Mustaqil ish Bajardi: Shoturdiyev Mirjalol va Eshmurzayev Asilbek



Yüklə 10,47 Kb.
səhifə3/3
tarix22.12.2023
ölçüsü10,47 Kb.
#189932
1   2   3
Statistika

Statistik grafik va tahlili

  • Statistik grafiklar – bu raqamli miqdorlar va ularning nisbatini nuqta, chiziq, figura va boshqa geometrik shaklda shartli tasvirlanishidir.
  • Statistik grafiklarni tuzishda va ifodalashda quyidagi talablarga rioya qilish lozim. Statistik ko’rsatkichlarning mohiyatini, makon va zamonda o’zgarishini, shuningdek boshqa belgilarini e’tiborga olgan holda ko’ra bilish, tasavvur qilish, tushunish, mavjud qonuniyatlarni aniqlash qulay bo’lgan grafiklar yasalishi lozim.

Yuqoridagi talablarni bajarish uchun grafik tasvirda quyidagi asosiy elementlar qatnashadi: grafik obraz; grafik maydon; grafik maydon o’lchov birliklari; masshtab; shkala; grafik talqin.

  • Yuqoridagi talablarni bajarish uchun grafik tasvirda quyidagi asosiy elementlar qatnashadi: grafik obraz; grafik maydon; grafik maydon o’lchov birliklari; masshtab; shkala; grafik talqin.
  • Grafik tasvir - bu statistik ma’lumotlar ifodalanadigan nuqta, chizik va figuralar to’plamidan iborat geometrik belgilardir. Grafik maydon – grafikni hosil qiluvchi geometrik belgilar joylashtiriladigan maydondir. Grafik maydon o’z vazifasiga qarab aniq o’lchamlarga (formatga), ya’ni kattalik va tomonlar nisbatiga ega bo’ladi.

Statistik grafiklar quyidagicha tasniflanadi:

  • 1. Mazmuni yoki vazifasiga ko’ra: taqqoslovchi grafiklar; turli nisbiy
  • miqdorlar (tarkib, dinamika va h.k.) grafiklari; dinamika qatorlari grafiklari; variatsion qatorlar grafiklari; hududlar joylashuvi grafiklari (xaritalar); o’zaro bog’lanishdagi ko’rsatkichlar grafiklari va boshqalar.
  • 2. Grafik tasvirni geometrik shakliga ko’ra : nuqtali; chiziqli; yassi
  • (ustunli, lentali yoki tasmali, kvadrat, doira, sektor, figura va hokazo);
  • hajmli.
  • 3. Grafik tasvirni ifodalash usuliga ko’ra (5-rasm): diagrammalar; statistika xaritalari (xaritogramma va xaritodiagrammalar).

Statistik to’plam tarkibi ham mutlaq, ham nisbiy ko’rsatkichlar

  • Statistik to’plam tarkibi ham mutlaq, ham nisbiy ko’rsatkichlar
  • yordamida grafik shaklda ifodalanishi mumkin. Birinchi holatda nafaqat alohida qismlar o’lchamlari, balki grafik o’lchami ham statistika miqdorlari bilan belgilanadi va oxirgilarining o’zgarishiga muvofiq o’zgaradi. Ikkinchi holatda esa – butun grafik o’lchami o’zgarmaydi (chunki har qanday to’plamning barcha qismlari yig’indisi 100% ni tashkil etadi), faqat uning alohida qismlari o’lchamlari o’zgaradi. To’plam tuzilmasini tasvirlash uchun grafik shakl sifatida to’g’ri to’rtburchaklardan (ustunli va tasmali diagrammalardan, hamda doiralardan – sektorli diagrammalardan) foydalaniladi.

Xulosa

  • Statistik jadvallar deb o’rganilayotgan hodisa va voqealar to’g’risidagi ma’lumotlarni tartibli, ko’rgazmali ifodalashga aytiladi. Tashqi ko’rinishidan statistik jadval gorizontal va vertikal chiziqlarning kesishmasidan iborat bo’lgan tuzilmada ifodalanadi. Gorizontal chiziqlar qatorlar, vertikal – ustunlar deyiladi. Tuzilgan, lekin raqamlar bilan to’ldirilmagan jadvalni, statistik jadvalni maketi deyiladi.

ETIBOTINGIZ UCHUN RAHMAT


Yüklə 10,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin