ijtimoiy-siyosiy tashkilot, ijodiy uyushma, jamoatchilik ishiga qanchalik
loyiqligi ta’kidlanadi. Tavsiyanoma shaxsning taklif etilayotgan lavozim,
vazifa, ish yoki a’zolikni bajara olishligiga ishonch bildirish va uning
nomzodini tavsiya etish bilan yakunlanadi.
Tavsiyanomaning zaruriy qismlari:
Hujjat nomi - tavsiyanoma.
Tavsiyanoma berilayotgan shaxs haqida matn
(shu shaxsni qachondan bilishi, ish joyi, lavozimi
uning o`z ishini qay darajada bajarishi, erishgan
yutuqlari, ishchanligi, atrofdagilarga munosabati,
jamoatchiligi, ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy saviyasi,
axloqiy sifatlari, obro`-e’tibori, oilaviy ahvoli,
yangi lavozim, vazifa, o`rin, ish yoki a’zolikka qay
darajada mos ekanligi va unga bildirilgan ishonch
hamda tavsiya).
Tavsiyanoma beruvchilarning ish joyi lavozimi,
imzolari, familiyalari,berilgan sana va muhr.
Guliston davlat universiteti
filologiya fakulteti o`zbek
tili yo`nalishi bitiruvchisi
Mansurova Malika Askarovnaga
TAVSIYANOMA
Mansurova Malika filologiya fakultetiga o`qishga kirgan paytdan (2003-yl) boshlab
tirishqoq, qiziquvchan, intiluvchan, jamoatchi talaba sifatida tanildi. Men Mansurova
Malika Askarovnani fakultet talabalar kasaba uyushmasi byurosi hamda “Kamolot” YIH
universitet tashkiloti faollaridan biri sifatida 2004-yildan beri bilaman. U fakultet
“Kamolot” YIH tashkiloti, murabbiylar kengashi, guruh rahbari, fakultet xotin-qizlar
kengashi, fakultet ma’muriyati, o`zi tanlanma fanlar tinglaydigan amaliy tilshunoslik,
o`zbek tili va adabiyoti o`qitish metodikasi kafedrasi professor-o`qituvchilari, ilmiy rahbari
tomonidan beriladigan topshiriqlarni o`z vaqtida bajarib keladi. U har yili universitet
talabalarining an’anaviy anjumanida iqtidorli talabalar qatorida o`zbek tilshunosligining
dolzarb mavzulari bo`yicha ma’ruzalar qilib kelmoqda. Shuningdek, xabar va lavhalari
bilan shahar, viloyat va respublika vaqtli matbuoti sahifalarida ham qatnashib turadi. Hozir
u professor I.K.Mirzayev rahbarligida “Alisher Navoiy ijodining o`rta umumta’lim
maktablarida o`rganilishi” mavzusida malakaviy-bitiruv ishi yozmoqda. O`tgan shu qisqa
davr ichida u o`zining ilmiy kuzatishlar olib borishga layoqatli ekanligini ko`rsatdi. Men
yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, bitiruvchi Mansurova Malika Askarovna- ning
o`z ixtisosligi bo`yicha o`qishini muvaffaqiyatli davom ettira olishiga ishinch bildiraman
hamda uning nomzodini magistraturada o`qishga tavsiya etaman.
Fakultet “Kamolot” YIH tashkiloti
yetakchisi: imzo
MARDONOV B.M.
2007.16.05.
Xulosa
__________________________________
__________________________________
__________________________________
__________________________________
__________________________________
__________________________________
__________________________________
__________________________________
__________________________________
Dostları ilə paylaş: |