Tovar moddiy zaxiralarning harakatini rasmiylashtirish va ularning sintetik
hisobini tashkil etish
Materiallar harakatining hisobi materiallarning hisobi bo‘yicha asosiy nizom talablariga
javob beradigan va axborotlarni avtomatlashtirishga moslashgan tegishli hujjatlar bilan
rasmiylashtiriladi. YOziladigan hujjatlarning nusxalar soni va ularning hujjat aylanishi
korxonaning xarakteriga, ishlab chiqarishni tashkil etish xususiyatlariga, moddiy – texnik
ta’minotiga va hisobni tashkil etish tizimiga qarab belgilanadi. YOziladigan hujjatlarning
nusxalar soni minimal bo‘lib, EHMdan foydalanilsa bir nusxa, hisob qo‘lda yuritilsa –
ikki nusxadan oshmasligi kerak.
Odatda materiallarni omborga ekspeditor olib keladi va unga korxona rahbari va bosh
buxgalteri tomonidan imzolangan, muhrlangan (M-2-shakl va M-2a-shakl) ishonchnoma
yozib beriladi hamda (M-2b-shakl) maxsus daftarga qayd qilinadi. Materiallarni o‘z
vaqtida kelib tushishi ustidan nazoratni marketing bo‘limi olib boradi. Marketing bo‘limi
mol yuboruvchilar tomonidan shartnoma majburiyatlarining bajarilishini nazorat qilib
boradi, materiallarning sifati va kamomadi bo‘yicha da’volarni rasmiylashtiradi, agar
yuklar o‘z vaqtida kelib tushmasa ularni qidirib topadi.
Transport tashkilotlaridan yuklarni qabul qilib olishda ekspeditor idishlar, plombalar holatiga
alohida etibor berishi kerak. Agar ular shikastlangan bo‘lsa, yuklarni tekshirish va topshirishni
talab qiladi. Basharti kamomad yoki nobudgarchilik aniqlansa, transport tashkilotiga yoki mol
yuboruvchiga da’vo qilish uchun tijorat dalolatnomasi tuziladi.
Ekspeditor tomonidan materiallar omborga topshirilishda moddiy javobgar shaxs kelib
tushgan materiallarning soni, sifati va assortimentini mol yuboruvchining hujjatlarini solishtirib
ko‘radi. Haqiqiy kelib tushgan materiallarning miqdori mol yuboruvchilarning hujjatlarida
ko‘rsatilganiga to‘liq mos kelsa, moddiy javobgar shaxs tomonidan kirim orderi (M-4 shaklidagi
kirim orderi) yoziladi.
Dastlabki hujjatlar miqdorini kamaytirish maqsadida kelib tushgan materiallarni kirimga
olishda kirim orderi yozilmasdan, mol yuboruvchining hujjatlariga (nakladnoylariga) kirim
orderining asosiy rekvizitlari ko‘rsatilgan mahsus shtampa qo‘yib, uni to‘ldiradi.
Agar materiallar mol yuboruvchining omboridan avtotransport bilan markazlashgan holda
olib kelinsa, to‘rt nusxada tovar-transport nakladnoyi (M-5 - shakl va M-6- shakl) tuziladi: mol
xarid qiluvchiga – kirim orderini o‘rniga materiallarni kirimga olish uchun; mol yuboruvchiga –
material qiymatliklarini hisobdan chiqarish uchun; avtotransport xaydovchilariga ish haqi
hisoblash uchun; bankka topshirish uchun.
To‘lov hujjatlarisiz kelib tushgan materiallarni mol yuboruvchining hujjatlari bilan
solishtirgan vaqtda aniqlangan (son, sifat) tafovutlarni rasmiylashtirishda materiallarni qabul
qilish to‘g‘risida dalolatnoma (M-7-shakl) tuziladi. Dalolatnoma qabul komissiyasi tomonidan
tuzilib, unda quyidagilar qatnashishi shart: mol yuboruvchining vakili yoki betaraf tashkilotning
vakili, ombor mudiri va korxonaning ta’minot bo‘limi vakili. Komissiyani korxona rahbari
tayinlaydi. Dalolatnoma ikki nusxada tuziladi: birinchisi – kam yoki ortiqcha chiqqan materiallar
summasini schyotlarda aks ettirish uchun buxgalteriyaga topshiriladi; ikkinchisi – da’vo
rasmiylashtirish, ortiqcha chiqqan materiallar bo‘yicha qo‘shimcha to‘lov talabnomasi yuborish
to‘g‘risida mol yuboruvchilarga xabar berish uchun marketing bo‘limiga topshiriladi.
Dalolatnoma tuzilgan bo‘lsa kirim orderini tuzish shart emas. Kirim orderlari materiallar kelib
tushgan kuni tuziladi.
Ombordan omborga materiallarni topshirishda yoki foydalanilmay qolgan materiallarni
yoki ishlab chiqarishning qimmatli chiqindilarini, yaroqsiz mahsulot chiqindilarini, asosiy
vositalar, inventar va xo‘jalik jihozlarini tugatishdan olingan material qiymatliklarini sexlar
tomonidan omborga topshirishda nakladnoy- talabnomalar (M-11-shakl) tuziladi. Materiallarni
topshiruvchi moddiy javobgar shaxslar nakladnoylarni ikki nusxada tuzadi: bittasi - materiallarni
hisobdan chiqarish uchun sexga beriladi, ikkinchisi – materiallarni qabul qilib olish uchun
omborchiga beriladi.
Materiallarni ishlab chiqarishga jo‘natish, xo‘jalik extiyojiga ishlatish, xo‘jalik faoliyatida
ishlatilmaydigan ortiqcha materiallarni chetga sotish muomalalari limit-zabor kartalar, to‘lov
nakladnoylari bilan rasmiylashtiriladi.
Limit-zabor kartasi (M-8-shakl va M-9-shakl) marketing bo‘limi tomonidan ma’lum bir
ishlab chiqarish xarajatlari kodi (buyurtmasi)ga o‘tkaziladigan bir yoki bir necha materiallar
turlari bo‘yicha yoziladi. Sex tomonidan ishlab chiqarish dasturini bajarish uchun zarur
bo‘ladigan materiallarning hajmi va turlari korxonaning reja-ishlab chiqarish bo‘limi tomonidan
hisoblab chiqiladi. Materiallarni sarflash va jo‘natish limiti materiallarning mazkur turi bo‘yicha
sex omborida oy boshiga qolgan qoldiq miqdoriga kamaytiriladi.
Limit - zabor karta ikki nusxada yozilib, bittasi sexga, ikkinchisi omborga beriladi.
Materiallarni ombordan jo‘natishda omborchi sexning limit-zabor kartasiga, material oluvchi
ombordagi limit-zabor kartaga imzo qo‘yadi. Ikkala limit-zabor kartasida har gal materiallar
olingandan so‘ng foydalanilmagan limit summasi chiqarib qo‘yiladi. Limitdan foydalanilganda
oy oxirida limit-zabor kartalar korxona buxgalteriyasiga topshiriladi. Ularga asosan materiallarni
ishlab chiqarishga sarflash hisobi rasmiylashtiriladi va belgilangan limitga rioya qilish ustidan
nazorat qilinadi.
Limit - zabor kartasiga binoan ishlab chiqarishda foydalanilmagan materiallar hisobi ham
yuritiladi. Bunda hech qanday qo‘shimcha hujjat tuzilmaydi. Limit - zabor kartalar sonini
kamaytirish maqsadida oylik qirqib olinadigan talonlari bo‘lgan choraklik limit-zabor
kartalaridan ham foydalanish mumkin. Agar limit- zabor kartalar materiallar doim uzluksiz
jo‘natiladigan hollarda foydalanilsa, xo‘jalik va boshqa extiyojlari uchun bir yo‘la materiallar
jo‘natilganda M-10 shakldagi akt-talabnoma qo‘llaniladi. Akt-talabnoma materiallarni istemol
qiluvchi bo‘limlar tomonidan ikki nusxada yozilib, bittasi omborchining imzosi qo‘yilib,
material oluvchiga beriladi, ikkinchisi mol oluvchining imzosi qo‘yilib omborchida qoladi.
Ishlab chiqarishga barcha limitdan ortiqcha jo‘natiladigan materiallar uchun yoki
materiallarni almashtirish uchun sababini va ortiqcha sarf aybdorlari kodini ko‘rsatib maxsus
talabnoma yoziladi. Bunday hollarda materiallar ombordan korxona direktori, bosh muhandisi,
yoki ular tomonidan tayinlangan shaxslarning ruxsati bilan jo‘natiladi.
Materiallar chetga yoki korxona hududidan tashqarida joylashgan o‘zining xo‘jaliklari
uchun jo‘natilganda nakladnoylar (M-11-shakl) qo‘llaniladi. Ular ta’minot bo‘limi tomonidan
naryadlar va shartnomalarga asosan uch nusxada yoziladi. Materiallar chetga avtotransportda
jo‘natilsa, tovar – transport nakladnoyi yoziladi.
Materiallarning tayinlanishi va ishlab chiqarish jarayonida foydalanishini turkumlash
korxona buxgalteriyasi tomonidan ularning sintetik hisobini to‘g‘ri tashkil etish uchun muhim
ahamiyat kasb etadi. Materiallarning har bir guruhi tegishli schyotlarda hisobga olinadi. Bu
1000- «Materiallar» sintetik schyot bo‘yicha ochilgan ikkinchi tartibli schyotlarda ularning
analitik hisob ma’lumotlari bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar hisobga olinadi.
«Mas’ul saqlashga qabul qilingan tovar-moddiy qiymatliklar» - 002, «Qayta ishlovga qabul
qilingan materiallar» esa – 003 balansdan tashqari schyotlarda hisobga olinadi.
Material qiymatliklar pul o‘lchovida hisobga olinib, 19-sonli BHMSga
muvofiq saqlash joylari bo‘yicha davriy inventarizatsiya o‘tkaziladi. Materiallarning qoldig‘i va
kirimi schyotning debetida haqiqiy tannarx summasida, sarflanishi – FIFO va AVEKO usullarida
haqiqiy tannarx summasida aks ettiriladi. Material qiymatliklar hisobdor shaxslardan, o‘zining
ehtiyoji uchun yordamchi ishlab chiqarishlardan tushishi mumkin. Bundan tashqari, sexlar
tomonidan tejalgan xomashyo, materiallar, ishlab chiqarish chiqindilari, yaroqsiz mahsulotdan,
asosiy vositalarni hisobdan chiqarishdan olingan materiallar omborga qabul qilinadi.
Materiallarning sarflanishi bo‘yicha tuzilgan barcha dastlabki hujjatlar sintetik schyotlar,
foydalanish joylari va xarajatlarning yo‘nalishlari bo‘yicha guruhlanadi. Materiallar harakatining
hisobi oy davomida yagona hisob bahosida yuritiladi, oy tugagach foizi va transport-tayyorlov
xarajatlari yoki farqi hisoblab chiqilgandan so‘ng haqiqiy tannarxda hisobga olinadi. SHunday
qilib, qabul qilingan materiallarning haqiqiy tannarxini tashkil etuvchi ma’lumotlar buxgalteriya
hisobining turli jurnal-orderlarida (1, 3, 6, 7, 10/1, 13) aks ettiriladi, bosh daftarda esa jamlanadi.
Foydalanilgan va chetga jo‘natilgan materiallarning haqiqiy tannarxi 10 va 10/1 jurnal-
orderlarida va bosh daftarda aks ettiriladi.
Materiallar harakati hisobini boshqa variantini qo‘llasa ham bo‘ladi. Bunda materiallarni
sotib olish va tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar 1510
- «Materiallar tayyorlash va sotib olish» schyotida hisobga olinadi. Bu schyotning debetida
materiallarni sotib olish qiymati, tayyorlash va materiallarni korxonaga etkazib kelish xarajatlari
D-t 1510, K-t 2310, 6010, 4200, 4800 schyotlarda hisobga olinadi.. Haqiqiy qabul qilingan
materiallarning hisob qiymatiga D-t 1000 schyotning tegishli schyoti, K-t 1510 schyot. Bunda
sotib olingan va tayyorlangan materiallarning haqiqiy tannarxi bilan qabul qilingan
materiallarning hisob bahosi (reja, shartnoma tannarxi, o‘rtacha sotib olish qiymati va b.)
orasidagi farqi 1610 -
«Materiallar qiymatidagi farqlar» schyotida hisobga olinadi. 1610 - schyotning debetida
yig‘ilgan farqlar summasi belgilangan tartibda ishlab chiqarish schyotlarining debetiga hisob
bahosida yozilgan materiallar qiymatiga mutanosib o‘tkaziladi. Bunda quyidagicha buxgalteriya
yozuvi amalga oshiriladi: D-t 2010,2310,2510 schyotlar, K-t 1610 schyot.
Materiallar qabul qilinganda va ularni sotib olish bo‘yicha xarajatlar sodir bo‘lganda
buxgalteriya hisobida tegishli yozuvi bilan rasmiylashtiriladi.
Korxonaga tegishli bo‘lgan xom-ashyo, materiallar, yoqilg‘i, ehtiyot qismlar, butlovchi
buyumlar, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar, konstruksiyalar, detallar, idishbob materiallar,
inventarlar, xo‘jalik jihozlari va sh.k. qiymatliklarning mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi
axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
1010 "Xom-ashyo va materiallar";
1020 "Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar"; 1030
"YOqilg‘ilar";
1040 "Ehtiyot qismlar";
1050 "Qurilish materiallari";
1060 "Idish va idishbob materiallar";
1070 "CHetga qayta ishlash uchun berilgan materiallar"; 1080
"Inventar va xo‘jalik jihozlari";
1090 "Boshqa materiallar".
1010 "Xom ashyo va materiallar" schyotida quyidagilarning mavjudligi va harakati
hisobga olinadi:
a)
ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tarkibiga kiradigan, uning asosini tashkil etadigan
yoki uni tayyorlashda (ishlab chiqarishda) zarur tarkibiy qismlar hisoblaniladigan xom-ashyo va
asosiy materiallar;
b)
mahsulot ishlab chiqarishda yoki xo‘jalik ehtiyojlari uchun sarflanadigan, texnik
maqsadlar va ishlab chiqarish jarayoniga yordamlashishda ishtirok etadigan yordamchi
materiallar;
v) qayta ishlash uchun tayyorlangan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va h.k.;
g) em-xashak va to‘shamalar. O‘zida ishlab chiqarilgan em-xashak va to‘shamalar yil
oxirida haqiqiy tannarxiga to‘g‘rilash bilan yil davomida reja tannarxi bo‘yicha aks ettiriladi.
1020 "Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar" schyotida yig‘ishda va
qayta ishlov berishda xarajat talab qiladigan ishlab chiqarilayotgan (qurilish) mahsulotni butlash
uchun ishlab chiqarish kooperatsiyasi tartibida xarid qilingan, sotib olingan yarim tayyor
mahsulotlar, tayyor butlovchi buyumlar, qurilish detallari va konstruksiyalarining mavjudligi va
harakati hisobga olinadi.
Ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik tashkilotlari tomonidan ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik
mavzulari bo‘yicha ilmiy va eksperimental ishlarni o‘tkazish uchun chetdan sotib olinadigan
butlovchi buyumlarni, maxsus uskunalarni, asboblarni, moslamalarni va boshqa qiymatliklarni
1020 "Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar" schyotida hisobga olinadi.
1030 "YOqilg‘ilar" schyotida neft mahsulotlari, yoqilg‘i-moylash materiallari (YOMM)
(neft, benzin, kerosin, dizel yoqilg‘isi, yog‘ va hokazolar), qattiq yoqilg‘i (ko‘mir, o‘tin va
hokazolar) va gazsimon yoqilg‘i (gaz, gazolin) shuningdek, ishlab chiqarish chiqindilari va qattiq
yoqilg‘i sifatida ishlatiladigan ikkilamchi material qiymatliklarning mavjudligi va harakati
hisobga olinadi. YOqilg‘i-moylash materiallari (YOMM) uchun talonlardan foydalanilganda
ham ularning hisobi 1030 "YOqilg‘ilar" schyotida yuritiladi.
1040 "Ehtiyot qismlar" schyotida mashina, uskuna, transport vositalari va boshqalarni
ta’mirlash va eskirgan qismini almashtirish uchun mo‘ljallangan asosiy faoliyat uchun xarid
qilingan yoki tayyorlangan, ehtiyot qismlarning mavjudligi va harakati, hamda zahiradagi
avtomobil shinalari hisobga olinadi. SHu erda ta’mirlash zavodlarida va texnik servis punktlarida
korxonaning ta’mirlash bo‘limlarida qilingan (yaratilgan) agregatlar, dvigatellar, uskunalar,
to‘liq komplektli mashinalarning almashish fondi harakati ham hisobga olinadi.
1050 "Qurilish materiallari" schyotida qurilish konstruksiyalari va detallari, bino va
inshootlarning qismlari, konstruksiya va detallarini qurish va pardoz qilish, qurilish detallarini
tayyorlash qurilish va montaj ishlarida ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun ishlatiladigan
shuningdek, boshqa ehtiyojlar uchun chetdan sotib olingan va o‘zida ishlab chiqilgan qurilish
materiallarining mavjudligi va harakati hisobga olinadi.
1060 "Idish va idishbob materiallar" schyotida idishlarning barcha turlari (xo‘jalik inventari
sifatida foydalaniladigan idishlardan tashqari) shuningdek, idishlar tayyorlash va ta’mirlash
uchun mo‘ljallangan materiallar va detallar (yashiklarni yig‘ish uchun detallar, bochka taxtasi,
temir gardish va boshqalar)ning mavjudligi va harakati yuritiladi. YUklanadigan mahsulotlarning
butligi va saqlanishini ta’minlash maqsadida vagonlar, barjalar, samolyotlar, kemalarni
qo‘shimcha jihozlash uchun mo‘ljallangan buyumlar 1010 "Xom ashyo va materiallar" schyotida
hisobga olinadi.
1070 "CHetga qayta ishlash uchun berilgan materiallar" schyotida chetga qayta ishlash
uchun berilgan materiallarning mavjudligi va harakati hisobga olinadi. Bunda materiallarga qayta
ishlov berish bilan bog‘liq chetdagi korxonalarga to‘langan xarajatlar bevosita qayta ishlashdan
olingan buyumlarni hisobga oluvchi schyotlarning debetiga olib boriladi.
1080 "Inventar va xo‘jalik jihozlari" schyotida korxonaning aylanma mablag‘lari tarkibiga
kiradigan inventarlar, asboblar, xo‘jalik jihozlari va boshqa mehnat vositalarining (kam baholi va
tez eskiruvchi buyumlar) mavjudligi va harakati hisobga olinadi.
Ushbu schyotda quyidagi mezonlardan biriga javob beradigan mulk hisobga olinadi:
a)
xizmat qilish muddati bir yildan ortiq bo‘lmagan;
b)
xizmat qilish muddatidan qat’i nazar bir birligi (komplekti)ning qiymati (sotib olish
vaqtida) O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqi miqdorining ellik
barobarigacha bo‘lgan buyumlar. Rahbar hisobot yilida buyumlarning inventar va xo‘jalik
jihozlari tarkibida hisobga olinishi uchun qiymatining past chegarasini belgilash huquqiga ega.
Xizmat qilish muddati va qiymatidan qat’i nazar inventar va xo‘jalik jihozlari tarkibiga
quyidagilar kiritiladi:
a)
maxsus asboblar va moslamalar (alohida buyurtmani tayyorlash uchun yoki ma’lum bir
turdagi buyumlarni seriyali va ommaviy ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan maqsadli asboblar
va moslamalar);
b)
maxsus va sanitar buyumlar, maxsus poyafzal;
v) yotoq jihozlari;
g) kanselyariya jihozlari (kalkulyatorlar, stol jihozlari va h.k.);
d)
oshxona va ovqatlanish xonasi jihozlari shuningdek, ovqatlanish xonasi choyshablari;
e)
xarajatlari, ularni qurish, qurilish-montaj ishlari tannarxiga olib boriladigan vaqtinchalik
(titulsiz inshootlar) qurilma va moslamalar;
j) foydalanish muddati bir yildan kam bo‘lgan almashtiriladigan uskunalar;
z) ov qurollari (ko‘kan, qopqon, to‘rlar va h.k.).
Korxonalar mustaqil ravishda inventarlar, asboblar va xo‘jalik jihozlarni hisobga oluvchi
schyotlarni ularning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatidagi o‘rni va roliga qarab ochishlari mumkin.
Ularning qiymati foydalanishga berilgan vaqtda ishlab chiqarish yoki davr xarajatlariga to‘liq
qo‘shiladi. Foydalanishdagi inventar va xo‘jalik jihozlarining saqlanishini ta’minlash maqsadida
keyinchalik ularning hisobi balansdan tashqari 014 "Foydalanishdagi inventar va xo‘jalik
jihozlari" schyotida sex, ombor va alohida foydalanuvchilar bo‘yicha yuritiladi.
Inventar va xo‘jalik jihozlari keyinchalik foydalanishga yaroqsiz xolga kelgan hollarda
ularni balansdan tashqari schyotdan hisobdan chiqarish belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan
hisobdan chiqarish dalolatnomasiga asosan amalga oshiriladi.
1090 "Boshqa materiallar" schyotida yuqorida keltirilgan schyotlarda nazarda tutilmagan
materiallarning mavjudligi va harakati hisobga olinadi. Bu erda ishlab chiqarish chiqindilari
(qirqimlar, qirindi va sh.k.); tuzatib bo‘lmaydigan yaroqsiz mahsulotlar; asosiy vositalarning
chiqib ketishidan olingan moddiy qiymatliklar (metallolom, yaroqsiz xom ashyo, eskirgan
shinalar, kameralar, yaroqsiz rezina, ishlatilgan moy, nigrol va h.k.) hisobga olinadi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalari urug‘liklar, ekish materiallari, (sotib olingan va o‘zida ishlab
chiqarilgan) kompostlar, mineral o‘g‘itlar, qishloq xo‘jalik ekinlari zararkunandalariga qarshi
kurashda ishlatiladigan, biologik preparatlar, zaharli kimyoviy moddalar, dorilar hamda
kimyoviy moddalarni (o‘simlikchilikda, chorvachilikda va yordamchi xo‘jalikda) hisobga olish
va boshqalar uchun qo‘shimcha schyotlarni ochishlari mumkin.
Materiallarning kelib tushishi 1510 "Materiallarni tayyorlash va xarid qilish" va 1610
"Materiallar qiymatidagi farqlar" schyotlaridan foydalanilgan holda (agar bu korxonaning hisob
siyosatida belgilangan bo‘lsa) yoki ushbu schyotlardan foydalanilmagan holda aks ettirilishi
mumkin.
Materiallarni ishlab chiqarishga yoki boshqa xo‘jalik maqsadlariga haqiqatda sarflanishi
(1000) materiallarni hisobga oluvchi schyotlarning kreditida xarajatlarni hisobga oluvchi
schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
Materiallarni chetga sotish (1000) materiallarni hisobga oluvchi schyotlarning krediti va
9220 "Boshqa aktivlarning chiqib ketishi" schyotining debetida aks ettiriladi.
Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000)ning analitik hisobi saqlanish joylari va
ularning alohida nomlari (turlari, navlari, hajmlari va boshqalar) bo‘yicha yuritiladi.
Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000)ning bog‘lanishi (4.1.jadval)
4.1.jadval
Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000)ning bog‘lanishi
T/
Xo‘jalik muomalalarining mazmuni
Schyotlarning
bog‘lanishi
r
Debet
Kredit
1
Mol etkazib beruvchilardan materiallar olindi
1010-1090
6010
2
Asosiy vositalarni tugatish natijasida kelib tushgan
materiallarning qiymati
1090
9210
3
Ta’sischilardan ularning ulushi hisobidan turli xil
materiallarning kelib tushishi
1010-1090
4610
4
Ajratilgan bo‘linmalar, sho‘‘ba va qaram xo‘jalik
jamiyatlaridan materiallarning kelib tushishi
1010-1090
6110, 6120
5
Boshqa
shaxslardan
materiallarning
tekinga
olinishi
1010-1090
8530
6
Materiallar kirim qilingandan keyin aniqlangan
yaroqsizlik
(defekt)
bo‘yicha
mol
etkazib
beruvchiga bildirilgan da’vo
4860
1010-1090
7
Transport-tayyorlov
xarajatlarining
materiallar
tannarxiga kiritilishi
1010-1090
1510
8
YAroqsiz
mahsulotdan
qolgan
materiallarning
kirim qilinishi
1090
2610
9
Materiallarning haqiqiy tannarxi bo‘yicha kirim
qilinishi (1500 schyot qo‘llanilganda)
1010-1090
1510
10
O‘zida ishlab chiqarilgan materiallarning kirim
qilinishi
1010-1090
2310
11
To‘lovi
inkor
etilgan
oldin
bildirilgan
da’vo
summasining hisobdan chiqarilishi
1010-1090
4860
12
Asosiy,
yordamchi
ishlab
chiqarish,
xizmat ko‘rsatuvchi
xo‘jaliklarga
materiallarning
chiqarilishi
2010, 2310,
2510, 2710
1010-1090
13
Ma’muriy ehtiyojlar
uchun
materiallarning
berilishi
9420
1010-1090
14
YAroqsiz mahsulotni
tuzatish
uchun
materiallarning sarflanishi
2610
1010-1090
15
Mahsulotlarni sotish uchun idishlarning sarflanishi
9410
1060
16
CHetga
chiqib
ketayotgan
materiallarning
qiymatini hisobdan chiqarish
9220
1010-1090
17
Tabiiy ofat natijasida yo‘qotilgan materiallarning
hisobdan chiqarilishi
9720
1010-1090
18
Inventarizatsiya
natijasida
materiallarning
kamomadi aniqlandi
5910
1010-1090
19
Tog‘-kon tayyorgarlik
ishlarida
foydalanilgan
qurilish materiallarining hisobdan chiqarilishi
9440
1050
FIFO yoki AVEKO usulida baholash qo‘llanilganda material qiymatliklar haqiqiy tannarx
bo‘yicha baholanadi. Bunda 1610 «Materiallar qiymatidagi farqlar» schyoti qo‘llanilmaydi
.
Dostları ilə paylaş: |