Mustaqil ish Mavzu: A. Smit Klassik iqtisodiy maktab asoschisi



Yüklə 0,75 Mb.
tarix13.12.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#174883
Mustaqil ish.docxtttttttttttttttttttttttttttttt


Mustaqil ish
Mavzu: A.Smit Klassik iqtisodiy maktab asoschisi
REJA:
1-Adam Smith
2-Adam smith hayoti va ijodi
3-Adam smith ko’rinmas qo’li

Adam Smith (talaffuzi:Adam Smit tahminlarga koʻra eski yil bo'yicha 1723-yilning 5-iyunida tugʻilgan, yangi yil bo'yicha esa 16-iyunda , 1790-yilning 17-iyulida, Kirkaldida vafot etgan) – shotlandiyalik iqtisodchi, faylasuf – etik; zamonaviy iqtisodiy nazariyaning asoschilaridan biri hisoblanadi.
SMIT (Smith) Adam (1723.5.6, Kerkoldi, Shotlandiya — 1790.17.7, Edinburg) — shotlandiyalik ingliz iqtisodchisi, klassik siyosiy iqtisod maktabining taniqli vakili. Glazgo va Oksford universitetlarida oʻqigan. Glazgo untida professor (1751—1763). 1778-yilda Edinburgda bojxona komissari, 1787-yilda Glazgo universiteti rektori. Uning1759-yilda bosilib chiqqan "Axloqiy hissiyotlar nazariyasi" kitobi axloq, xulq qoidalariga bagʻishlangan. 1776-yilda eng asosiy iqtisodiy asari "Xalqlar boyligining tabiati va sabablari toʻgʻrisida tadqiqot"ni nashr etdi.Ushu bu Asar 5- kitobdan iborat. Asarda oʻsha davrdagi mavjud boʻlgan jami iqtisodiy qarashlar yagona tartibga keltirildi, siyosiy iqtisod fani iqtisodiy bilimlar tizimiga aylandi. Smit fikricha, har bir odam xoʻjalik faoliyatida dastlab oʻz shaxsiy manfaad (foyda, ish haqi, renta)ga ega boʻlib, ular oʻrtasida hech qanday qaramaqarshilik yoʻq deb izoxlanadi. Smit qiymatning mehnat nazariyasini yanada rivojlantirib jamiyat (xalq) boyligi i.ch. jarayonidagina mehnat tufayli paydo boʻladi, iqtisodiy rivojlanish (progress)ning muhim omili mehnat taqsimotidir, degan xulosaga keladi.tini koʻzda tutadi, ammo bu holatda ham koʻp holatlardagi kabi, "koʻrinmas qoʻl" uni boshqa maqsad sari yoʻnaltiradi. "Koʻrinmas qoʻl" — bu obyektiv iqtisodiy qonunlarning stixiyali harakati. Smit foyda (manfaat) ketidan quvish va raqobatni butun jamiyatga naf keltiruvchi faoliyat deb qaraydi. Smit qarashlarida kapitalist ham jamiyat tabiiy tuzumiga; jamiyat 3 sinfga: kapitalist, ishchi va yer egalariga ajratiladi. Har bir sinf i.ch. omillari (kapital, mehnat, yer) va daroma
Smit nuqtai nazariga koʻra, xalqlarning boyligi jamiyatda unumli mehnat bilan band boʻlgan aholi hissasi va mehnat unumdorligi darajasi bilan belgilanadi. Smit daromad va ish haqi masalalarini chuqur tadqiq etadi. Har bir sinf oʻzining asosiy daromadini: ishchilar ish haqi, kapitalistlar foyda, yer egalari esa renta oladilar. Smit ish haqi tirikchilik minimumidan ancha ortiq boʻlishi, bolalar hayoti va tarbiyasiga oid harajatlar ham hisobga olinishi, ish haqi milliy boylik oʻsishiga bevosita bog'liq boʻlishi kerak degan fikrni olgʻa suradi. U fanga asosiy (S) va aylanma kapital (V) tushunchalarini kiritgan. Smit iqtisodiyotda davlatning oʻrni masalasiga katta eʼtibor beradi. U xalqaro erkin tashqi savdo eksport va import harajatlari afzalligi tufayli amalga oshadi deb hisoblagan ("mutlaq afzallik tamoyili").

SMITning taʼlimoti keyingi iqtisodiy tafakkur rivojiga katta taʼsir koʻrsatdi (asosiy asari olim hayotligi davrida 5 marta qayta nashr etilgan). Smitning ilmiy gʻoyalari klassik siyosiy iqtisodning asosini tashkil etadi (qarang Klassik siyosiy iqtisod maktablari).

Adam Smith 1723-yil iyun oyida tugʻilgan (aniq tugʻilgan kuni aniq emas) va 5-iyun Kerkkoldi shahrining Fayf okrugida choʻqintirilgan,uning otasi bojxona hodimi boʻlib ishlagan.Adamning otasi uning tugʻilishiga 6 oy qolganda olamdan oʻtgan.4 yoshligida siganlar tomonidan oʻgʻirlanib ketilgan,lekin tezda togʻasi uni qidirib topib, onasiga qaytarib olib kelgan.Tahminlarga koʻra, Adam oilada yagona farzand boʻlgan, uning akalari yoki opalari haqida hech qanday yozma manbalar topilmagan. Adam Smith 14 yoshida Glazgo Universitetiga oʻqishga kirgan, Frensis Xatchenova rahbarligi ostida ikki yil falsafa faninining etik asoslarini oʻrganadi. 1746-yilda Oksforddagi Beylliol – Kollege ga oʻqishga kirgan va 1746 -yilda oʻqishni tamomlagan. Lord Keyms koʻmagi bilan Adam Smith 1748-yilda Edinburgda ma'ruza oʻqishni boshlagan.Uning ma'ruzalari ritorika, xat yozish san’atiga bagʻishlangan va keyinchalik “boylikka erishish” fani boʻyicha ham ma'ruzalar oʻqigan. Aynan ana shu fanda birinchi marta “tabiiy erkinlikning oson va yorqin ifodasi” iqtisodiy falsafasi mazmunini ochib bergan,bu esa oʻz navbatida uning taniqli asari “Aholi daromadlarining tabiati va kelib chiqishi sabablari”da oʻz aksini topgan. 1750-yillarda Adam Smith oʻzidan oʻn yosh katta boʻlgan David Hume bilan tanishadi.Ular qarashlarining oʻhshashligi ularning qoʻyidagi fanlarda birga olib borgan izlanishlarida oʻz aksini topgan: tarix, siyosat, falsafa, iqtisodiyot va din. Bu shuni koʻrsatadiki ular birga intellektual alyans tashkil etishgan, bu esa Shotlandiyaning uygʻonish bosqichida muhim rol tutgan.

1751-yilda Adam Smithga mantiq fani boʻyicha Glazgo Universitetida professorlik unvoni berilgan. Smith etika, ritorika, huquqshunoslik va siyosiy iqtisodiyot boʻyicha ma`ruzalar oʻqigan.1759 -yilda Adam Smit ma`ruzalar toʻplamidan iborat maqolani chop etgan.Adom Smit oʻzining bu maqolasida etik hulq qoliblari toʻgʻrisida gapirib oʻtgan va uni aholini muqobil holatda ushlab turuvchi qurol sifatida ko’rsatib oʻtgan.

Adam Smit 1776-yilda chop etilgan “Aholi daromadlarini tabiati va kelib chiqishi sabablari” kitobi tufayli dunyoga tanilgan.

Adam Smit 1776-yilda Londonga kelgach, bu erda oʻz “Aholi daromadlarining tabiati va kelib chiqishi sabablari” asarini chop etgan. Bu asarda Iqtisodiy erkinlikning oqibatlari toʻgʻrisida izchil koʻrsatmalar berilgan.Shu bilan birga u bu asarda laissez – faire, egoizmning roli,mehnat taqsimoti, bozor funksiyalari va erkin iqtisodiyotning halqora tushunchasi toʻgʻrisada ham muhokamalar olib borgan. Aholi daromadlari iqtisodiyotni fan sifatida namoyon etdi va erkin tadbirkorlik nazariyasiga asos soldi. Smit shunday intelektual sistemani koʻrsatdiki,bu sistema erkin bozorning ishlash mexanizmini ochib berdi va hozirgi kunga qadar bu mexanizm iqtisodiy bilimlarning asoslaridan biri hisoblanadi. Smitning eng taniqli aforizmi – bu bozorning koʻrinmas qoʻli – u bu tushunchani egoismni tushunturish, resurslar taqsimotining samarali richagi sifatida koʻrsatadi.


1778-yilda Adam Smit Edinburg, Shotlandiya bojxona boshqarmasiga boshliq etib tayinlangan. Adam Smit shu erda uzoq davom etgan kasalligi tufayli 17- iyul 1790 -yilda vafot etgan.

Adam Smit — bir qarashda tushunib bo‘lmaydigan g‘alati odam, deyilgan ba’zi manbalarda. U goho o‘zi bilan o‘zi gaplashar, goho shunaqangi o‘ychanlikka berilib ketardiki, chetdan kuzatib turgan kishilar uni tentak deb o‘ylasharkan.


Aslida Adam g‘oyatda bilimdon kishi bo‘lgan. Ikki universitetni tugatib, falsafa, siyosat, matematika, astrologiya, huquqshunoslik, sotsiologiya va nihoyat iqtisodiyot fanlarini o‘rganib, ko‘zga ko‘ringan olim bo‘lib yetishdi. Edinburg universitetining professorligi darajasigacha o‘sib borgan Smit talabalarga etika, huquq hamda siyosat ilmidan ma’ruzalar o‘qir va shu bilan bir vaqtda ajoyib kitoblar ham yozardi. Uning birinchi chop etgan asari «Axloqiy tuyg‘ular nazariyasi» deb nomlanadi.
Insonning ichki tabiatini obdon o‘rganib chiqqan olim, chindan ham buyuk kashfiyotlar qildi. Bir so‘z bilan aytganda, bashariyatning iqtisodiy-ijtimoiy qiyofasini haqqoniy chizib berdi. Uning 1776 yilda yozgan «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risida» kitobi G‘arb¬da hozir haqli ravishda «Kapitalistik iqtisodiyot Bib¬liya¬si» deya nom olgan. Bu asarda qalamga olingan fikrlar va xulosalar mana, oradan asrlar o‘tayotgan bo‘lsa-da, bugun ham o‘z ahamiyatini zarracha yo‘qotgan emas.
«Mamlakatni eng chuqur qoloqlikdan farovonlikning yuqori bosqichiga olib chiqish uchun faqatgina tinchlik, yengil soliqlar va boshqaruvdagi bag‘rikenglik kifoya qiladi, qolganlarini esa voqealarning tabiiy oqimi bajaradi», deb yozgan edi Adam Smit.
.

«Har bir kishi, — deydi Adam Smit, — daromadini yo o‘z mehnati bilan yoki sarmoyasi bilan va yoki yeri orqali olishi lozim:


