Tarmoqlararo ekran parametrlarini o'rnatish va sozlash. Birinchi navbatda, tarmoqlararo ekranning holatini buyruqlar qatoridan ko'rish kerak. Buning uchun win + R tugmalarini birgalikda bosiladi, so'ngra cmd buyrug'ini kiritiladi va Enter tugmasi bosiladi. Shundan so’ng 1-rasmdagi oyna ochiladi. Unga quyidagi kodni kiriting: "C:\Users\user>netsh advfirewall set allprofiles state off" va Enter tugmasini bosing (1-rasm).
CLI kodini o'rnatish Agar kodning oxiridagi "off" holatini "on" holatiga almashtirilsa, tarmoqlararo ekranni faollashtiriladi (2-rasm).
Tarmoqlararo ekranni faollashtirish Tarmoqlararo ekranni ochish juda oddiy. Buning uchun "Пуск" tugmasi bosiladi, qidiruv satriga "firewall" so’zi kiritiladi hamda tugmacha bosiladi yoki 3- va 4-rasmda ko’rsatilgan buyruqlar satri orqali kirish mumkin. Shundan so'ng, quyidagi oyna ochiladi (5-rasm).
5-rasm. Windows Defender tarmoqlararo ekranning asosiy oynasi Bu yerda siz asosiy sozlamalarni sozlashingiz mumkin va qo'shimcha funksiyalarni sozlash uchun "Дополнительные функции" bo'limiga o'tishingiz kerak (5-rasm).
6-rasm. Firewallni faollashtirish oynasi Firewallni faollashtirishni yana bir usuli 6-rasmda ko’rsatilgan bo’lib, bunda firewallni turli holatlar uchun yoqish, o’chirish mumkin.
7-rasm. Tarmoqlararo ekranning asosiy va qo’shimcha sozlamalari
Xulosa Ma'lumotlarga ruxsatsiz kirish, axborotni o'g'irlash, lokal tarmoqlarning ishlashidagi uzilishlar uzoq vaqtdan beri biznes, jamoat tashkilotlari va davlat idoralari faoliyatiga jiddiy tahdidga aylanib bormoqda. Tarmoqlararo ekranlar ushbu tahdidlardan himoya qilish uchun samarali yechimdir. Bu kiruvchi trafikni blokirovka qilishga mo'ljallangan dasturiy ta'minot yoki apparat / dasturiy mahsulot hisoblanadi.
Tarmoqlararo ekran trafikni o'tkazishga mas'ul bo'lgan filtrlarni quyidagi mezonlarga muvofiq sozlash imkonini beradi:
– IP-manzil. Ma'lumki, IP protokolidan foydalanadigan har qanday so'nggi qurilma noyob manzilga ega bo'lishi kerak. Manzilni yoki ma'lum bir diapazonni ko'rsatib, ulardan paketlarni olishni taqiqlash yoki aksincha, faqat ushbu IPmanzillardan kirishga ruxsat berish mumkin.
– Domen nomi. Ma'lumki, Internetdagi sayt, aniqrog'i uning IP-manzili harflar soni bilan bog'lanishi mumkin, bu raqamlar to'plamiga qaraganda esda saqlash ancha osondir. Shunday qilib, filtr trafikni faqat manbalardan biriga / biridan uzatadigan yoki unga kirishni taqiqlaydigan qilib sozlanishi mumkin.
– Port. Dasturiy ta'minot portlari, ya'ni dasturlarning tarmoq xizmatlariga kirish nuqtalari. Masalan, ftp 21-portdan foydalanadi, veb-brauzer dasturlari 80-portdan foydalanadi. Bu keraksiz xizmatlardan va tarmoq dasturlaridan kirishni rad etish yoki aksincha, faqat ularga kirish huquqini berish imkonini beradi.
– Protokol. Tarmoqlararo ekran faqat bitta protokolga ma'lumotlarni uzatishi yoki undan foydalanishni taqiqlashi uchun sozlanishi mumkin. Odatda protokol turi u foydalanadigan dasturning vazifalari va himoya parametrlari to'plami sifatida ishlatiladi. Lokal tarmoqlarni kiruvchi trafik va ruxsatsiz kirishdan himoya qilish uchun turli xil tarmoqlararo ekranlar qo'llaniladi. Amalga oshirish uslubiga qarab, ular dasturiy yoki apparat-dasturiy bo'lishi mumkin.