Statistik jadval chuqur ma’noga ega bo’lib, ijtimoiy voqea va hodisalarni ifodalashi bo’yicha uni o’ziga xos mantiqiy gapga o’xshatish mumkin. Shuning uchun har bir statistik jadvalning egasi va kesimi mavjuddir. Har xil ko’rsatkichlar orqali ta’riflanayotgan statistik to’plam jadvalning egasi, ko’rsatkichlar esa jadvalning kesimi hisoblanadi. Jadvalning egasi,

Iqtisodiy izlanishlarda statistik jadvallarning har xil turlari qo’llaniladi. Eganing tuzilishiga qarab statistik jadvallar uch turga bo’linadi: oddiy, gruppaviy va kombinatsion.
Oddiy jadval deb o’rganilayotgan ob’ektlar va ularning ko’rsatkichlari birma-bir ro’yhat ko’rinishida yozilgan jadvalga aytiladi.
Jadval statistik ma’lumotlarni yaqqol, ixcham va umumlashtirib taqdim etish usulidir Oddiy statistik jadvalning egasida statistik kuzatishga jalb qilingan ob’ektlarning nomlari yoki ma’lumotlar tegishli davrlar yozilgan bo’ladi.
1.Jadvallar hajmi katta bo’lmasligi kerak. Murakkab to’plamlarni o’rganishda jadval hajmini kengaytirmasdan, yaxshisi ikki va undan ortiq o’zaro bog’langan jadvallar tuzish kerak. Jadvallar aniq, tushunarli va o’qishga oson ko’rinishda tuzilishi kerak.

2. Jadvalning umumiy nomi undagi ega va kesimlar mazmunini ifodalashi lozim, uni qisqartirib yozish mumkin emas.
3. Jadvalda bir-biri bilan bog’liq ko’rsatkichlar birin-ketin, soddadan murakkabga o’sib borish tartibida joylashtirilishi lozim.