Mehnati orqali oladigani — ish haqi;
Sarmoyasi orqali oladigani — foyda;
Yeridan oladigani esa — yer rentasidir».
Keyinchalik uning ayrim tanqidchi shogirdlari buyuk ustozlariga shakkoklik qilib, oxirgi ikki usulni qonundan tashqariga chiqarishdi va ularga mehnatsiz daromad degan tavqi la’natni osishdi. Holbuki, Adam Smit daromadlarning yuqoridagi har uchala turini ham har qanaqa jamiyat va hamma uchun mutlaqo teng huquqli, hatto zarur ekanini qattiq uqtirgan edi.
«Oramizdagi ba’zilar bajarayotgan ishlarini go‘yo pul uchun emas, burch uchun qilyapman, deb o‘ylaydilar. Bu esa o‘z-o‘zini aldashdan boshqa narsa emas. Chunki har bir odam iloji boricha tinchroq yashashni istaydi. Mehnatsevarlik har qanday insoniy xususiyatlarda bo‘lganidek, rag‘batning miqdoriga qarab o‘sib boradi. Shu bois, yuqori ish haqi berish orqali biz hamisha tashabbuskor, tirishqoq, fahm-farosatli kishilarni istaganimizcha topa olamiz. Past ish haqi bilan esa bunga erishib bo‘lmaydi», — deydi u.
Biroq ana shu joyda ishning «ishkali» chiqib qoladi. Kishilar mehnatsevarlik va tirishqoqligi samarasi o‘laroq boyib qolishgach, xuddi boyvachchalarga o‘xshab erkalana boshlaydilar. O‘zlarini tuzukroq koyitmasdan ko‘proq narsa talab qiladilar.
Smit ushbu noxush holatni ham e’tibordan qochirmagan: «Inson qanaqa mashg‘ulot bilan shug‘ullanmasin, katta daromadga ega bo‘lib qolgach, boshqa davlatmand odamlar singari yaxshi yeb-ichgisi, bashang ki¬yingisi, turli xil ko‘ngilochar ishlar qilishni istab qoladi».
Bunda har qanday kishi ham iloji boricha asl narsalar xarid qilishni, yashab qolishni, yashaganda ham yaxshi yashashni istaydi. Bu mutlaqo tabiiy hol. Ammo topganini yemay-ichmay, qirq joydan tugib, jam¬g‘aradiganlarga nima deysiz?
Buyam, albatta, yaxshi. Nega desangiz, oddiy xalq iborasi bilan aytganda, «Pul — belga quvvat, ko‘zga nur». Adam Smitning fikriga ko‘ra esa, uchinchi yo‘l eng to‘g‘riroq. Ya’ni jam¬g‘armani yemasdan, yig‘masdan ko‘chmas mulk yoki ishlab chiqarishga jalb etganlar yutadi. Bir so‘z bilan aytganda, puldan pul tug‘dirish kerak. Bizning o‘zbeklar garchand Adam Smit bilan birga o‘tirib qatiq yalashmagan bo‘lsalar ham «Pul pulni topar, pulsiz — boshog‘riqni», deb qo‘yishganiga, bilmadik, qancha zamonlar bo‘lgan. Kim bilsin, balki algebra, tibbiyot, kibernetika, astronomiya va boshqa sohalarda bo‘lganidek, bobolarimiz iqtisodiyot borasida ham Adam Smitga ustoz chiqib qolishsa, hech ajablanadigan joyi yo‘q.


Adam Smitning iqtisodiy lug‘atida biz odatlanib qolganimiz: oklad, stavka, tarif, yarim stavka, o‘rindoshlik, eng yuqori ish haqi, eng past ish haqi, limit va hokazo har xil atamalar mutlaqo mavjud emas. Uning nazariyasidagi har bir xulosa hayotning o‘zidan va faqat o‘zidan chiqarilgan.
«Hurmat va obro‘-izzat har qanday nufuzli kasbning o‘ziga xos katta bir rag‘bati hisoblanadi, — deb yozadi Smit. — Biz or qilib, uyaladigan yoki qo‘limizdan kelmaydigan ayrim qora ishlarda esa ushbu rag‘bat hisobini daromad qoplaydi. Aytaylik, qassoblar juda katta foyda olishadi va bizga qaraganda to‘kisroq yashaydilar. Ammo ularning kasbi qanchalik daromadli bo‘lsa, shu qadar qo‘pol, yoqimsiz va og‘irdir. Shunga ko‘ra, bu kasb hamma joyda boshq¬a kasblarga qaraganda daromadliroq».
Endi-endi ma’lum bo‘lyaptiki, eng buyuk fojealarimizdan biri shunda ekanki, uzoq vaqt bizni xususiy mulkka nisbatan nafrat hissida tarbiyalashdi. «Biz sotsialistlarmiz! Bu degani biz xususiy mulkchilikka qarshimiz!» degan aqidaga amal qilindi. Mana davr o‘tdi, zamon o‘zgardi. Endilikda bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy-demokratik davlat barpo etayotirmiz. Xususiy mulkchiliksiz bozor iqtisodiyotini tashkil etish, demokratik jamiyat qurish mutlaqo mumkin emas. Bu borada Adam Smit quyidagilarni yozdi: «Mulkka ega bo‘lish huquqi bo‘lmagan odam hamisha kamroq ishlab, ko‘proq yeyishga intiladi. Mulk¬ka egalik huquqi — muqaddas huquq — mehnat qilish huquqiga tayanadi. Zero, mehnat har qanday mulkning asosidir. Hech vaqosi yo‘q kishining ham chaqqon qo‘llari bor. Kimda-kim uni ana shu qo‘llarini ishlatish huquqidan mahrum qilsa, uning eng muqaddas huquqidan mahrum qilgan hisoblanadi».
Demak, inson mehnat qilish huquqidan to‘liq foydalanishi uchun uning qo‘llarini yechib yuborish kerak. Mulkka egalik qilish huquqi esa insonning nafaqat qo‘llarini, balki ruhini ham ozod qiladi. Natijada uning chaqqon qo‘llari qo‘l emas, chinakam qanotga aylanib ketadi. Mana, Adam Smit nima demoqchi!

Sarlavhani o‘qigan mushtariylar: «Ie, pulning ham erkagu urg‘ochisi bo‘larkanmi?» deb ajablanmasinlar. Adam Smit nazariyasi bo‘yicha, puldan pul tug‘dirish yo‘li bilan ham daromad olish mutlaqo mumkindir. Buning hech qanaqa uyatli joyi yo‘q.


«Har qanday ishlab chiqarish va kasb-hunarda bo‘lganidek, ko‘pchilik hunarmandlar o‘z faoliyatlari uchun zarur bo‘lgan xomashyolar hamda ishlab chiqarishni tashkil etib, ishni bitirib olganlariga qadar, ma’lum bir mablag‘ga ehtiyoj sezadilar. Ana shu vaqt¬da ayrim kishilar qo‘lida to‘planib qolgan sarmoya hisobiga mehnatsevar va ishchan odamlarni atrofiga to‘plab, ularning mehnati hisobidan foyda ola boshlaydilar».
Ammo Adam Smit xulosasi bo‘yicha buning teskarisi ham bo‘lishi mumkin. Xo‘jayin foyda ketidan quvib, mahsulot narxini ko‘tarsa yoki yollanma ishchilarga kamroq ish haqi to‘lasa va yoxud keraksiz molu matolar ishlab chiqarsa, korxonasi kasodga uchrab, o‘zi sinib qolishi, zamonaviy til bilan aytadigan bo‘lsak, bank¬rot bo‘lishi mumkin. Demak, hamma gap me’yorni bilishda ekan. Ana shu me’yor atrofidagi gaplar asosida zamonaviy menejment va marketing ilmi paydo bo‘ldi.
Smitning uqtirishicha, «chinakam kapital (sarmoya) bu eks¬pluatatsiya vositasi yoki molning sotilishdan olinadigan daromad emas, balki jamiyatni farovonlashtiradigan mablag‘dir». Oradan yuz yil o‘tib, mashhur Genri Ford Adam Smitning fikrini sal bosh¬qacharoq tarzda talqin qildi: «Mehnatkashlarning kundalik turmushlarini yaxshilamaydigan, ularning mehnatiga adolatli haq bermaydigan kapital (sarmoya) o‘zining muhim vazifasini bajarmaydigan kapitaldir... Har qanday sarmoya ana shu muhim vazifasini bajarmas ekan, uning oddiy qumdan hech qanday farqi yo‘q». «Kapitalning eng bo‘lmag‘uri chetga chiqib ketadiganidir, — deydi Adam Smit. — Agar pullar mamlakat ichkarisida o‘ziga qo‘nim topmasa, har qanaqa qonun, farmon va cheklovlarga bo‘ysunmagan holda chegaralardan tashqariga turli ehtiyojlar uchun chiqib ketaveradi». Smit nazariyasiga ko‘ra, pul mamlakat ichida o‘z talabgorini topishi lozim. Bu degani zamonaviy qilib aytganda, bozor talabini import hisobiga emas, balki ichki ishlab chiqarishni kengaytirish hisobiga qondirish kerak. Aks holda xalq mehnati evaziga yaratilayotgan moddiy boyliklardan keladigan foyda huzurini ishlab chiqarishni yaxshiroq tashkil qilgan xorijiy korxonalar ko‘raveradi.
Shu ma’noda hukumatimizning ichki bozor talabini tezroq qondirib, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishga o‘tish borasida ko‘rsatayotgan sa’y-harakatlari nihoyatda to‘g‘ri ekani ayon bo‘ladi. Aytaylik, sobiq ittifoq davrida paxtamizning atigi 8 foizi O‘zbekistonda qayta ishlangan bo‘lsa, hozirda bu miqdor yildan-yilga o‘sib bormoqda.
Bundoq qaraganda, Adam Smit ko‘zimizga buyuk kashfiyotchi bo‘lib tuyulsa-da, u azaldan mavjud narsalarni sodda va to‘g‘ri ko‘ra oldi, xolos. Qolaversa, hayot manzaralarini bo‘rttirmasdan, kamsitmasdan, qanday bo‘lsa, shu holatda ko‘rish-ko‘rsatishning o‘zi ham katta bir hikmat emasmi? Adam Smit insonni, umuman, hayotni qanday bo‘lsa, shu holda qabul qildi. O‘zidan keyingi dohiy va dohiychalarga o‘xshab, ideal insonni yaratishga urinmadi. Bor qusur-kamchiliklari, xudbinliklari bilan oddiy odamlar o‘zlari bilmaganlari holda jamiyatni farovonlashtirib yubora olishlarini ilmiy asosda isbotlab berdi. Smit nazaridagi odam xudbin va manfaatparast bir nusxa. Ammo Smit undan naf¬ratlanmaydi, balki «... agar inson o‘z foydasini ko‘zlab faoliyat yuritsa, beixtiyor ravishda jamiyat manfaa¬ti uchun xizmat qila boshlaydi» deya uni to‘g‘ri tushunib, umidbaxsh xulosa chiqaradi. Ushbu fikr hazrat Navoiyda ham bor, faqat talqini sal boshqacha:
Naf’ing agar xalqqa beshakdurur,
Balki, bu naf, o‘zungga ko‘prakdurur.
Eng qizig‘i shundaki, u odam «bu bilan jamiyatni boyitayapman» degan o‘yni umuman xayoliga keltirmaydi. Ammo ushbu jarayondagi «ko‘rinmas qo‘l» uning yetti uxlab tushiga kirmagan natijalarga olib keladiki, bundan faqat haligi xudbin kishi emas, butun jamiyat manfaat ko‘radi.
«Hamma odamlarda, — deydi Adam Smit, — bitta xohish mavjud, ya’ni o‘z yashash sharoitlarini yaxshilashdek yo‘qolmaydigan istak. Ana shu istak ba’zi hukumatlarning isrofgarchiliklari, ayrim ma’murlarning xato-kirdikorlari orqasidan kelib chiqadigan barcha zarar hamda o‘pirilishlarniyam bartaraf etadi va hayotni kundan-kun yaxshilatib boraveradi».
Nima ham derdik, agar ana shunday bo‘lmaganida, odam zoti allaqachon iqtisodiy va siyosiy bo‘hronlar girdobiga tortilib, yer yuzidan zamonlar qa’riga g‘arq bo‘lib ketar edi.
Biz ushbu maqolamizda Adam Smitni keyingi paydo bo‘lgan nazariyotchi raqiblari bilan zidlashtirmadik va qiyoslamadik. Binobarin, bizda bunday niyat bo‘lgan ham emas, chunki bu masalalarda vaqtning o‘zi eng yaxshi hakamdir.
Buyuk Sitseron aytganidek: «Vaqt soxta fikrlarni yemiradi, tabiat hukmini esa tasdiqlaydi». Shotlandiyalik Adam Smit XVIII asrda tabiat hukmini boshqalarga nisbatan oldinroq va to‘g‘riroq anglagan edi, xolos.
Klassik siyosiy iqtisod maktablari — iqtisodiy taʼlimotlar tarixida XVII-IXX asrlarda vujudga kelgan yoʻnalishlar. Klassik siyosiy iqtisod maktablarii.m. qarashlari jamiyatning iqtisodiy hayotini dastlabki tizimli oʻrganish qoʻllanilgan nazariyalar hisoblanadi. Bu maktablarning yuzaga kelishiga 17-asr oxiri—18-asr davomida kapitalistik iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi va Angliyadagi sanoat inqilobi turtki boʻldi. Maktablarning klassik deb atalishining sababi shuki, ularning namoyandalari oʻz asarlarida hozirgi bozor iqtisodiyoti asosida yotuvchi qonuniyatlarni oʻrganganlar, bu sohada muhim kashfiyotlar qilganlar va bu jihatdan ularning qarashlaridagi ilmiy qoidalar hozirgacha oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan. Klassik maktab vakillari vujudga kelayotgan yangi jamiyat — kapitalizmni ishlab chiqarishningabadiy va tabiiy shakli, inson tabiati (aqliy egoizm)ga mos tushuvchi birdan-bir jamiyat sifatida qaraganlar.
Klassik maktab rivojlanishini 4 bosqichga ajratish va har bir bosqichni alohida maktab sifatida qarash mumkin. Birinchi bosqich vakillari ingliz iqtisodchisi V. Petti (1623— 87) va fransuz iqtisodchisi P. Buagilber (1646—1714) hisoblanadi. Bu bosqichda merkantilizm taʼlimotining xatolari yoritib beriladi. Kiimatning mehnat nazariyasi ilgari suriladi va har qanday qiymatning manbai va oʻlchovi tovar mahsuloti yoki boshqa boylikni yaratish uchun sarflangan mehnat miqdori deb qaraladi. Boylik va farovonlik asosi muomala sohasida emas, ishlab chiqarish sohasida yaratilishi koʻrsatiladi. Bu bosqich 18-asr oʻrtalari va 2-yarmida fransiyalik F. Kene va A. Tyurgolar tomonidan ilgari surilgan fiziokratizm bilan yakunlanadi (qarang Fizi-okratlar). 2-bosqichni ingliz iqtisodchisi A. Smit asarlaridagi iqtisodiy gʻoyalar, 3-bosqichni 19-asrning 1-yarmida yashagan fransuz iqtisodchisi J. B. Sey, ingliz iqtisodchilari D. Rikardo, T. Maltus, N. Senior, amerikalik G. Keri asarlarida bayon etilgan qarashlar tashkil etadi. Klassik siyosiy iqtisod maktablarii.m.ning rivojidagi 4-bosqichni J. S. Mill qarashlari yakunlaydi.
A. Smitning asosiy gʻoyalari "yoʻl bering, oʻtsinlar, yoʻl bering, bajarsinlar" (laissez faire, laissez passer) shiorida ifodalangan boʻlib, u "koʻrinmas qoʻl" nomini ham olgan. Smitning fikricha, tadbirkorlarning erkin faoliyat yuritishiga qanchalik erkinlik berilsa, iqtisodiy rivojlanish shunchalik jadallashadi. Smit iqtisodiy faoliyatga toʻsiq boʻluvchi asosiy kuch bu — davlat, deb hisoblaydi. Smitning liberal qarashlari Yevropada, xususan, Angliyada keng ommalashgan va oʻsha davr hukumatlari tomonidan liberal qonunlar va qarorlar qabul qilinishiga ilmiy asos boʻlgan.
Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin