hayoti yoki ish faoliyati haqida ma’lumotlar keltirilsa, keyingi qismda uning shaxsiy tavsifi, lavozimiga munosabati, mahorati, ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy saviyasi, ijodkorligi, jamoatchiligi, tashkilotchilik qobiliyati, xulq-atvori, oilaviy ahvoli, taqdirlanishlari haqidagi ma’lumotlar aks ettiriladi. So`nggi qismda esa bayon etilganlardan xulosa qilinib, tavsifnomaning berilishidan ko`zda tutilgan maqsad yoritiladi.
Tavsifnomalar uchun umumiy zaruriy qismlari: · Tavsifnoma berilayotgan shaxs haqidagi asosiy ma’lumotlar: - Ismi,otasining ismi va familiyasi - lavozimi; - tug`ilgan yili; - millati; - ma’lumoti; - ilmiy darajasi va unvoni - Hujjat nomi - tavsifnoma. - Matn (o`quvchi, talaba yoki xodimning o`qish, ish faoliyati, muhim sanalari, alohida yutuqlari, ishchanligi, ijodkorligi, tashabbuskorligi, jonkuyarligi, g`amxo`rligi, jamoatchiligi, ma’naviy- ma’rifiy, siyosiy saviyasi, axloqiy fazilatlari, rag`batlantirilganliklari, oilaviy ahvoli va boshqalar). · Tavsifnoma yuborilayotgan joy nomi. · Tasdiqlovchi rahbarlarning lavozimlari, imzolari, familiyalari. · Tavsifnoma yozilgan sana va muhr.
Guliston davlat universiteti devonxonasi ish yurituvchisi 1980-yilda tug`ilgan “Kamolot “ YIH azosi o`zbek, oliy ma`lumotli Jalilova Aziza Bahodir qiziga