Ultrabinafa nurlarining raxitga qarshi to’lqin uzunligidagi qismi organizmga
etarlicha ta‘sir etmagan taqdirda, tanada fosfor-kalsiy almashinuvi, asab sistemasi, parenximatoz organlarining ishi, qon ishlab chiqarish tartibi, oksidlanish qaytarilish jarayoni, kapillyarlarning barqarorligi xamda tananing kasalliklarga qarshi kurashish xususiyati pasayib ketadi.
Infraqizil nurlar
Infraqizil nurlar ikki guruxga bo’linadi: uzun va qisqa to’lqinli.Uzun to’lqinli 2000 dan 1500 nonometrgacha bo’lgan to’lqin uzunligidagi nurlar. QisqaTo’lqinli 1500 dan 760 nonometrgacha bo’lgan to’lqindagi nurlar. Uzun to’lqinli infraqizil nurlar amalda er atmosferasida butunlay yutiladi, shuning uchun biologik ta‘siri nuqtai-nazaridan faqat uning qisqa to’lqinli nurlari ahamiyat kasb etadi. Infraqizil nurlarning energiya kvanti katta bo’lmay, ta‘sir etayotgan muhitning atomlarini qo’zgatishga qodir emas. Nur o’tayotgan muhit doirasidagi elektronlarni boshqa muxit doirasiga o’tkaza olmaydi, biroq shu bor bo’lgan energiyaning miqdori shu muhitdagi atom va molekulalarning tezligini oshirishga etarlidir va shu sababli infraqizil nurlar isituvchi ta‘sir kuchiga ega.
The end.
Foydalanilgan adabiyotlar:
- Nuraliyeva Xafiza Otayevna ‘’Gigiena va ekologiya moduli’’. Toshkent 2021.