O’zbekistonda mintaqalar rivojlanishini tartibga solish amaliyoti
Hududlarning iqtisodiy rivojlanishini tartibga solish zarurati ijtimoiyiqtisodiy muammolarni o’zlariga biriktirilgan daromadlar manbalari hisobiga hal etishda ko’proq erkinlik va vakolatlar berilganda yuzaga keladi. Hududlarning iqtisodiy rivojlanishini davlat tomonidan tartibga solish-respublika hokimiyat organlari tomonidan hududlarning iqtisodiy rivojlanishiga hamda bu rivojlanish bilan bog’liq ijtimoiy jarayonlarga ta’sir etish vositasi bo’lib, uning natijasida hududiy siyosat ro’yobga chiqadi.
«Hududiy siyosat» atamasi keng tarqalgan bo’lsa-da hali uning yagona ta’rifi mavjud emas. Bu o’rinda undan «hududlarning iqtisodiy rivojlanishini davlat tomonidan tartibga solish» atamasiga sinonim sifatida foydalanamiz, chunki xuddi shunday mazmun g’arb adabiyotlarida «hududiy siyosat» atamasiga beriladi. Turli mualliflar «hududiy siyosat»ga turlicha ta’rif berishadi. M.V.Stepanov tahriri ostidagi o’quv qo’llanmada aytilishicha, «hududiy siyosat – davlat iqtisodiy siyosatining muhim tarkibiy qismi. U o’z ichiga ham markaziy (respublika), ham mahalliy hokimiyat organlari tomonidan amalga oshiriladigan hamda ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish jarayonlarini tartibga solishga qaratilgan turli hil qonunchilik, ma’muriy va iqtisodiy tadbirlar majmuasini oladi».
Hudud iqtisodiyoti va ijtimoiy soha obektlarini rivojlantirishda davlatning to’g’ridan-to’g’ri ishtiroki manzilli tartibga solish yo’llaridan biri sifatida namoyon bo’ladi. Bunga misol tariqasida mamlakatda investitsion loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishni keltirish mumkin. Hududiy rivojlanishni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy iqtisodiy mexanizimi budjet tizimi hisoblanadi. Byudjetlar qonuniy aktlar asosida qabul qilinadi va ishlatiladi.
Hududiy rivojlanishning makroiqtisodiy vositalari davlatning soliq, kredit, investitsiya, narx, ijtimoiy va boshqa siyosatning hududlar bo’yicha differensiatsiyalashgan parametrlari sifatida namoyon bo’ladi. SHunday qilib, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini davlat tomonidan tartibga solish davlat iqtisodiy siyosatining muhim tarkibiy qismidir.
Xalqaro amaliyotda keng qo’llanilgan va ijobiy natijalarga erishgan “Hududiy iqtisodiy rivojlanishni davlat tomonidan tartibga solish” nazariyalari mamlakatimiz amaliyotida keng qo’llanilmoqda.
Maqsadli hududiy dasturlarning amalga oshirilishi natijasida bugungi kunda
Toshkent shahrida (2000 yil bilan taqqoslaganda 4,3 marta), Qoraqalpog’iston Respublikasida (3,5 marta), Jizzax (3,9 marta), Samarqand (3,8 marta), Namangan (3,5 marta), Andijon (3,3 marta), Surxondaryo (3,3 marta) viloyatlarida YaHM ning izchil o’sish su’atlari ta’minlandi. Shuningdek, kuzatilayotgan davr uchun YAHM ning o’rtacha yillik o’sish sur’ati Toshkent shahrida 109,6 foiz, Qoraqalpog’iston Respublikasida 108,2 foiz, Jizzax viloyatida 109,0 foiz, Samarqand viloyatida 108,7 foiz, Namangan viloyatida 108,1 foiz, Andijon viloyatida 107,9 foiz, Surxondaryo viloyatida 107,8 foizni tashkil qildi.
2001-2016 yillarda YaHM ning nisbatan kichik o’rtacha yillik o’sish sur’ati o’rtacha respublika darajasi (107,3 %) bilan taqqoslaganda Navoiy (104,5 %),
Farg’ona (105,8 %) va Toshkent (106,5 %) viloyatlarida kuzatildi. O’zbekiston hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va iqtisodiy o’sish sur’atlaridagi notengliklar bir qator ob’ektiv sabablar – bozor islohotlarining dastlabki davridagi hududiy rivojlanish darajasi, hududning investitsion jozibadorligi, iqtisodiygeografik rivojlanishi, infratuzilmaning rivojlanganlik darajasi, innovatsion salohiyati va boshqa ko’pgina omillar bilan izohlanadi.
Dostları ilə paylaş: |