Mustaqil ish “ Professional buxgalteriya amaliyoti ” fanidan Mavzu


Tovar moddiy zaxiralarning harakatini rasmiylashtirish va ularning sintetik



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix12.01.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#79037
1   2   3   4   5   6   7   8
Materiallarningbuxgalteriyadagihisobivauniishlabchiqarishgasarflashinihisobgaolish

 
Tovar moddiy zaxiralarning harakatini rasmiylashtirish va ularning sintetik 
hisobini tashkil etish 
Materiallar harakatining hisobi materiallarning hisobi bo‘yicha asosiy nizom talablariga 
javob beradigan va axborotlarni avtomatlashtirishga moslashgan tegishli hujjatlar bilan 
rasmiylashtiriladi. YOziladigan hujjatlarning nusxalar soni va ularning hujjat aylanishi 
korxonaning xarakteriga, ishlab chiqarishni tashkil etish xususiyatlariga, moddiy – texnik 
ta’minotiga va hisobni tashkil etish tizimiga qarab belgilanadi. YOziladigan hujjatlarning 
nusxalar soni minimal bo‘lib, EHMdan foydalanilsa bir nusxa, hisob qo‘lda yuritilsa – 
ikki nusxadan oshmasligi kerak. 
Odatda materiallarni omborga ekspeditor olib keladi va unga korxona rahbari va bosh 
buxgalteri tomonidan imzolangan, muhrlangan (M-2-shakl va M-2a-shakl) ishonchnoma 
yozib beriladi hamda (M-2b-shakl) maxsus daftarga qayd qilinadi. Materiallarni o‘z 
vaqtida kelib tushishi ustidan nazoratni marketing bo‘limi olib boradi. Marketing bo‘limi 
mol yuboruvchilar tomonidan shartnoma majburiyatlarining bajarilishini nazorat qilib 
boradi, materiallarning sifati va kamomadi bo‘yicha da’volarni rasmiylashtiradi, agar 
yuklar o‘z vaqtida kelib tushmasa ularni qidirib topadi. 
Transport tashkilotlaridan yuklarni qabul qilib olishda ekspeditor idishlar, plombalar holatiga 
alohida etibor berishi kerak. Agar ular shikastlangan bo‘lsa, yuklarni tekshirish va topshirishni 
talab qiladi. Basharti kamomad yoki nobudgarchilik aniqlansa, transport tashkilotiga yoki mol 
yuboruvchiga da’vo qilish uchun tijorat dalolatnomasi tuziladi. 
Ekspeditor tomonidan materiallar omborga topshirilishda moddiy javobgar shaxs kelib 
tushgan materiallarning soni, sifati va assortimentini mol yuboruvchining hujjatlarini solishtirib 
ko‘radi. Haqiqiy kelib tushgan materiallarning miqdori mol yuboruvchilarning hujjatlarida 
ko‘rsatilganiga to‘liq mos kelsa, moddiy javobgar shaxs tomonidan kirim orderi (M-4 shaklidagi 
kirim orderi) yoziladi. 
Dastlabki hujjatlar miqdorini kamaytirish maqsadida kelib tushgan materiallarni kirimga 
olishda kirim orderi yozilmasdan, mol yuboruvchining hujjatlariga (nakladnoylariga) kirim 
orderining asosiy rekvizitlari ko‘rsatilgan mahsus shtampa qo‘yib, uni to‘ldiradi. 
Agar materiallar mol yuboruvchining omboridan avtotransport bilan markazlashgan holda 


olib kelinsa, to‘rt nusxada tovar-transport nakladnoyi (M-5 - shakl va M-6- shakl) tuziladi: mol 
xarid qiluvchiga – kirim orderini o‘rniga materiallarni kirimga olish uchun; mol yuboruvchiga – 
material qiymatliklarini hisobdan chiqarish uchun; avtotransport xaydovchilariga ish haqi 
hisoblash uchun; bankka topshirish uchun. 
To‘lov hujjatlarisiz kelib tushgan materiallarni mol yuboruvchining hujjatlari bilan 
solishtirgan vaqtda aniqlangan (son, sifat) tafovutlarni rasmiylashtirishda materiallarni qabul 
qilish to‘g‘risida dalolatnoma (M-7-shakl) tuziladi. Dalolatnoma qabul komissiyasi tomonidan 
tuzilib, unda quyidagilar qatnashishi shart: mol yuboruvchining vakili yoki betaraf tashkilotning 
vakili, ombor mudiri va korxonaning ta’minot bo‘limi vakili. Komissiyani korxona rahbari 
tayinlaydi. Dalolatnoma ikki nusxada tuziladi: birinchisi – kam yoki ortiqcha chiqqan materiallar 
summasini schyotlarda aks ettirish uchun buxgalteriyaga topshiriladi; ikkinchisi – da’vo 
rasmiylashtirish, ortiqcha chiqqan materiallar bo‘yicha qo‘shimcha to‘lov talabnomasi yuborish 
to‘g‘risida mol yuboruvchilarga xabar berish uchun marketing bo‘limiga topshiriladi. 
Dalolatnoma tuzilgan bo‘lsa kirim orderini tuzish shart emas. Kirim orderlari materiallar kelib 
tushgan kuni tuziladi. 
Ombordan omborga materiallarni topshirishda yoki foydalanilmay qolgan materiallarni 
yoki ishlab chiqarishning qimmatli chiqindilarini, yaroqsiz mahsulot chiqindilarini, asosiy 
vositalar, inventar va xo‘jalik jihozlarini tugatishdan olingan material qiymatliklarini sexlar 
tomonidan omborga topshirishda nakladnoy- talabnomalar (M-11-shakl) tuziladi. Materiallarni 
topshiruvchi moddiy javobgar shaxslar nakladnoylarni ikki nusxada tuzadi: bittasi - materiallarni 
hisobdan chiqarish uchun sexga beriladi, ikkinchisi – materiallarni qabul qilib olish uchun 
omborchiga beriladi. 
Materiallarni ishlab chiqarishga jo‘natish, xo‘jalik extiyojiga ishlatish, xo‘jalik faoliyatida 
ishlatilmaydigan ortiqcha materiallarni chetga sotish muomalalari limit-zabor kartalar, to‘lov 
nakladnoylari bilan rasmiylashtiriladi. 
Limit-zabor kartasi (M-8-shakl va M-9-shakl) marketing bo‘limi tomonidan ma’lum bir 
ishlab chiqarish xarajatlari kodi (buyurtmasi)ga o‘tkaziladigan bir yoki bir necha materiallar 
turlari bo‘yicha yoziladi. Sex tomonidan ishlab chiqarish dasturini bajarish uchun zarur 
bo‘ladigan materiallarning hajmi va turlari korxonaning reja-ishlab chiqarish bo‘limi tomonidan 
hisoblab chiqiladi. Materiallarni sarflash va jo‘natish limiti materiallarning mazkur turi bo‘yicha 
sex omborida oy boshiga qolgan qoldiq miqdoriga kamaytiriladi. 
Limit - zabor karta ikki nusxada yozilib, bittasi sexga, ikkinchisi omborga beriladi. 
Materiallarni ombordan jo‘natishda omborchi sexning limit-zabor kartasiga, material oluvchi 
ombordagi limit-zabor kartaga imzo qo‘yadi. Ikkala limit-zabor kartasida har gal materiallar 
olingandan so‘ng foydalanilmagan limit summasi chiqarib qo‘yiladi. Limitdan foydalanilganda 


oy oxirida limit-zabor kartalar korxona buxgalteriyasiga topshiriladi. Ularga asosan materiallarni 
ishlab chiqarishga sarflash hisobi rasmiylashtiriladi va belgilangan limitga rioya qilish ustidan 
nazorat qilinadi. 
Limit - zabor kartasiga binoan ishlab chiqarishda foydalanilmagan materiallar hisobi ham 
yuritiladi. Bunda hech qanday qo‘shimcha hujjat tuzilmaydi. Limit - zabor kartalar sonini 
kamaytirish maqsadida oylik qirqib olinadigan talonlari bo‘lgan choraklik limit-zabor 
kartalaridan ham foydalanish mumkin. Agar limit- zabor kartalar materiallar doim uzluksiz 
jo‘natiladigan hollarda foydalanilsa, xo‘jalik va boshqa extiyojlari uchun bir yo‘la materiallar 
jo‘natilganda M-10 shakldagi akt-talabnoma qo‘llaniladi. Akt-talabnoma materiallarni istemol 
qiluvchi bo‘limlar tomonidan ikki nusxada yozilib, bittasi omborchining imzosi qo‘yilib, 
material oluvchiga beriladi, ikkinchisi mol oluvchining imzosi qo‘yilib omborchida qoladi. 
Ishlab chiqarishga barcha limitdan ortiqcha jo‘natiladigan materiallar uchun yoki 
materiallarni almashtirish uchun sababini va ortiqcha sarf aybdorlari kodini ko‘rsatib maxsus 
talabnoma yoziladi. Bunday hollarda materiallar ombordan korxona direktori, bosh muhandisi, 
yoki ular tomonidan tayinlangan shaxslarning ruxsati bilan jo‘natiladi. 
Materiallar chetga yoki korxona hududidan tashqarida joylashgan o‘zining xo‘jaliklari 
uchun jo‘natilganda nakladnoylar (M-11-shakl) qo‘llaniladi. Ular ta’minot bo‘limi tomonidan 
naryadlar va shartnomalarga asosan uch nusxada yoziladi. Materiallar chetga avtotransportda 
jo‘natilsa, tovar – transport nakladnoyi yoziladi. 
Materiallarning tayinlanishi va ishlab chiqarish jarayonida foydalanishini turkumlash 
korxona buxgalteriyasi tomonidan ularning sintetik hisobini to‘g‘ri tashkil etish uchun muhim 
ahamiyat kasb etadi. Materiallarning har bir guruhi tegishli schyotlarda hisobga olinadi. Bu 
1000- «Materiallar» sintetik schyot bo‘yicha ochilgan ikkinchi tartibli schyotlarda ularning 
analitik hisob ma’lumotlari bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar hisobga olinadi. 
«Mas’ul saqlashga qabul qilingan tovar-moddiy qiymatliklar» - 002, «Qayta ishlovga qabul 
qilingan materiallar» esa – 003 balansdan tashqari schyotlarda hisobga olinadi. 
Material qiymatliklar pul o‘lchovida hisobga olinib, 19-sonli BHMSga 
muvofiq saqlash joylari bo‘yicha davriy inventarizatsiya o‘tkaziladi. Materiallarning qoldig‘i va 
kirimi schyotning debetida haqiqiy tannarx summasida, sarflanishi – FIFO va AVEKO usullarida 
haqiqiy tannarx summasida aks ettiriladi. Material qiymatliklar hisobdor shaxslardan, o‘zining 
ehtiyoji uchun yordamchi ishlab chiqarishlardan tushishi mumkin. Bundan tashqari, sexlar 
tomonidan tejalgan xomashyo, materiallar, ishlab chiqarish chiqindilari, yaroqsiz mahsulotdan, 
asosiy vositalarni hisobdan chiqarishdan olingan materiallar omborga qabul qilinadi. 
Materiallarning sarflanishi bo‘yicha tuzilgan barcha dastlabki hujjatlar sintetik schyotlar, 
foydalanish joylari va xarajatlarning yo‘nalishlari bo‘yicha guruhlanadi. Materiallar harakatining 


hisobi oy davomida yagona hisob bahosida yuritiladi, oy tugagach foizi va transport-tayyorlov 
xarajatlari yoki farqi hisoblab chiqilgandan so‘ng haqiqiy tannarxda hisobga olinadi. SHunday 
qilib, qabul qilingan materiallarning haqiqiy tannarxini tashkil etuvchi ma’lumotlar buxgalteriya 
hisobining turli jurnal-orderlarida (1, 3, 6, 7, 10/1, 13) aks ettiriladi, bosh daftarda esa jamlanadi. 
Foydalanilgan va chetga jo‘natilgan materiallarning haqiqiy tannarxi 10 va 10/1 jurnal-
orderlarida va bosh daftarda aks ettiriladi. 
Materiallar harakati hisobini boshqa variantini qo‘llasa ham bo‘ladi. Bunda materiallarni 
sotib olish va tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar 1510 
- «Materiallar tayyorlash va sotib olish» schyotida hisobga olinadi. Bu schyotning debetida 
materiallarni sotib olish qiymati, tayyorlash va materiallarni korxonaga etkazib kelish xarajatlari 
D-t 1510, K-t 2310, 6010, 4200, 4800 schyotlarda hisobga olinadi.. Haqiqiy qabul qilingan 
materiallarning hisob qiymatiga D-t 1000 schyotning tegishli schyoti, K-t 1510 schyot. Bunda 
sotib olingan va tayyorlangan materiallarning haqiqiy tannarxi bilan qabul qilingan 
materiallarning hisob bahosi (reja, shartnoma tannarxi, o‘rtacha sotib olish qiymati va b.) 
orasidagi farqi 1610 - 
«Materiallar qiymatidagi farqlar» schyotida hisobga olinadi. 1610 - schyotning debetida 
yig‘ilgan farqlar summasi belgilangan tartibda ishlab chiqarish schyotlarining debetiga hisob 
bahosida yozilgan materiallar qiymatiga mutanosib o‘tkaziladi. Bunda quyidagicha buxgalteriya 
yozuvi amalga oshiriladi: D-t 2010,2310,2510 schyotlar, K-t 1610 schyot. 
Materiallar qabul qilinganda va ularni sotib olish bo‘yicha xarajatlar sodir bo‘lganda 
buxgalteriya hisobida tegishli yozuvi bilan rasmiylashtiriladi. 
Korxonaga tegishli bo‘lgan xom-ashyo, materiallar, yoqilg‘i, ehtiyot qismlar, butlovchi 
buyumlar, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar, konstruksiyalar, detallar, idishbob materiallar, 
inventarlar, xo‘jalik jihozlari va sh.k. qiymatliklarning mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi 
axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi: 
1010 "Xom-ashyo va materiallar"; 
1020 "Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar"; 1030 
"YOqilg‘ilar"; 
1040 "Ehtiyot qismlar"; 
1050 "Qurilish materiallari"; 
1060 "Idish va idishbob materiallar"; 
1070 "CHetga qayta ishlash uchun berilgan materiallar"; 1080 
"Inventar va xo‘jalik jihozlari"; 
1090 "Boshqa materiallar". 
1010 "Xom ashyo va materiallar" schyotida quyidagilarning mavjudligi va harakati 


hisobga olinadi: 
a) 
ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tarkibiga kiradigan, uning asosini tashkil etadigan 
yoki uni tayyorlashda (ishlab chiqarishda) zarur tarkibiy qismlar hisoblaniladigan xom-ashyo va 
asosiy materiallar; 
b) 
mahsulot ishlab chiqarishda yoki xo‘jalik ehtiyojlari uchun sarflanadigan, texnik 
maqsadlar va ishlab chiqarish jarayoniga yordamlashishda ishtirok etadigan yordamchi 
materiallar; 
v) qayta ishlash uchun tayyorlangan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va h.k.; 
g) em-xashak va to‘shamalar. O‘zida ishlab chiqarilgan em-xashak va to‘shamalar yil 
oxirida haqiqiy tannarxiga to‘g‘rilash bilan yil davomida reja tannarxi bo‘yicha aks ettiriladi. 
1020 "Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar" schyotida yig‘ishda va 
qayta ishlov berishda xarajat talab qiladigan ishlab chiqarilayotgan (qurilish) mahsulotni butlash 
uchun ishlab chiqarish kooperatsiyasi tartibida xarid qilingan, sotib olingan yarim tayyor 
mahsulotlar, tayyor butlovchi buyumlar, qurilish detallari va konstruksiyalarining mavjudligi va 
harakati hisobga olinadi. 
Ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik tashkilotlari tomonidan ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik 
mavzulari bo‘yicha ilmiy va eksperimental ishlarni o‘tkazish uchun chetdan sotib olinadigan 
butlovchi buyumlarni, maxsus uskunalarni, asboblarni, moslamalarni va boshqa qiymatliklarni 
1020 "Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar" schyotida hisobga olinadi. 
1030 "YOqilg‘ilar" schyotida neft mahsulotlari, yoqilg‘i-moylash materiallari (YOMM) 
(neft, benzin, kerosin, dizel yoqilg‘isi, yog‘ va hokazolar), qattiq yoqilg‘i (ko‘mir, o‘tin va 
hokazolar) va gazsimon yoqilg‘i (gaz, gazolin) shuningdek, ishlab chiqarish chiqindilari va qattiq 
yoqilg‘i sifatida ishlatiladigan ikkilamchi material qiymatliklarning mavjudligi va harakati 
hisobga olinadi. YOqilg‘i-moylash materiallari (YOMM) uchun talonlardan foydalanilganda 
ham ularning hisobi 1030 "YOqilg‘ilar" schyotida yuritiladi. 
1040 "Ehtiyot qismlar" schyotida mashina, uskuna, transport vositalari va boshqalarni 
ta’mirlash va eskirgan qismini almashtirish uchun mo‘ljallangan asosiy faoliyat uchun xarid 
qilingan yoki tayyorlangan, ehtiyot qismlarning mavjudligi va harakati, hamda zahiradagi 
avtomobil shinalari hisobga olinadi. SHu erda ta’mirlash zavodlarida va texnik servis punktlarida 
korxonaning ta’mirlash bo‘limlarida qilingan (yaratilgan) agregatlar, dvigatellar, uskunalar, 
to‘liq komplektli mashinalarning almashish fondi harakati ham hisobga olinadi. 
1050 "Qurilish materiallari" schyotida qurilish konstruksiyalari va detallari, bino va 
inshootlarning qismlari, konstruksiya va detallarini qurish va pardoz qilish, qurilish detallarini 
tayyorlash qurilish va montaj ishlarida ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun ishlatiladigan 
shuningdek, boshqa ehtiyojlar uchun chetdan sotib olingan va o‘zida ishlab chiqilgan qurilish 


materiallarining mavjudligi va harakati hisobga olinadi. 
1060 "Idish va idishbob materiallar" schyotida idishlarning barcha turlari (xo‘jalik inventari 
sifatida foydalaniladigan idishlardan tashqari) shuningdek, idishlar tayyorlash va ta’mirlash 
uchun mo‘ljallangan materiallar va detallar (yashiklarni yig‘ish uchun detallar, bochka taxtasi, 
temir gardish va boshqalar)ning mavjudligi va harakati yuritiladi. YUklanadigan mahsulotlarning 
butligi va saqlanishini ta’minlash maqsadida vagonlar, barjalar, samolyotlar, kemalarni 
qo‘shimcha jihozlash uchun mo‘ljallangan buyumlar 1010 "Xom ashyo va materiallar" schyotida 
hisobga olinadi. 
1070 "CHetga qayta ishlash uchun berilgan materiallar" schyotida chetga qayta ishlash 
uchun berilgan materiallarning mavjudligi va harakati hisobga olinadi. Bunda materiallarga qayta 
ishlov berish bilan bog‘liq chetdagi korxonalarga to‘langan xarajatlar bevosita qayta ishlashdan 
olingan buyumlarni hisobga oluvchi schyotlarning debetiga olib boriladi. 
1080 "Inventar va xo‘jalik jihozlari" schyotida korxonaning aylanma mablag‘lari tarkibiga 
kiradigan inventarlar, asboblar, xo‘jalik jihozlari va boshqa mehnat vositalarining (kam baholi va 
tez eskiruvchi buyumlar) mavjudligi va harakati hisobga olinadi. 
Ushbu schyotda quyidagi mezonlardan biriga javob beradigan mulk hisobga olinadi: 
a) 
xizmat qilish muddati bir yildan ortiq bo‘lmagan; 
b) 
xizmat qilish muddatidan qat’i nazar bir birligi (komplekti)ning qiymati (sotib olish 
vaqtida) O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqi miqdorining ellik 
barobarigacha bo‘lgan buyumlar. Rahbar hisobot yilida buyumlarning inventar va xo‘jalik 
jihozlari tarkibida hisobga olinishi uchun qiymatining past chegarasini belgilash huquqiga ega. 
Xizmat qilish muddati va qiymatidan qat’i nazar inventar va xo‘jalik jihozlari tarkibiga 
quyidagilar kiritiladi: 
a) 
maxsus asboblar va moslamalar (alohida buyurtmani tayyorlash uchun yoki ma’lum bir 
turdagi buyumlarni seriyali va ommaviy ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan maqsadli asboblar 
va moslamalar); 
b) 
maxsus va sanitar buyumlar, maxsus poyafzal; 
v) yotoq jihozlari; 
g) kanselyariya jihozlari (kalkulyatorlar, stol jihozlari va h.k.); 
d) 
oshxona va ovqatlanish xonasi jihozlari shuningdek, ovqatlanish xonasi choyshablari; 
e) 
xarajatlari, ularni qurish, qurilish-montaj ishlari tannarxiga olib boriladigan vaqtinchalik 
(titulsiz inshootlar) qurilma va moslamalar; 
j) foydalanish muddati bir yildan kam bo‘lgan almashtiriladigan uskunalar; 
z) ov qurollari (ko‘kan, qopqon, to‘rlar va h.k.). 


Korxonalar mustaqil ravishda inventarlar, asboblar va xo‘jalik jihozlarni hisobga oluvchi 
schyotlarni ularning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatidagi o‘rni va roliga qarab ochishlari mumkin. 
Ularning qiymati foydalanishga berilgan vaqtda ishlab chiqarish yoki davr xarajatlariga to‘liq 
qo‘shiladi. Foydalanishdagi inventar va xo‘jalik jihozlarining saqlanishini ta’minlash maqsadida 
keyinchalik ularning hisobi balansdan tashqari 014 "Foydalanishdagi inventar va xo‘jalik 
jihozlari" schyotida sex, ombor va alohida foydalanuvchilar bo‘yicha yuritiladi. 
Inventar va xo‘jalik jihozlari keyinchalik foydalanishga yaroqsiz xolga kelgan hollarda 
ularni balansdan tashqari schyotdan hisobdan chiqarish belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan 
hisobdan chiqarish dalolatnomasiga asosan amalga oshiriladi. 
1090 "Boshqa materiallar" schyotida yuqorida keltirilgan schyotlarda nazarda tutilmagan 
materiallarning mavjudligi va harakati hisobga olinadi. Bu erda ishlab chiqarish chiqindilari 
(qirqimlar, qirindi va sh.k.); tuzatib bo‘lmaydigan yaroqsiz mahsulotlar; asosiy vositalarning 
chiqib ketishidan olingan moddiy qiymatliklar (metallolom, yaroqsiz xom ashyo, eskirgan 
shinalar, kameralar, yaroqsiz rezina, ishlatilgan moy, nigrol va h.k.) hisobga olinadi. 
Qishloq xo‘jaligi korxonalari urug‘liklar, ekish materiallari, (sotib olingan va o‘zida ishlab 
chiqarilgan) kompostlar, mineral o‘g‘itlar, qishloq xo‘jalik ekinlari zararkunandalariga qarshi 
kurashda ishlatiladigan, biologik preparatlar, zaharli kimyoviy moddalar, dorilar hamda 
kimyoviy moddalarni (o‘simlikchilikda, chorvachilikda va yordamchi xo‘jalikda) hisobga olish 
va boshqalar uchun qo‘shimcha schyotlarni ochishlari mumkin. 
Materiallarning kelib tushishi 1510 "Materiallarni tayyorlash va xarid qilish" va 1610 
"Materiallar qiymatidagi farqlar" schyotlaridan foydalanilgan holda (agar bu korxonaning hisob 
siyosatida belgilangan bo‘lsa) yoki ushbu schyotlardan foydalanilmagan holda aks ettirilishi 
mumkin. 
Materiallarni ishlab chiqarishga yoki boshqa xo‘jalik maqsadlariga haqiqatda sarflanishi 
(1000) materiallarni hisobga oluvchi schyotlarning kreditida xarajatlarni hisobga oluvchi 
schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. 
Materiallarni chetga sotish (1000) materiallarni hisobga oluvchi schyotlarning krediti va 
9220 "Boshqa aktivlarning chiqib ketishi" schyotining debetida aks ettiriladi. 
Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000)ning analitik hisobi saqlanish joylari va 
ularning alohida nomlari (turlari, navlari, hajmlari va boshqalar) bo‘yicha yuritiladi. 
Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000)ning bog‘lanishi (4.1.jadval) 
4.1.jadval 
Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000)ning bog‘lanishi 
T/ 
Xo‘jalik muomalalarining mazmuni 
Schyotlarning 
bog‘lanishi 



Debet 
Kredit 

Mol etkazib beruvchilardan materiallar olindi 
1010-1090 
6010 

Asosiy vositalarni tugatish natijasida kelib tushgan 
materiallarning qiymati 
1090 
9210 

Ta’sischilardan ularning ulushi hisobidan turli xil 
materiallarning kelib tushishi 
1010-1090 
4610 

Ajratilgan bo‘linmalar, sho‘‘ba va qaram xo‘jalik 
jamiyatlaridan materiallarning kelib tushishi 
1010-1090 
6110, 6120 

Boshqa 
shaxslardan 
materiallarning 
tekinga 
olinishi 
1010-1090 
8530 

Materiallar kirim qilingandan keyin aniqlangan 
yaroqsizlik 
(defekt) 
bo‘yicha 
mol 
etkazib 
beruvchiga bildirilgan da’vo 
4860 
1010-1090 

Transport-tayyorlov 
xarajatlarining 
materiallar 
tannarxiga kiritilishi 
1010-1090 
1510 

YAroqsiz 
mahsulotdan 
qolgan 
materiallarning 
kirim qilinishi 
1090 
2610 

Materiallarning haqiqiy tannarxi bo‘yicha kirim 
qilinishi (1500 schyot qo‘llanilganda) 
1010-1090 
1510 
10 
O‘zida ishlab chiqarilgan materiallarning kirim 
qilinishi 
1010-1090 
2310 
11 
To‘lovi 
inkor 
etilgan 
oldin
bildirilgan 
da’vo 
summasining hisobdan chiqarilishi 
1010-1090 
4860 
12 
Asosiy, 
yordamchi 
ishlab
chiqarish, 
xizmat ko‘rsatuvchi
xo‘jaliklarga 
materiallarning 
chiqarilishi 
2010, 2310, 
2510, 2710 
1010-1090 
13 
Ma’muriy ehtiyojlar 
uchun
materiallarning 
berilishi 
9420 
1010-1090 
14 
YAroqsiz mahsulotni 
tuzatish 
uchun 
materiallarning sarflanishi 
2610 
1010-1090 
15 
Mahsulotlarni sotish uchun idishlarning sarflanishi 
9410 
1060 
16 
CHetga 
chiqib 
ketayotgan
materiallarning 
qiymatini hisobdan chiqarish 
9220 
1010-1090 


17 
Tabiiy ofat natijasida yo‘qotilgan materiallarning 
hisobdan chiqarilishi 
9720 
1010-1090 
18 
Inventarizatsiya 
natijasida
materiallarning 
kamomadi aniqlandi 
5910 
1010-1090 
19 
Tog‘-kon tayyorgarlik 
ishlarida
foydalanilgan 
qurilish materiallarining hisobdan chiqarilishi 
9440 
1050 
FIFO yoki AVEKO usulida baholash qo‘llanilganda material qiymatliklar haqiqiy tannarx 
bo‘yicha baholanadi. Bunda 1610 «Materiallar qiymatidagi farqlar» schyoti qo‘llanilmaydi


Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin