tushishi
Tovar moddiy zaxiralarni turkumlash, baholash va ularni hisobga olishning vazifalari
Bozor munosabatlari
sharoitida xomashyolar, materiallar va yoqilg‘ilar xarajatlari
salmog‘ini kamaytirishga o‘xshagan sifat ko‘rsatkichlari hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi.
Bunga ilg‘or konstruktiv materiallardan, metall upalari va plastmassalardan,
qimmat turadigan
materiallar o‘rniga mahsulot sifatini pasaytirmaydigan, ishlab chiqarish chiqindilarini
kamaytiradigan arzon materiallardan foydalanish yo‘li bilan erishiladi.
Tabiat resurslaridan
kompleks foydalanish zarur, yo‘qotishlar va noratsional sarflarga
barham berish zarur, xo‘jalik aylanmasiga
ikkilamchi resurslarni, shuningdek yo‘l - yo‘lakay
mahsulotlarni keng jalb qilish kerak.
Ishlab chiqarish jarayonida turli material qiymatliklaridan foydalaniladi. Ularni xo‘jalik
yurituvchi subektlarda materiallardan foydalanish usuli va ishlab chiqarish jarayonida
foydalanishiga qarab turkumlarga ajratish mumkin.
Sanoat korxonalarida,
bundan tashqari, materiallar texnik xususiyatlariga qarab qora
metallar, prokat, trubalar, rangli metallar, ximikatlar va xakozalarga bo‘linadi.
Materiallar turkumi
Materiallar turkumlash tasnifi
Xom ashyo
Mahsulotning
moddiy
asosini
tashkil
etadigan
mehnat predmetlari (metall ishlab chiqarishda ruda,
tekstil sanoatida momiq paxta tolasi va x. k.)
Asosiy materiallar
Xom ashyoga ta’sir etish
uchun foydalaniladigan va
mahsulot istemoli xususiyatini berishda ishlatiladigan
buyumlardir (mashinasozlikda qora
metallar, yog‘ochsozlik sanoatida yog‘och)
Sotib olingan yarim
tayyor mahsulotlar
Ma’lum darajada ishlab chiqarish jararayonidan o‘tgan,
biroq pirovard mahsulot darajasiga etkazilmagan mahsulotlar
(stanoksozlikda
motorlar,
avtomobilsozlikda shinalar)
YOrdamchi materiallar
YAratilgan mahsulotni yaratishda mehnat vositalari va
ularning tashqi ko‘rinishini yaxshilash uchun sarflanadi
(moylash
materiallari, bo‘yoq, lak, artish
materiallari va x. k.)
CHiqindilar
Mahsulot
ishlab
chiqarishda
hosil
bo‘lgan
qo‘shimcha materiallar (qirindilar, qipiqlar, truba kesiklari va
x. k.)
Idishlar
Mahsulotlarni
o‘rash,
joylashtirish,
tashish
va
saqlashda ishlatiladigan buyumlar (yog‘och, karton va metall
idishlari)
Ehtiyot qismlar
Asosiy
vositalarning
quvvatini
oshirishda
foydalaniladigan
buyumlar
(ta’mirlash
uchun
mashina va asbob-uskunalarning ayrim detallari)
Inventar va xo‘jalik
jihozlari
Korxona
faoliyatida
ishlatiladigan
xo‘jalik
buyumlari (otvertkalar, iskana, xo‘jalik
inventarlari, maxsus
qiyimlar va x. k.).
Boshqa materiallar
YUqoridagi
guruhlarga
kirmaydigan
boshqa
materiallar (tuzatilmaydigan braklar, metallom)
Dostları ilə paylaş: