Ionlantiruvchi nurlanishlarning ta‘siridan yuzaga keladigan shikastlanish va uning samarasi eng avval nurlarning dozasiga va bu nurlarning organizmga ta‘sir etish samarasi yiliga 0,5 3v (50 ber yil-1) va undan ortiq dozada ta‘siri surunkaliravishda kuzatiladigan bo’lsa u holda ionlantiruvchi nurlarning surunkali ta‘sirida har qanday dozada bo’lsa ham ularning stoxastik ta‘sirini kutish mumkin.
Ionlantiruvchi nurlar ta‘siriga barcha organizmlarning sezuvchanligi bir xilda emas, shuning uchun hozirgi kungacha “kritik organlar” degan tushuncha organlarning shu xususiyatlarini ta‘riflab beradi. Eng yuqori darajadagi radiosezgir organlar qatoriga hujayrasi doimiy ravishda yangilanib turuvchi qizil suyak ko’migi, jinsiy organlar, taloqni kiritish mumkin. Radiosezgirlik bo’yicha ikkinchi o’rinda mushaklar, qalqonsimon bez, yog’ to’qimasi, jigar, buyrak, o’pka, oshqozon-ichak yo’li, ko’z gavhari turadi. Eng kam radiosezuvchanlik badan terisi, suyak to’qimasi, qo’l panjalari, barmoqlar, to’piq, tovon kabi a‘zolarga xosdir.
Quyosh katta temperaturadagi erigan modda tarzidagi olovli shar bo’lib, temperaturasi 6000 gradusdan yuqori va unda termoyadro reaksiyalari doimiy ravishda davom etadi, xamda atrofga katta miqdorda issiqlik tarqatadi. Quyosh massasidan tarqalayotgan shunday katta energiyaning 2 milliarddan bir qismigina yer sathiga etib keladi. Biroq shu miqdor energiyaning o’zi xam erda organik

hayotning paydo bo’lishi uchun etarli ekan. Xuddi shuning uchun quyosh radiatsiyasining asosiy ahamiyati shundadir. Quyosh radiatsiyasi atrofga vaqt biriligi ichida bir xilda tarqalmaydi.
O’tkazilgan tadqiqotlarda aniqlanishicha, er yuzidagi barcha jonzotlar quyosh aktivligiga ta‘sirchan degan mulohazalar ham bor. Quyosh aktivligining oshishi insonlarda uchraydigan ayrim kasalliklarni ko’payishiga va ayrim kasalliklarni esa kamayishiga sababchi bo’larkan. Masalan, quyosh aktivligini oshishi davrida gripp epidemiyasining ko’payishi va difteriya kasalining kamayishi kuzatilgan.