Mustaqil ish mavzu: etika standartlariga rioya etish yuzasidan nazorat guruh


Ilmiy maqola mualliflari amal qilishlari kerak bo’lgan tamoyillar



Yüklə 57,05 Kb.
səhifə2/4
tarix20.11.2023
ölçüsü57,05 Kb.
#162302
1   2   3   4
Etika standartlariga rioya etish yuzasidan nazorat

Ilmiy maqola mualliflari amal qilishlari kerak bo’lgan tamoyillar
Muallif (yoki mualliflar jamoasi) ilmiy tadqiqotlar natijalarining yangiligi va ishonchliligi uchun birlamchi javobgar hisoblanishadi, shu bois ular quyidagi tamoyillarga amal qilishlari zarur:

  • Mualliflar maqolada tavsiflangan tadqiqotning originalligini kafolatlashlari zarur. Boshqa mualliflarning ishi yoki so’zlari ishlatilsa, manbaga havolalar yoki iqtiboslar ko’rsatilishi shart. Juda ham ko’p iqtiboslar keltirish axloqqa zidligini unutmang, har qanday shakldagi plagiatga esa mutlaqo yo’l qo’yilmaydi.

  • Mualliflar ilmiy izlanish natijalarining haqqoniyligiga javob berishadi. Oldindan xato qilingan yoki qalbakilashtirilgan fikrlar berish nojoizdir. Chop etilgan materiallarning mualliflari keltirilgan faktlar, iqtiboslar, statistik va boshqa ma’lumotlarning haqqoniyligi uchun javobgardirlar.

  • Taqdim etilgan ishning konsepsiyasi, loyihasi, bajarilishi yoki interpretatsiyasiga munosib hissa qo’shgan shaxslar maqola mualliflari soniga kiradi.

  • O’zining lavozimi, mansabi yoki ma’lum bir ta’siri, shaxsiy munosabatlar yoki ma’lum to’lov evaziga mualliflar soniga qo’shilgan shaxslarni mualliflik huquqidan mahrum qilish zarur. Agarda tadqiqotning boshqa bosqichlarida qatnashgan shaxslar mavjud bo’lsa, ularning ism-shariflari maqola matnida tilga olinishi mumkin. Muallif barcha hammualiflar maqolaning oxirgi varianti bilan tanishib, uning chop etilishiga ruxsat berishganini tasdiqlashi lozim.

  • Mualliflar noshirlarning, ya’ni maqola bittadan ortiq nashrda berilmaslik haqidagi talablarini bajarishlari kerak.

  • Mualliflar o’z ishlarida topilgan xatolarning tezroq tuzalishi uchun muharrirlar bilan ishlashlari lozim.

  • Muallif uchinchi shaxslarning xatolariga nisbatan tanqid yoki fikr bildiradigan bo’lsa, etika me’yorlariga rioya etishlari zarur.


Taqrizchi amal qilishi lozim bo’lgan tamoyillar
Taqrizchi mualliflik materiallarining ilmiy ekspertizasini amalga oshirib, uning faoliyati xolis bo’lib, quyidagi tamoyillarga rioya etishi zarur:

  • Taqrizchi maqolalarni taqriz etishda taqriz muddatiga rioya etishi va berilgan baholarni sir saqlashi kerak. Qo’lyozmani taqrizlashga malakasi yetishmayotganligini yoki belgilangan muddatda ishni bajarishga vaqti yetishmayotganligini his qilgan taqrizchi bu haqda muharrirni ogohlantirishi va uni mazkur qo’lyozmani taqrizlashdan ozod etishni so’rashi mumkin.

  • Taqrizchilar mualliflar, qo’lyozmaga bog’liq bo’lgan boshqa tashkilotlar bilan raqobat natijasida kelishmovchiliklar bo’lgan taqdirda qo’lyozmani taqrizlashni rad etishlari mumkin.

  • Taqrizchi taqriz uchun olingan qo’lyozmani maxfiy hujjat sifatida ko’rib chiqishi lozim. Mazkur ishni muharrir vakolatiga ega bo’lmagan o’zga shaxslar bilan muhokama qilish, unga ko’rsatish mumkin emas.

  • Taqrizchi maqolaning dolzarbligi, ilmiyligi, yangilik darajasi, nazariy va amaliy ahamiyati jurnal mavzusiga muvofiqligini ko’rib, chop etishga tavsiya etishi (etmasligi) mumkin.

  • Taqrizchi xolis va betaraflik bilan maqolani baholashi lozim. Taqrizchi o’z fikrini manbalarga havola berib, aniq va asoslangan holda bayon etishi kerak.

  • Taqrizchilar mavzuga oid va qo’lyozmaning adabiyotlar ro’yxatiga qo’shilmagan, nashr etilgan ahamiyatli ishlarni ajratib ko’rsatishi zarur. Ilgari chop etilgan har qanday faktga (kuzatuv, xulosa yoki argument), qo’lyozmada muvofiq adabiyot havolasi bo’lishi lozim. Taqrizchi muharrirning e’tiborini qo’lyozma va ilgari chop etilgan ishdagi har qanday o’xshashlik, aynanlikka qaratishi zarur.

Ko’rib chiqish uchun berilgan, ammo nashr etishga ruxsat berilmagan qo’lyozmadagi ma’lumotlarni muallifning yozma ruxsatisiz shaxsiy tadqiqotlarda foydalanish mumkin emas. Taqriz jarayonida olingan ma’lumot yoxud g’oya sir saqlanishi va shaxsiy manfaatga ega bo’lishda foydalanilmasligi lozim.

Yüklə 57,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin