Mustaqil ish angren universiteti


ijtimoiy-siyosiy tashkilot, ijodiy uyushma, jamoatchilik ishiga qanchalik



Yüklə 383,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/5
tarix21.08.2023
ölçüsü383,59 Kb.
#140075
1   2   3   4   5
TAVSIFNOMA

ijtimoiy-siyosiy tashkilot, ijodiy uyushma, jamoatchilik ishiga qanchalik 
loyiqligi ta’kidlanadi. Tavsiyanoma shaxsning taklif etilayotgan lavozim, 
vazifa, ish yoki a’zolikni bajara olishligiga ishonch bildirish va uning 
nomzodini tavsiya etish bilan yakunlanadi.



 
 
Tavsiyanomaning zaruriy qismlari: 
Hujjat nomi - tavsiyanoma. 
Tavsiyanoma berilayotgan shaxs haqida matn 
(shu shaxsni qachondan bilishi, ish joyi, lavozimi 
uning o`z ishini qay darajada bajarishi, erishgan 
yutuqlari, ishchanligi, atrofdagilarga munosabati, 
jamoatchiligi, ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy saviyasi, 
axloqiy sifatlari, obro`-e’tibori, oilaviy ahvoli, 
yangi lavozim, vazifa, o`rin, ish yoki a’zolikka qay 
darajada mos ekanligi va unga bildirilgan ishonch 
hamda tavsiya).
Tavsiyanoma beruvchilarning ish joyi lavozimi, 
imzolari, familiyalari,berilgan sana va muhr. 



Guliston davlat universiteti 
filologiya fakulteti o`zbek 
tili yo`nalishi bitiruvchisi 
Mansurova Malika Askarovnaga
TAVSIYANOMA
Mansurova Malika filologiya fakultetiga o`qishga kirgan paytdan (2003-yl) boshlab 
tirishqoq, qiziquvchan, intiluvchan, jamoatchi talaba sifatida tanildi. Men Mansurova 
Malika Askarovnani fakultet talabalar kasaba uyushmasi byurosi hamda “Kamolot” YIH 
universitet tashkiloti faollaridan biri sifatida 2004-yildan beri bilaman. U fakultet 
“Kamolot” YIH tashkiloti, murabbiylar kengashi, guruh rahbari, fakultet xotin-qizlar 
kengashi, fakultet ma’muriyati, o`zi tanlanma fanlar tinglaydigan amaliy tilshunoslik, 
o`zbek tili va adabiyoti o`qitish metodikasi kafedrasi professor-o`qituvchilari, ilmiy rahbari 
tomonidan beriladigan topshiriqlarni o`z vaqtida bajarib keladi. U har yili universitet 
talabalarining an’anaviy anjumanida iqtidorli talabalar qatorida o`zbek tilshunosligining 
dolzarb mavzulari bo`yicha ma’ruzalar qilib kelmoqda. Shuningdek, xabar va lavhalari 
bilan shahar, viloyat va respublika vaqtli matbuoti sahifalarida ham qatnashib turadi. Hozir 
u professor I.K.Mirzayev rahbarligida “Alisher Navoiy ijodining o`rta umumta’lim 
maktablarida o`rganilishi” mavzusida malakaviy-bitiruv ishi yozmoqda. O`tgan shu qisqa 
davr ichida u o`zining ilmiy kuzatishlar olib borishga layoqatli ekanligini ko`rsatdi. Men 
yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, bitiruvchi Mansurova Malika Askarovna- ning 
o`z ixtisosligi bo`yicha o`qishini muvaffaqiyatli davom ettira olishiga ishinch bildiraman 
hamda uning nomzodini magistraturada o`qishga tavsiya etaman. 
Fakultet “Kamolot” YIH tashkiloti 
yetakchisi: imzo
MARDONOV B.M.
2007.16.05.


Xulosa 

__________________________________
__________________________________
__________________________________
__________________________________
__________________________________
__________________________________
__________________________________
__________________________________
__________________________________ 

Yüklə 383,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin