliy jixatdan xususiyatlarini tahlil qilamiz.
Analiz jarayonida butunning uning qismlariga va elementlariga bo‘lgan munosabati aniqlanadi. Tahlil ob’ektlari amalda ajratib bo‘lmaydigan elementlarga yoki belgilarga bo‘lishda ifodalanishi mumkin. Allomalarimizning ta’kidlashicha, maymunning yongokni chakishining o‘ziyok boshlangich, oddiy analizdir. O‘quvchi va talaba yoshlar turmushda va va dars jarayonida analiz yordami bilan ko‘pgina ishlarni amalga oshiradilar, topshiriqlar, misol va masalalarni yechadilar.
Garb psixologlari tomonidan yashnda utkazilgan tadqiqrtlarda miyaning xajmi odamning intellektlilik darajasiga bog‘liqligi, ya’ni "ziyoli" yoki "intillegent" odamlarda bosh miya pustidagi analizatorlarning uchlari juda ham zich joylashgan bo‘lib, ularda utkazilgan tafakkur darajasini aniqlash kabi testlarda ma’lumotlarni tez anglab olish va uning moxiyatini tushunish boshqalarga nisbatan tezrok va samaralirok bo‘lishi aniqlangan.
Amerika psixologlari miya faoliyatining javobgarlik uygotishga va faraz qilingan onglilikka bog‘liq bo‘lgan turli darajalarini farqlashadi. Fikrlash faoliyati, aqliy harakatlarning bo‘zilishi yoki yuqolishi kuyidagi xolatlarda ko‘zatilishini bir shncha tajriba va ko‘zatishlar natijasida aniqlangan:
tafakkurni yetishmasligi yoki umuman mavjud emasligi, masalan akdi zaif odamlarda va xayvonlarda.
aqliy ulim yoki koma xolatida inson dastlabki vaqtlarda tashqi stimullarga javob bermaydi, xattoki u ogrik stimullari bo‘lsa ham, keyinchalik, bir necha xaftadan so‘ng, ogrikka yurak urishining tezlashishi bilan javob kaytara boshlaydi. Bundan tashqari yurak urishi uyku va uygok xolatda o‘zgaradi. Lekin xattoki uygok xolatida ham miya faoliyati odatiy xolotdan ancha sust ishlaydi.
minimal ongsizlik xolati - bunda odam maqsadli elementar harakatlarni amalga oshira oladi, gaplarni tushunadi. Bu xolat oylab yoki yillab davom etishi mumkin.1
Odam o‘zi idrok qilayotgan narsalar to‘g‘risida fikr qiladi. Shuning uchun tushunchalar narsalarning butun bir sinfi, turkumi to‘g‘risida fikr qiladi, ya’ni bular tafakkurning ob’ekti bo‘ladi. Bir narsaga tayanmagan kurukdan kuruk tafakkur bo‘lishi mumkin emas.2
Yuqorida aytib, o‘tilgan motor yoki boshqa qismlarning rolini tushunish uchun yolgiz analizning o‘zi kifoya kilmaydi. Chunki tarkibiy qismlarni birlashtirgan holda bir-biriga ta’sir qilib to‘rgan motor va mashinaning butunligicha olib tekshirgandagina uning motor yoki mashina ekanligini anglash mumkin.
Sintez elementlarning, narsa va xodisalarning qismlari va bulaklarini bir butun qilib kushishdan iborat aqliy faoliyat ekanligi ta’rifdan kurinib turibdi. Analiz aqliy bo‘lgani kabi sintez ham amaliy harakter kasb etadi. Masalan, birinchi sinf bolasi o‘z harf xaltasidagi keltirilgan harflardan foydalanib, bugin, buginlardan so‘z, so‘zlardan gap, gaplardan kiska axborot, undan esa xikoya to‘zadi.
Analiz va sintez o‘zaro bevosita mustaxkam boglangan yagona jarayonning ikki tomonidir. Agar narsa va xodisalar analiz kilinmagan bo‘lsa, uni sintez qilib bo‘lmaydi, har qanday analiz predmetlarni narsalarni bir butun holda bilish asosida amalga oshirilishi lozim.
XIX-XX asrlarda yashagan olim K.D.Ushinskiy taqqoslash jarayoni borasida kuyidagilarni ta’kidlagan: "Agar siz tabiatni bir narsasini ravshan tushunib olishni istasangiz, uning o‘ziga juda uxshash bo‘lgan narsalardan tafovutini topingiz va uning o‘zida juda o‘zok bo‘lgan narsalar bilan uxshashligini topingiz. Ana shunda siz shu narsaning eng muhim belgilarini paykab olasiz, demak shu narsani tushunib olasiz".
Narsa va xodisalar o‘rtasidagi uxshashlik yoki farqni, teng yoki tengsizliklarni, ayniyat yoki ziddiyatlarni aniqlashdan iborat bo‘lgan fikr yuritish operatsiyasi, bilishning dastlabki va zarur vositasi bo‘lib hisoblanadi. Ajdodlarimiz taqqoslashning ta’limdagi roli to‘g‘risida shunday fikrlarni bildirgan edi. Taqqoslash har qanday tushunishning va har qanday tafakkurning asosidir. Olamdagi narsalarning hammasini taqqoslab ko‘rish yo‘li bilan bila olmasak, boshqa yo`l bilan bila olmaymiz, agar biz xech narsa bilan solishtirishimiz va farqini bilib olishimiz mumkin bo‘lmagan biron bir narsaga duch kelganimizda edi, u holda biz shu narsa to‘g‘risida xech qanday fikr kila olmagan bular edik.
Taqqoslash operatsiyasi ikki xil yo`l bilan amalga oshishi mumkin: amaliy aniq narsalarni bevosita solishtirish va nazariy tasavvur qilinayotgan obrazlarni va narsalarni ongda fikran taqqoslash. Agar odam ikki boylam yukni qo‘l bilan ko‘tarib, bir necha xil taom mazasini kiyoslasa yoki ikki paykal paxtazor hosildorligini takkoslasa, bu amaliy taqqoslash bo‘ladi. Shuningdek, o‘quvchilar ikki xalam yoki ikki sterjenning uchini yogochga yoki kogozga solishtirsalar, u analogik xolatga misol bula oladi. Bundan tashqari metr bilan masofani, tarozi bilan ogirlikni, termometr bilan haroratni, teleskop bilan osmon jismlarini ulchash paytida ham taqqoslash jarayoni vujudga keladi.
Inson tevarak-atrofdagi narsa va xodisalarning barchasini bevosita aks ettirish, qo‘l bilan paypaslash imkoniyatiga ega emas. Shu boisdan tuplanadigan bilimlarning aksariyati qo‘l bilan ushlash, ko‘z bilan ko‘zatish evaziga emas, balki fikr yuritish orqali, mantiq yordamida anglaniladi. Ular o‘rtasida uxshash va farqli alomat hamda belgilar nazariy taqqoslash asosida ajratiladi. Demak, inson olayotgan keng qo‘lamdagi axborotlar farqini fikran taqqoslash yordamida anglab yetadi. Jumladan, o‘quvchilar dilda uylayotgan narsalarni fikran solishtirib ko`radilar. Ba’zan turli yoshdagi kishilar o‘z tengdoshlari harakterida, qiziqishida, yurish turishida, muomalasida va boshqa xususiyatida uxshashlik va tafovut borligini topadilar. 3
Dostları ilə paylaş: |