Nurlanishning organizmga biologik ta‘sir samarasi, nurlanish energiyasining yutilgan qiymatiga, uning ko’rinishiga, nurlanish turiga (tashqi, ichki) hamda organlarning qay darajada radiosezgirligiga bog’liqdir.
Nurlanishning organizmga biologik ta‘sir samarasi, nurlanish energiyasining yutilgan qiymatiga, uning ko’rinishiga, nurlanish turiga (tashqi, ichki) hamda organlarning qay darajada radiosezgirligiga bog’liqdir.
Ionlantiruvchi nurlanishlarni 3 guruhga bo’lish mumkin:
1. Somatik-o’tkir va surunkali nurlanish kasalligi, mahalliy jarohatlar (kuyish, katarakta)
3. Genetik-genga doir mutatsiyalar va xromosomli aberratsiyalar-bu holatlar nurlanishga uchragan shaxslarning naslida kuzatiladigan oqibatlardir.
Tirik to’qimaning nurlanishi natijasida, xuddi boshqa muhitlardagi kabi, energiya yutiladi va to’qimalarning qo’zg’alishi va nurlangan modda atomlarining ionlashuvi kuzatiladi. Odam organizmining asosiy qismini suv tashkil etganligi uchun, birinchi navbatda xujayradagi suvlar nurlarni o’ziga biriktirib oladi, oqibatda suv molekulasi ionlashib kimyoviy nuqtai-nazardan yuqori aktivlikka ega bo’lgan OH- va H+ turkumidagi ozod radikallarni hosil qiladi. Keyinchalik esa bu birikmalar zanjirli katalitik reaksiyalarga kirishadi (bu radikallar asosan hujayra oqsillarini oksidlaydi). Bu esa suvning radiolizlanish mahsulotlari orqali qiyosiy (bilvosita) ta‘siri demakdir. Ionlantiruvchi nurlarning bevosita ta‘siri oqsil molekulalarini parchalanishini yuzaga keltirib, juda ham mustahkam bo’lmagan oqsil bog’larini uzib yuborishi, oqsil radikallarini uzilib chiqishi va boshqa denaturatsion o’zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin.